Muayyan predmet yoki voqea-hodisalarhaqidagi fikr-mulohazalar bayon qilingan matn
muhokama matni hisoblanadi.
ESDA SAQLANG. Muhokama matni darsliklar vailmiy kitoblarda ko‘proq qo‘llanadi.
Misollar: 1. Ish ko‘pligi-yu, vaqt yo‘qligidan nolimang. Vaqt ko‘pligi-yu,ish yo‘qligidan qo‘rqing. Chunki odamni abgor qiladigan narsa –bekorchilik. (O‘. Hoshimov)
2.Hech bir ism shunchaki tanlanib, bolaga qo‘yilmaydi. Harqanday ismning berilishi zamirida ota-onaning biror maqsadi, orzu-umidlari,farzandining sog‘ligi, kelajagi, istiqbolini ko‘zlagan ezgu niyatlariyotadi. Mana shu niyatlar bolaga ism tanlash va berish uchun asos
bo‘ladi. (E.Begmatov)
3.Olimlar kompyuterni inson miyasidan andaza olib yaratgan.O‘ylaydi. Hisob-kitob qiladi. Muammoni yechadi. Xulosachiqaradi. Eslab qoladi... Faqat kompyuterning insondan bittaustunligi bor: keraksiz axborotni xohlagan paytda xotirasidano‘chirib tashlashi mumkin... Odam esa yomon xotiralarni miyasidano‘chirib tashlolmay aziyat chekadi... (O‘. Hoshimov)
taraqqiy topgan bayramdir. Xalq tarixi va madaniyatining ajralmasqismi bo‘lgan Navro‘z qanchalik ko‘hna ildizlarga ega bo‘lsa,ayni paytda shunchalik har yili biz bilan yonma-yon yangilanib,qayta quvvatga kiradi. Ushbu bayramga munosabat xalqimizningo‘tmishi, buguni va kelajagiga munosabatning ramzi sifatida hamnamoyon bo‘ladi (Sh. Turdimov. «Hikmatlar xazinasi» kitobidan)
5.Dala qirqbo‘g‘imi ildizpoyali ko‘p yillik o‘t bo‘lib, daryo,kanal va ariqlar bo‘yidagi sernam yerlarda, zovurlar yoqasida,buloqlar atrofida, marzalarda o‘sadi. Uning poyasi, shoxlariserqirra va bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Shuning uchun ham ungaqirqbo‘g‘im deb nom berilgan. Bo‘g‘im oraliqlarining ichi kovak.Uning shoxlari faqat poya bo‘g‘imlaridan chiqadi va bo‘g‘imlardahalqa hosil qilib joylashadi. Barglari mayda bo‘lib, poya va
shoxlardagi bo‘g‘imlarda halqa hosil qilib o‘rnashgan. (6-sinf«Botanika» darsligi)
6.Dunyoda ång ko‘p ovqat yeydigan jonivor qaysi ekanliginibilasizmi? Siz, ehtimol, sher yoki yo‘lbars deb o‘ylarsiz. Boshqabirovlar ayiq yoki bo‘ri deb hisoblar. Ba’zilar bunday jonivorlarqatoriga filni ham qo‘shishar. Ammo bularning birortasi hamto‘g‘ri emas.
Dunyoda eng ko‘p ovqat yeydigan jonivor ninachidir. Uikki soat ichida qirqta pashsha va chivinni tutib yeydi. Agaruning gavdasi sher yoki fil kabi katta bo‘lganida edi, birdaniga
bitta sigirni yeb qo‘ygan bo‘lar edi. Bitta ninachi shuncha zararlihasharotni yo‘q qilsa, o‘nlab, yuzlab ninachilarning tabiatga,odamlarga qanchalik foyda keltirishini tasavvur qilish mumkin.Bu bilan ninachi tabiat qo‘riqchisi vazifasini bajaradi. Tabiatdaninachiga o‘xshagan foydali jonivorlar ko‘p. Ularni asrashhammamizning vazifamizdir. («O‘zbek tilini o‘rganamiz» kitobidan)
7.Odamlar sabzavotni ovqatga juda qadimdan ishlatib keladilar.O‘rta Osiyoda piyoz, sabzi, qalampir, turp va boshqa sabzavotekinlari ikki ming yil ilgari ham ekilgani ma’lum. Sabzavot
o‘tsimon o‘simlik bo‘lib, uning biror sersuv qismi, chunonchi,sabzi, turp, sholg‘omning etli ildiz mevasi; karam va salatningbarglari; gulkaramning g‘unchasi; rovochning barg bandi;
pomidor, bodring, baqlajonning mevasi ovqatga ishlatiladi.Sabzavotlar mazali bo‘lishi bilan birga juda foydali hamdir. («Ukim. Bu nima» kitobidan) 8-SINFDARSLIGIDAGI MA’LUMOTLAR: