166
•
o‘quvchilarga mavzuga yoki bobga tegishli bo‘lgan so‘zlar,
tushunchalar
nomi tushirilgan tarqatmalar beriladi (individual yoki guruhli tartibda);
•
o‘quvchilar mazkur tushunchalar qanday ma’no anglatishi, qachon, qanday
holatlarda qo‘llanilishi haqida yozma ma’lumot beradilar;
•
belgilangan vaqt yakuniga yetgach, o‘qituvchi
berilgan tushunchalarning
to‘g‘ri va to‘liq izohini o‘qib eshittiradi yoki slayd orqali namoyish etadi;
•
har bir ishtirokchi berilgan to‘g‘ri javoblar bilan o‘zining shaxsiy
munosabatini
taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va o‘z bilim darajasini
tekshirib, baholaydi.
167
3.4. AQLIY HUJUM METODI
Aqliy hujum (brain storming – miyalar bo‘roni)–
amaliy yoki ilmiy
muammolarni hal etish, fikrlarni jamoali generatsiya qilish usuli bo‘lib,
bunda
ishtirokchilar murakkab muammoni birgalikda hal etishga intilishadi, ya’ni bu
muammoni hal etish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildiradi (generatsiya qiladi), bu fikrlar
tanqid qilinmasdan ular orasidan eng muvofig‘i,
samaralisi, maqbuli va shu
kabilari tanlab olinib, muhokama qilinadi, rivojlantiriladi, ushbu fikrlarni asoslash
va rad etish imkoniyatlari baholanadi.
Aqliy hujumning asosiy vazifasi – o‘quv
faoliyatini faollashtirish,
muammoni mustaqil tushunish va hal etishga motivlashtirishni rivojlantirish,
muloqot madaniyati, kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Aqliy hujumning ikki ko‘rinishi mavjud bo‘lib, ular asosan quyidagilar:
➢
Dostları ilə paylaş: