m = m'- har xil inersial sanoq tizimlarida massalarning absolyutligi.
- ikkita sanoq tizimlarida massalar tezlanishlarining
tengligi.
- barcha inersial sanoq tizimlarida tezlanishning
tengligi.
- inersial sanoq tizimlarida moddiy nuqtalar o‘zaro
ta’sir kuchlarining tengligi.
- Galiley almashtirishlariga nisbatan kuchning invarantligi
(o‘zgarmasligi).
Katta tezliklarda Nyuton mexanikasining qoniqarsizligi
Har xil sanoq tizimlarida yorug‘lik tezligining o‘zgarmasligi !!! ZIDDIYAT !!!
Maxsus nisbiylik nazariyasining (MNN) postulatlari
Nisbiylik prinsipi: sanoq tizimi tinch holatini buzmasligi yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatda bo‘lishini xech qanday fizikaviy tajribalar orqali o‘rnatish mumkin emas.
Boshqacha ifodalash:barcha inersial tizimlar uchun tabiatning barcha qonunlari bir xil ifodalanadi.
Yorug‘lik tezligining o‘zgarmaslik prinsipi: barcha inersial sanoq tizimlarida vakuumdagi yorug‘lik tezligi manba’ning harakati yoki yorug‘lik qabul qiluvchining harakatiga bog‘liq emas.
Lorens almashtirishlari
Lorens almashtirishlari – ikkita inersial sanoq tizimlarida
qandaydir hodisaning koordinatalari va vaqtini bog‘lovchi
tenglamalardir.
Galiley almashtirishlaridan farqli Lorens almashtirishlari MNN
postulatlariga zid emas: ya’ni harakatning absolyutligini va yorug‘lik
tezligi doimiyligini kuzataolmaslik postulati.
K va К sanoq tizimlarini kuzataylik. K sanoq tizimini shartli qo‘zg‘almas deb hisoblaymiz. Qandaydir hodisa paydo bo‘layotganligini faraz qilaylik.
x, у, z, t - K sanoq tizimidagi hodisaning koordinatalari va vaqtning qiymatlari; K‘ sanoq tizimida esa — x', y', z', t‘ qiymatlar bilan belgilanadi. K‘ sanoq tizimi yorug‘lik tezligiga yaqin tezlik bilan harakatlanadi.