Маъруза ва семинар машгулотларни укитиш технологияси


Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg’armalari quyidagilardir



Yüklə 159 Kb.
səhifə7/11
tarix22.05.2023
ölçüsü159 Kb.
#119691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
17 Budjet chegarasi va budjet chizigi

Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg’armalari quyidagilardir:

  • Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg’armasi;

  • Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi;

  • vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg’armalari;

  • budjet tashkilotlarining undiriladigan to’lovlar hisobiga shakllantiriladigan budjetdan tashqari mablag’lari.



4.Budjetlararo munosabatlar, ularning shakllari.
Budjetlararo munosabatlar- O’zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti, tumanlar, shaharlar budjetlari, shuningdek davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari o’rtasidagi ushbu Kodeks bilan tegishli budjetlarga biriktirilgan xarajatlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan tegishli budjetlarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga doir munosabatlardir.
Budjet jarayonida:
O’zbekiston Respublikasi respublika budjetining tumanlar va shaharlar budjetlari bilan;
davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining tumanlar va shaharlar budjetlari bilan;
Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining bir-biri bilan, shuningdek boshqa ma’muriy-hududiy birlikning tumanlari va shaharlari budjetlari bilan;
tumanlar va shaharlar budjetlari o’rtasida o’zaro munosabatlariga yo’l qo’yilmaydi. (BK.132-modda.)
Budjetlarning darajalari o’rtasida daromadlar va xarajatlarni o’tkazish. Daromadlarni kompensatsiya qilish yoki xarajatlarni qoplash Davlat budjetini ijro etish jarayonida Budjet kodeksining 138-moddasida nazarda tutilgan, quyi turuvchi budjetlarning daromadlarini va (yoki) xarajatlarini kamaytirishga yoxud ko’paytirishga olib keladigan hollarda o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha mablag’larni ajratish yoki olib qo’yish orqali majburiy tartibda amalga oshiriladi. (BK.133-modda.)

Yüklə 159 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin