маъруза соат



Yüklə 5,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/49
tarix07.01.2024
ölçüsü5,09 Kb.
#203661
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49
2 5337135359413194831

 
2-savolning bayoni:
Yunon va boshqa xalqlar sivilizatsiyasining kuchli ta’siriga 
qaramasdan, Rim sivilizatsiyasi o’ziga xos xususiyatlarga ega edi: 
rimliklar tafakkurining pragmatik usuli, rim huquqining mukammalligi, 
aniq tarixiy dalillarga intilish, diniy tasavvurlarning sodda aniqligi va 
hokazo.
Rim ma’naviy madaniyatida diniy qarashlar ham katta o’rinni 
egallaydi. Ilk Rim diniga politeizm xosdir. Qadimiy rimliklar tasavvuri 
bo’yicha har bir narsa va hodisa o’zining ruhiga, xudosiga ega bo’lgan. 
Qadimiy Rim dinida xudolar qiyofasiz (antromorf) bo’lgan, shu sababli 
Qadimiy Rimda uzoq vaqtlar xudolarning tasviri bo’lmagan. 
Ular keyinchalik etrusk va Yunon dinlari ta’siri ostida paydo 
bo’lgan. Oilaviy va urug’ e’tiqodlari (sanamlari) sezilarli o’rinni 
egallagan. Oila va xonadonning homiylari mehribon ruhlar – penatlar 
va larlar bo’lgan bo’lsa, vafot etgan ajdodlarning jonlari mehribon 
xudolar – manlar bo’lgan. Rim dinining marosimiga oid tomonlari juda 
sinchkovlik bilan, birma – bir ishlab chiqilgan, shu sababli kohinlik va 
kohinlar kollegiyalari keng rivojlangan. Ulardan eng qadimiylari 
quyidagilar edi: pontifiklar, (ular diniy marosimlarni o’tkazilishi 
ustidan oliy nazoratni amalga oshirar edi), avgurlar va gauspiklar 
(folbin kohinlar bo’lib, ular qushlarning parvozi va hayvonlarning ichki 
a’zolariga ko’ra fol qaraganlar), vestalkalar (ayol xudo Vestaning ayol 
kohinlari, ular davlat va oila o’chog’ining homiylari bo’lishgan).
Qadimiy Rim xudolaridan biri Yanus edi, u dastlab eshiklar 
xudosi, keyinchalik har qanday boshlanishning xudosi, Yupiterning 
ajdodi hisoblangan. Rimliklarning bosh xudosi Yupiter, Mars – bahorgi 
o’simliklar xudosi, keyinchalik urush xudosi, Kvirin esa uning 
qiyofadoshi bo’lib hisoblangan. Etrusklar, keyinchalik esa yunonlar 
ta’siri ostida Rim panteoni kengaygan, unda Yunona (Gera), Minerva 
(Afina), Saturn (Kronos), keyinchalik Serera (Demetra) Merkuriy 
(Germes), Appalon va boshqalar paydo bo’lgan. Rim panteoni hech 
qachon yopiq bo’lmagan, rimliklar o’z qo’shinlari va hattoki 


122 
dushmanlarining xudolarini ham o’z tomonlariga og’dirib olishga tez – 
tez intilib turganlar. 
Qadimiy Rimda falsafa va huquq ham rivojlangan. Ilk Rim 
respublikasi davrida, urug’chilik qoldiqlarini o’zida saqlab qolgan, 
yopiq agrar jamoa uchun xarakterli bo’lgan o’ziga xos mafkura 
shakllangan. 
Ilk 
Rim 
Respublikasi 
mafkurasi 
konservatizm, 
an’analariga sodiqlik, har qanday yangiliklarga dushmanlik bilan 
qarash kabi xususiyatlarga xos bo’lgan. Rim jamiyati taraqqiyotining 
o’ziga xos mahsulotlaridan biri bu huquq bo’lib, uni batafsil ishlab 
chiqishi eramizdan oldingi V – IV asrlarda boshlangan. Bu huquqning 
dastlabki elementlari podsholik davrida paydo bo’lgan bo’lsada, ammo 
asosiy tushunchalar ilk respublika davrida formulirovka qilingan edi. 
Boshlang’ich nuqta vazifasini, tarixchi olimlar fikricha “XII 
jadval qonunlari” o’tagan, bunga komitsiyalar tomonidan qabul 
qilingan qonunlar qo’shilib boravergan. 
 
M.a. VII asrdan to yangi eraning V asriga qadar bo’lgan o’n ikki 
asr mobaynida italiyaliklar san’ati va badiiy madaniyati o’zining 
gullagan davrini boshidan kechirdi. Italiyaliklar qadimgi Gretsiya 
san’ati va madaniyatiga zo’r hurmat bilan qaradilar. Uni ijodiy 
o’zlashtirdilar, nazariyasini yangi ilmiy bilimlar bilan boyitdilar. 
Rimliklar yunonlar singari fizika, matematika, dengizda suzish, 
astronomiya, gidrotexnika va agronomiya fanlariga juda qiziqqanlar. 
Faqat rimliklar bu sohalarda nazariy tadqiqot ishlariga emas, ularning 
ilmiy yutuqlarini amalga tatbiq qilish bilan ko’proq qiziqqanlar. Ular 
savdo arifmetikasi, me’morchilik, gidrotexnika va agronomiyadan 
dastlabki qo’llanmalar yaratganlar. Rim ilmiy tafakkurining amaliy 
xarakteri Katon Katta bilan Varron asarlarida ayniqsa yorqin aks 
etgandir. 
Rim 
davlatining 
qudratini 
mafkuraviy 
jihatdan 
mustahkamlash ehtiyoji yilnomachilarning dastlabki tarixiy-adabiy 
asarlarni yaratishiga sabab bo’lgan. 
Rim me’morchiligining ahvoli ijtimoiy munosabatlarning 
murakkablashishi bilan, urbanistik jarayonlarning rivojlanishi bilan, 
shahar aholisi talablarining o’sishi bilan bog’liq edi. Rim me’morchiligi 
yunon va etrusk ta’siri ostida rivojlangan. Rim me’morligida I asrning 
oxiri va II asr boshlarida eng katta me’morlik komplekslari yaratildi, 
ko’p qavatli binolar vujudga keldi va shahar qiyofasini belgiladi. 
Yuliylar, Flaviylar, Severlar kabi imperatorlar davrida qurilgan 
g’oyatda katta saroylar, zafar ustunlari shu davr ideologiyasini badiiy 


123 
ifodalovchi yodgorlik sifatida xarakterlidir. Shunday me’morlik 
kompozitsiyalaridan biri 81-yilda qurilgan Tit me’morial zafar arkidir.
Qadimgi Rimning eng katta binolaridan biri Kolizey amfiteatridir.
Planda Kolizey gigant oval bo’lib, uning asosi 188x156 m, 
devorlarning balandligi 48,5 m ga yaqin. Gladiatorlar jangi uchun 
mo’ljallangan bu binoga bir vaqtning o’zida 55 ming tomoshabin kira 
olgan. Rim me’morligining yana muhim yodgorligi «hamma 
xudolarning qasri» — Panteon hisoblanadi. Me’mor Apollodor 
Damashqiy tomonidan 118—125 yillarda qurilgan bu bino antik 
dunyoning eng katta gumbazli binosidir. 
Rim me’morligida paydo bo’lgai yangi tiplardan biri termalar — 
(suv saroylari)dir. Iliq va sovuq suvli hovuzlar, gimnastika zallari, 
oromgoxlar, kutubxona bo’lgan 2—3 ming kishiga mo’ljallangan 
bunday suv saroylari bezagiga aloxida e’tibor berilgan. Imperator 
Karakalla davridagi terma (211—216 yillarda qurilgan), ayniqsa, katta 
va hashamatli bo’lgan (11 gektar). 
Uzoq davom etgan qonli fuqarolar urushi, o’zaro nizolardan so’ng 
yuzaga kelgan tinchlik va barqaror holat madaniy taraqqiyot uchun 
qulay sharoit yaratdi. Shu tufayli m.a. I asrning so’nggi o’n yilliklari – 
rim madaniyati va san’atining gullab-yashnash davri bo’ldi. Bu 
davrdagi adabiyot buyuk namoyandalarning – Vergiliy, Goratsiy va 
Ovidiyning nomlari bilan bog’liq. Tarix sohasida bu davrda Tit Liviy, 
me’morchilikda mashhur nazariyachi Vitruviy faoliyat yuritgan. Shuni 
qayd etib o’tish kerakki, Avgust davri rim adabiyoti uchun eng yuksak 
ijodiy yutuqlar davri bo’lgan bo’lsa, tasviriy san’at sohasidagi buyuk 
yodgorliklar keyinroq, I asrning ikkinchi yarmi - II asrning birinchi 
yarmida yaratilgan. 
Imperiyaning birinchi asrlari ma’naviy hayotining yana bir o’ziga 
xos jihatlaridan biri falsafaga ommaviy qiziqish edi. Bu davrda yangi 
falsafiy tizimlar paydo bo’lmadi: o’sha davrdagi ko’zga ko’ringan 
faylasuflar - Seneka, Epiktet, Plutarxlar eklektiklar edi. Biroq sayoq 
faylasuflarning ta’sirida falsafaga qiziqish tobora ommalashdi. Bu 
davrda falsafiy qiziqish metafizika va boshqa falsafiy sohalardan 
etikaga ko’chgan edi.
Shunday qilib, Rim sivilizatsiyasi dunyoga davlatchilik 
printsiplarini, imperiya g’oyasini, huquqlar tizimini, fuqaro ideali va 
fuqarolik qadriyatlari tizimini, butun o’rta asrlar davomida ma’rifatli 
Yevropa qo’llagan lotin tilini, me’morchilik uslublarini va h.k berdi. 


124 
Qadimgi Rim sivilizatsiyasi jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan 
ta’sir ko’rsatdi.

Yüklə 5,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin