Ma’ruza mavzulari


To‘g‘ridan-to‘g‘ri jamoali aqliy hujum



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/65
tarix21.10.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#158485
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Axborot texnologiyalari Majmua 2023 Matnshunoslik

To‘g‘ridan-to‘g‘ri jamoali aqliy hujum 
– iloji boricha ko‘proq fikrlar 
yig‘ilishini ta’minlaydi. Butun o‘quv guruhi (25 tadan ortiq bo‘lmagan) bitta 
muammoni hal etadi. 

Ommaviy aqliy hujum 
– mikroguruhlarga bo‘lingan kata auditoriyada (60 
kishigacha) fikrlar generatsiyasi samaradorligini keskin oshirish imkonini 
beradi. 

Har bir guruh ichida umumiy muammoning bir jihati hal etiladi. 
Aqliy hujumni tashkil etish qoidalari: 

Hech qanday o‘zaro baholash va tanqidga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Taklif etilayotgan fikrlarni, garchi ular g‘aroyib bo‘lsa-da, baholashga 
shoshilma! 

Tanqid qilma – barcha fikrlar teng qadrli. 

So‘zlovchini to‘xtatma! Tanbeh berma! Maqsad bu miqdor! 

Fikrlar qanchalik ko‘p bildirilsa, shuncha yaxshi: yangi va qadrli fikr paydo 
bo‘lish ehtimoli ortadi. 

Agar fikrlar qaytarilsa ham xafa bo‘lma. 

Tasavvuringga erk ber! 

Paydo bo‘layotgan fikrlardan o‘zingni to‘xtatma, garchi ular qabul qilingan 
chizmalarga seningcha mos kelmasa ham! 

Muammo hammaga ma’lum usullar orqali yechilishi mumkin deb o‘ylama! 
 
Aqliy hujumni tashkil etish jarayonining tuzilishi 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri jamoali AH
1. O‘qituvchi butun guruhga muammoli topshiriq beradi va uni hal etish 
bo‘yicha fikrlarni ifoda etishni taklif etadi. Qo‘yilgan muammoga taalluqli har 


168 
qanday fikrni ifoda etish mumkinligi to‘g‘risida ogohlantiradi. AH qoidalari bilan 
tanishadilar. 
2. Fikrlar ifodalanadi, o‘qituvchi (assistent) esa ularni doskaga yoki 
flipchartga yozadi. 
3. AH tugashi bilan: (1) fikrlar baholanadi va eng yaxshilari tanlanadi; (2) 
barcha yozilgan fikrlar taqdim etilgan muammoni konstruktiv qarorini ishlab 
chiqish maqsadida guruhlashtiriladi, toifalarga bo‘lib chiqiladi (Pinbord texnikasi, 
toifali jadvalga qarang).

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin