маъруза соат


-mavzu: Qadimgi Rim sivilizatsiyasi



Yüklə 5,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/49
tarix07.01.2024
ölçüsü5,09 Kb.
#203661
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49
2 5337135359413194831

15-mavzu: Qadimgi Rim sivilizatsiyasi 
Asosiy savollar: 
1.
Rim sivilizatsiyasining taraqqiyot omillari va bosqichlari 
2.
Rim sivilizatsiyasining asosiy yutuqlari 
 
1-savolning bayoni:
O’rtayer dengizining markazidagi Appenin yarimorolida yana bir 
dengiz sivilizatsiyasi – Qadimgi Rim sivilizatsiyasi vujudga kelgan. 
Uning shakllanishida qulay geografik va iqlim sharoitlari muhim rol 
o’ynagan. Aynan shu qulay iqlim sharoiti ushbu yarimorolning janubiy 
qismida yunon kaloniyalarining vujudga kelishiga va uning 
“buzoqchalar mamlakati” deb nom olishiga sabab bo’ldi. Biroq, Italiya 
foydali qazilmalarga nisbatan kambag’al.
Qadimgi Rim sivilizatsiyasining yuragiga aylangan Appenin 
yarimoroli hududida etnik, til va madaiy jihatdan turli-tuman xalqlar 
yashagan. Uning qadimgi aholisi: Italiyada liqurlar, Sitsiliya orolida – 
sikanlar, Korsika orolida – korslar, Sardiniyada – sardlar bo’lgan. M.a. 
II m.y. oxirlaridan Dunay havzasi va Kichik Osiyoning g’arbiy 
hududlaridan yarimorolga turli qabilalar kirib kela boshlagan, ularning 
orasida eng ko’p sonlisi indoevropalik italiylar edi. M.a. I m.y.da 


117 
Italiyaning asosiy aholisini Latsiy viloyatida istiqomat qilgan lotinlar, 
osklar, umbrlar, sabeylar, shu jumladan samnitlar, sabiniyaliklar tashkil 
etardi. Lotinlar va sabiniya qabilalarining aralashuvidan rimliklar 
shakllangan. Tibrdan shimoli-g’arbda Kichik Osiyodan kirib kelgan 
etrusklar istiqomat qilgan. Etrusklar finikiya alifbosi asosida yaratilgan 
o’z yozuvlariga ega bo’lishgan. Mohir metallurg, quruvchi, dengizchi 
bo’lgan etruslar m.a. III asrda rimliklar tomonidan bo’ysundirilgan va 
ularning yutuqlari rimliklar tomonidan o’zlashtirilgan. Shu tariqa uzoq 
davom etgan etnomadaniy qorishuv natijasida m.a. I asrga kelib 
Appenin yarimorolida lotin tilida so’zlashuvchi yagona italiy xalqi 
shakllangan.
Appenin yarimoroli aholisining bir qismini m.a. VIII-VI asrlarda 
yarimorolda, shuningdek, Sitsiliya orolida o’z kaloniyalarini barpo 
etgan yunonlar tashkil etgan. Rimliklar yunonlardan juda ko’p 
sivilizatsiya yutuqlarini o’zlashtirdilar. Appenin yarimoroli aholisi 
Sitsiliya va Sardiniyada kaloniyalari joylashgan karfagenliklarning ham 
ta’sirini sezishgan.
Shunday qilib, Rim sivilizatsiyasi bir necha omillar ta’sirida 
shakllangan: umumitaliya madaniy fondining mavjudligi, yunon 
sivilizatsiyasi va etrusk madaniyatining ta’siri.
Qadimgi Rim tsiivilizatsiyasi m.a. VIII asrdan (m.a. 753 y) milodiy 
V asrgacha (476 y) bo’lgan davrini qamrab oladi va quyidagi 
bosqichlarni o’z ichiga oladi: Rim respublikasigacha bo’lgan davr (m.a. 
VIII-VI asrlar), Rim respublikasi davri (m.a. VI -I asrlar), Rim 
imperiyasi davri (Ilk imperiya davri va So’nggi imperiya davri) (m.a. 1 
asr oxiri-m. V asr).
Rim tarixining eng qadimgi Podsholar davri deb ataladi. Arxaik 
davrda Rim ijtimoiy tuzilmasi urug’-qabilachilik munosabatlariga xos 
qirralarni saqlab qolgan edi. Rim jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy asosini 
oila (familiya) tashkil etgan. Ma’lumotlarga qaraganda butun aholi 300 
urug’dan tarkib topgan. Har 10 urug’ kuriyalarga, 10 kuriyaning har 
biri tribalarga birlashganlar. Shunday qilib, hammasi bo’lib, 3 ta triba 
bo’lgan, ularning har biri alohida qabila bo’lgan. Ayrim olimlarning 
fikricha, tribalarning biri lotin urug’lari birlashmasi, ikkinchisi – sabin, 
va uchinchisi esa etrusk urug’lari birlashmasi bo’lgan. Eslatib o’tilgan 
300 urug’ rim xalqini tashkil etgan (Populus Romanus), bunga 
faqatgina urug’ a’zosi kirgan, chunki u o’z urug’i orqali kuriya va triba 
a’zosi bo’lar edi. 


118 
Jamoaning muhim ishlarini oqsoqollar kengashi (senat) hal qilgan. 
Senatdan tashqari kuriyalar bo’yicha yig’ilgan xalq yig’inlari (kuriat 
komitsiyalari) ham bo’lib turgan. Kuriat komitsiyalarida yangi qonun 
loyihalari rad etilgan yoki qabul qilingan barcha oliy amaldor shaxslar, 
shu jumladan podsho ham saylangan; bu yig’in urush boshlanishini 
e’lon qilgan; oliy sud instantsiyasi sifatida hal qiluvchi qarorni qabul 
qilgan (Rim fuqarosiga o’lim jazosini belgilashda).
Davlatning
umrbod saylab qo’yiladigan hukmdori ham kohin, ham harbiy sardor, 
ham hakam vazifasini bajarar edi.
Rimning eng qadimiy tub aholisi patritsiylar deb atalgan (lotincha 
«pater» ota degan ma’noni anglatadi). Patritsiylar Rim jamosining to’la 
huquqli a’zolari sanalgan. Patritsiylarning nufuzli oqsoqollaridan 
«keksalar kengashi» tuzilgan bo’lib, lotinchada senat deb atalgan. 
Plebeylar esa asosan ko’chib kelganlar va bo’ysundirilgan viloyatlar 
aholisidan iborat bo’lgan. Rim aholisining eng quyi tabaqasini qullar 
tashkil etgan.
M.a. 510 yilga qadar Rimda uni VII asrda o’ziga bo’ysundirgan 
Tarkviniyalik 
etrusk 
podsholari 
hukmronlik 
qilgan. 
Etruks 
podsholaridan Serviy Tulliy (m.a 578-534 yy) o’tkazgan islohotlar 
Rimning keyingi respublika davri taraqqiyotiga zamin hozirlagan. 
Uning o’rniga kelgan Mag’rur Tarkviniyning quvib yuborilishi bilan 
Rimda respublika davri boshlandi. 
Rimda respublika davri boshqaruvi davri taraqqiyotini ikki asosiy 
omil belgilab berdi: patritsiylar bilan plebeylar o’rtasidagi keskin 
ziddiyat va Rimning butun Italiya ustidan o’z hukmronligini o’rnatish 
uchun kurashi.
Patritsiylar va qo’shinning ko’pchilik qismini tashkil etgan 
plebeylar o’rtasidagi kurash m.a. 450 yili 12 ta mis lavhaga o’yib 
yozilgan qonunlarning qabul qilinishiga olib keldi. Eramizdan oldingi 
III asr boshlariga kelib plebeylar Rimning to’la huquqli fuqarolari 
bo’lib olganlar. 
Respublika davrida hokimiyat organlari xalq yig’ini, senat va bir 
yilga xalq majlisi tomonidan saylab qo’yiladigan magistratlardan 
(konsullar, pretorlar, tsenzorlar) iborat edi. Miloddan avvalgi V – III 
asrlarda Rim quldorlar va aslzodalar respublikasiga aylangan. 
Boshqaruvning demokratik shakli, tinimsiz bosqinchilik urushlari 
natijasida yuzaga kelgan ulkan davlat oxir-oqibatda qadimgi Rim 
sivilizatsiyasining 
qadriyatlar 
tizimini 
aniqlab 
berdi. 
Unga
vatanparvarlik, qul va erkin kishi o’rtasidagi tafovutni kiritish mumkin.


119 
Olib borilgan keng ko’lamli istilochilik yurishlari Tibr 
qirg’og’idagi uncha katta bo’lmagan oligarx respublikani butun 
Italiyaning xo’jayiniga va nihoyat, butun O’rtayer dengizi bo’yi va 
antik dunyoni zabt etib ulkan davlatga aylantirdi. Urushlar natijasida 
qo’lga kiritilgan boyliklar, yangi yerlar, qullar respublikaning iqtisodiy 
va ijtimoiy hayotida jiddiy o’zgarishlar olib keldi. Ammo aynan shu 
jihatlar uning inqirozi va tushkunligi ham boshlab berdi.
M.a. I asr boshida eng yirik quldorlik davlati bo’lgan Rimning 
katta hududini, bosib olingan yerlardagi ulkan xo’jalikni boshqarish 
murakkab 
boshqaruv 
apparatini 
talab 
etardi. 
Boshqaruvni 
markazlashtirish zaruriyati eski respublika shakllariga zid kelardi. 
Tabaqalar o’rtasidagi uzoq davom etgan kurash, unga hamroh bo’lgan 
fuqarolar 
urushi 
davrining 
ijtimoiy 
ziddiyatlari 
natijasida 
hokimiyatning yangi siyosiy shakli – imperatorning harbiy diktaturasi
tarkib topdi. M.a. I asrning oxiridan Rimning qulashigacha bo’lgan 
davr (V asr) imperiya davri deb ataladi. Shu o’rinda I asr oxiridan III 
asr oxirigacha bo’lgan davr printsipiat davri (printseps - ya’ni 
senatorlar va fuqarolar orasida birinchi) deb nom olgan. Bu davrda 
hokimiyatning amalda shakllangan monarxiya shakliga qaramasdan, 
rasmiy ravishda Rim davlatida hokimiyat printseps (ya’ni imperator) va 
senat o’rtasida bo’lingan deb hisoblanardi.
Rimda davlatchilik inqirozini engib o’tish va imperiyaga asos 
solishga birinchi urinish gay Yuliy Tsezar (m.a. 100-44 yy) davrida 
amalga oshrilidi. Tsezar o’rnatgan harbiy diktatura uning halokati bilan 
yakun topdi. Uning vorisi Oktavian avgust (m.a. 63-14 yy) haqiqiy Rim 
imeperiyasiga asos soldi.
Milodiy I - II asrlarda Rim imperiyasi qator ziddiyatlarni boshidan 
kechirdi. Avgustning vorisi Tiberiy Klavdiy Neron boshida senat bilan 
kelishuv yo’lini tutgan bo’lsa-da, keyinchalik u o’z siyosiy raqiblariga 
qarshi qatag’onlar va mulk musodaralarini boshlab yubordi. Bu hodisa 
uning davomchilari Kaligula, Klavdiy va Neron davrida yana 
qaytarildi. Bu ziddiyatlar esa Rimda vaqti-vaqti bilan urushlarga olib 
kelardi.
Milodiy II asrni, ayniqsa, uning birinchi yarmini Rim 
imperiyasining «oltin asri» deb atashadi. Imperator-jangchi Mark 
Ulpiy Trayan (98-117 yy) bu davrda o’z davlatining chegaralarini
butun Rim tarixidagi eng katta hududlarga kengaytirdi. Bu esa Rimga 
yangi shon-shuhrat va cheksiz boyliklar olib keldi. 


120 
III asrda Rimda ichki nizolar yanada kuchaydi. 235 yildan 
boshlangan yarim asrlik davr tarixga “soldat-imperatorlar” 
hukmronligi davri sifatida kirgan. Yangi eraning ilk ikki asrida 22 ta 
imperator hukm surgan bo’lsa, uchinchi asrning o’zida ularning soni 50 
taga yetgan.
Bu davrda ichki va tashqi vaziyat nihoyatda og’ir edi: varvar 
qabilalarining hujumi kuchayib borar, ko’plab hududlar o’z 
mustaqilligini e’lon qilardi. III asrning 70 yillarida Avrelian nisbatan 
muvozanat o’rnatishga muvaffaq bo’ldi. Ammo bu uzoqqa 
cho’zilmadi. Davlat tuzumining emirilishi, ichki nizolar, german 
qabilalarining hujumlari va Sosoniylar bilan uzoq davom etgan 
muvaffaqiyatsiz urushlar Rimning iqtisodiy va ijtimoiy inqirozini 
chuqurlashtirdi.
III asr oxiri - IV asr boshlaridagi Diokletianning ma’muriy, harbiy 
va iqtisodiy islohotlari Rim imperiyasining hayotini yana 100 yilga 
uzaytirdi. Bu davrda imperator hokimiyati absolyut monarxiya 
xarakteriga ega bo’ldi, endilikda imperatorni «prinseps» emas, 
«dominus»- hukmdor deb atashardi. Diokletian xristianlarning so’nggi 
jidiy raqibi bo’ldi. Ma’muriy jihatdan imperiya sharqiy va g’arbiy 
qismlarga bo’lingan edi. 
324 yilda poytaxtni o’zi barpo etgan Konstantinopolga ko’chirgan
Imperator Konstantin Mediolan edikti bilan 313 yilda xristian dinini 
boshqa dinlar bilan teng huquqligini e’lon qilishi, bu dinni rasmiy 
davlat diniga aylantirishda birinchi qadam bo’ldi. Xristian dini asta-
sekinlik bilan hukmron dinga aylana bordi. 392 yilda imperator 
Feodosiy I rasmiy ravishda ma’jusiy dinlarni ta’qiqladi. 381 yilda 
xristianlik yagona davlat dini deb e’lon qilindi. Bu esa Rim 
sivilizatsiyasi hayotida katta o’zgarishlarga olib keldi.
393 yilda oxirgi Olimpiya o’yinlari o’tkazildi. 395 yilda 
Feodosiyning o’g’illari Arkadiy va Gonoriy Rimni batamom ikki 
qismga bo’lib oldi.
Rimliklar asta-sekin qo’l ostidagi hududlarni tark eta boshladilar.
Quldorlik tuzumining talvasasi boshlangan edi va bu “yakunning 
boshlanishi”ning yaqqol his etilishi Rim sivilizatsiyasini zaiflashtirar 
edi. Provintsiyalardagi qo’zg’alonlar, varvar qabilalarining tashqi 
chegaralarga hujumi tobora kuchayib borar, Rimning hukmron 
tabaqalari orasidagi beboshliklar, imperatorlarning zolimligi, Yuliylar-
Klavdiylar davridagi terroristik rejimlarning dahshati, saroydagi fitnalar 


121 
shunday inqirozli shakllarga yetib kelardiki, bekorga “Rim tushkunligi” 
har qanday jamiyatdagi chirkinlikning ramzi bo’lib hisoblanmasdi.
476 yilda G’arbiy Rim imperiyasi uchta zarba: ijtimoiy-iqtisodiy 
va ma’naviy inqiroz, varvarlar ta’ziyqi ostida quladi. Sharqiy Rim 
imperiyasi esa Vizantiya nomi ostida yana deyarli ming yil hukm surdi.

Yüklə 5,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin