Ma’ruza№14 nutq uslublari punktuatsiya


Quyida berilgan parchadan mikromatnni bog‘lovchi vositalarni toping



Yüklə 71,78 Kb.
səhifə21/33
tarix07.03.2022
ölçüsü71,78 Kb.
#53472
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33
NUTQ USLUBLARI PUNKTUATSIYA MATN

Quyida berilgan parchadan mikromatnni bog‘lovchi vositalarni toping.

Mastura! Uning qo‘llariday mayin, iliq, mehribon qo‘llar bormi olamda? Uning barmoqlariday nozik, kishining boshini silaganda qalbini nurga to‘ldirib, dilini ravshan qiladigan barmoqlar bormikin dunyoda?

Odatda opa-singil, aka-ukalar uncha inoq bo‘lavermaydilar, biroq Mashrab esini taniydiki, qulog‘ida Masturaning mehribon, muloyim ovozi yangraydi.

Ilgari, Mastura turmushga chiqmasdan burun, Gulsum opa yoki A’zam akaning tazyiqi o‘tgan mahallarda yoki biror gunoh qilib qo‘yib kaltak yeyish xavfi tug‘ilgan paytlarda, Mastura bilan Mashrab birga bekinishar, g‘azab va kaltakni birga baham ko‘rishardi.

Masturaning sevgisi, chidami, hijron dog‘lari uning o‘ziday pok, chiroyli, samimiy, ehtimol, shuning uchundir, Mashrab vafosizlik to‘g‘risidagi kitoblarni o‘qisa, yo erkaklar og‘zidan xotin-qizlar haqida shaloq gaplar eshitsa, esiga hamisha Mastura tushadi-yu, butun vujudi isyon ko‘taradi, bunday gaplarning birontasiga ishonmaydi.

(O. Yoqubov)



Yüklə 71,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin