Ijodiy-tavsifiy matnso'zlovchi yoki yozuvchi tomonidan ijodiy ravishda bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxsning tasviri yoki xabar, ma’lumotning ijodiy-tavsifiy bayonidir.
Ma’lum voqea-hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar, dalillar bilan ta’riflash, izohlash ijodiy-tavsifiy matnga xos xususiyatlardandir. Masalan:
ALISHER NAVOIY
Besh asrkim nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir sher.
Temur tig‘i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher.
(A. Oripov)
Ha. Bu «zanjirband sher»ning necha asrlardan beri jahonni maftun etib kelayotgan g'azallari porloq quyosh kabidir. Uning betakror nazmi oldida hatto Sa’diy va Hofizning she’riyat osmonidagi yulduzlari xira tortdi. «Nizomiy panjasiga panja urib» bunyod qilgan «Xamsa»si «Panj ganj» shuhratiga soya soldi. Forsigo'ylar uning turkiy tilda yozganligidan shukronalar aytdilar.
Ilmiy, publitsistik va badiiy uslublar, shuningdek, insho ham ijodiy-tavsifiy matnning ko'rinishlaridir.
Dostları ilə paylaş: |