127
etilishi nafaqat ma’jusiylik, balki bid’atchilikka qarshi kurash bilan
birga bordi. O’z obro’sini mustahkamlash uchun cherkov har qanday
o’zgacha fikrlashga qarshi chiqdi. Sobit e’tiqodlilar va bid’atchilar
o’rtasidagi bahslar mavzusi xristianlikning azaliy isbotsiz qabul
qilinadigan qoidalari edi: Muqaddas Uchlik aqidasi, Masih tabiatini
anglash, insondagi ma’naviylik va jismoniylik nisbati. Eng ko’p
tarqalgan bid’atlar arianlik, monofizitlar, pavlikianlar, bogomillar
ta’limotlari edi. Bid’atlar ko’p hollarda ijtimoiy norzilikning
mafkuraviy shakli bo’lib xizmat qilgan.
Ilohiyotga
masalasidagi
qarama-qarshiliklar
1054
yilda
cherkovning parchalanishida (sxizma) tashqi omil bo’lib xizmat qildi.
Bu hodisa xristianlikning ikki yirik markazi – Rim va Konstantinopol
o’rtasida IV asrda boshlangan ma’naviy va siyosiy rahnamolik uchun
kurashning yakuniy marrasi edi. Ikki cherkov o’rtasidagi kurashda
ilgarilari ham bunday keskin choralar qo’llanilgan. Cherkovning
parchalanishi diniy ta’limotning o’zidagi ixtilofning namoyon bo’lishi
ham edi.
Vizantiyada
din
birlashtiruvchi
va
barqarorlashtiruvchi
funktsiyalarni ham bajargan. U Vizantiya ma’naviyati va
madaniyatining shakllantiruvchi yagona qobiq edi. Vizantiyada
ma’jusiy antik davr madaniy qadriyatlari ham rad etilmagan. Antik
adabiyot va falsafa keng o’rganilgan. Maorif tizimi antik davrdagi
ta’lim tizimiga yaqin bo’lgan va cherkovga bo’ysunmagan. Vizantiyada
xo’jalik boshqaruvi va mamlakat boshqaruvi ehtiyojlariga xizmat
qilgan fan ham antik davr ta’sirida taraqqiy etgan.
Shunday
qilib,
insoniyat
genotipini
boyitgan
Vizantiya
sivilizatsiyasining betakror xususiyatlaridan biri xristian dini, ellin
madaniyati va rim davlatchiligining ajoyib uyg’unligi edi. Ushbu
sivilizatsiya ko’plab Sharqiy Yevropa xalqlari, xususan Rus
tsifilizatsiyasining taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatdi.
Dostları ilə paylaş: