Маъруза ва семинар машгулотларни укитиш технологияси



Yüklə 159 Kb.
səhifə6/11
tarix22.05.2023
ölçüsü159 Kb.
#119691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
17 Budjet chegarasi va budjet chizigi

Ochiqlik prinsipi.
Ochiqlik prinsipi:
Davlat budjetini va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarini ko’rib chiqish hamda qabul qilish tartib-taomillarining jamiyat va ommaviy axborot vositalari uchun ochiqligini;
tasdiqlangan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari to’g’risidagi axborotning ommaviy axborot vositalarida va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishini (chop etilishini);
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari ijrosining borishi to’g’risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida chop etilishini, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi va yangilab borilishini anglatadi.


3.Budjet tizimi bo’g’inlari
Budjet tizimi budjetlari - O’zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg’armalaridan iborat.
Davlat budjeti:

  • respublika budjetini;

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetini va mahalliy budjetlarni o’z ichiga oladi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika budjetini hamda respublikaga (Qoraqalpog’iston) bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetlarini o’z ichiga oladi.
Viloyatning budjeti viloyat budjetini, viloyatga bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetlarini o’z ichiga oladi.
Тumanlarga bo’linadigan shaharning budjeti shahar budjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlarini o’z ichiga oladi.
Тumanga bo’ysunadigan shaharlari bo’lgan tumanning budjeti tuman budjetini va tuman bo’ysunuvidagi shaharlar budjetlarini o’z ichiga oladi.
Davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli jamg’armalari jamlanadi.
Davlat maqsadli jamg’armalari quyidagilardir:

  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi;

  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi;

  • Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar jamg’armasi;

  • O’zbekiston Respublikasining Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi;

  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasi;

  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi;

  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy o’quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi.


Yüklə 159 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin