Budjet tuzilmasi modellari: markazlashmagan, markazlashgan va aralash. Markazlashmagan model: Budjet tizimining o’z xarajatlarini ta’minlovchi o’z daromadlari manbalariga ega markaziy hamda mahalliy budjetlarni avtonomlashtirish bilan xarakterlanadi.
Markazlashgan model: Har bir yuqori budjetga tartibga solish vazifasini biriktirish orqali barcha budjetlarni yagona davlat budjetiga markazlashtirish bilan xarakterlanadi.
Aralash model: O’z xarajatlarini ta’minlovchi o’z daromadlari manbalariga ega mahalliy budjetlarga nisbatan markaziy budjetlarga tartibga solish vazifasini belgilash bilan xarakterlanadi
Budjet tizimi tushunchasi. Budjet tizimi barcha darajadagi budjetlar, davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg’armalari, budjet tizimi budjetlarini tuzish va tashkil etish prinsiplari, ular o’rtasida budjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o’zaro munosabatlar yig’indisini o’zida ifodalaydi. Moliya yili uchun budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi - so’mda amalga oshiriladi.
2. Budjet tizimining tashkiliy tamoyillari Budjet tizimi quyidagi prinsiplarga asoslanadi: budjet tizimining yagonaligi;
budjet tizimining O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi;
budjet tizimi budjetlarining balansliligi va o’zaro bog’liqligi;
budjet tizimi budjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish;
budjet tizimi budjetlari mablag’laridan foydalanishning aniq yo’naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati;
budjet tizimi budjetlarining mustaqilligi;
budjet tizimi budjetlari mablag’laridan foydalanishning natijadorligi;
kassaning yagonaligi;
budjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi;
ochiqlik.
Budjet tizimining yagonaligi prinsipi.Budjet hujjatlari va budjet hisobotlarining shakllari, budjet tasnifi yagona bo’lishi hamda budjet tizimi budjetlarining daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, budjet hisobini yuritish va budjet hisobotini tuzishning yagona tartibini nazarda tutishi lozim.