Ma’ruza№14 nutq uslublari punktuatsiya


Gapda so'zlarning o‘zaro bog’lanishi (so‘z birikmasi) bo'yicha



Yüklə 71,78 Kb.
səhifə33/33
tarix07.03.2022
ölçüsü71,78 Kb.
#53472
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
NUTQ USLUBLARI PUNKTUATSIYA MATN

1. Gapda so'zlarning o‘zaro bog’lanishi (so‘z birikmasi) bo'yicha.

2. Gap bo’laklarini aniqlash bo'yicha.

3. Gap qurilishi bo'yicha.
Gapda so‘zlarning bog’lanishi bo‘yicha tahlilda:

a) birikmaning teng bog’lanishi yoki tobe bog’lanishidagi turi;

b) tobe bog’lanish bo’lsa, tobelanish turi (moslashuv, boshqaruv, bitishuv);

d) teng yoki tobe bog’lanishni yuzaga keltirgan vositalar (bog‘lovchilar, ohang, so‘z shakllari, ko‘makchilar, so‘z tartibi) aniqlanadi.



Gap bo’laklarini aniqlash bo‘yicha tahlilda:

a) gap bo‘laklari belgilanadi, uyushiq va ajratilgan bo‘laklar bor yoki yo'qligi izohlanadi;

b) gap bo‘laklari bilan munosabatga kirishmagan «bo‘laklar» (kiritma, undanmalarning mavjud yoki mavjud emasligi) ko‘rsatiladi;

d) gap bo‘laklarining joylashuv tartibi (me’yoriy tartibda yoki o'zgargan tartibda) izohlanadi.



Gap qurilishi bo‘yicha tahlOda:

a) gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turi (darak, so‘roq, buyruq, istak);

b) gapning his-hayajonning ifodalanishiga ko‘ra turi [his- hayajonsiz yoki his-hayajonli (undov) gap];

d) yig‘iq yoki yoyiq sodda gapligi, to‘liq yoki to‘liqsiz gapligi, egali yoki egasiz gap ekanligi; egali gap bo‘lsa: uning egasi ma’lum gap yoki egasi umumlashgan gapligi; egasiz gap bo‘lsa, uning shaxsi noma’lum gapligi, atov yoki so‘z-gapligi izohlanadi.


Tahlil namunasi

Shubhasiz, inson ilm va mehnat bilan baxtli bo‘ladi.
1. Gapda so‘zlarning bog‘lanishi:

1) inson baxtli boladi — tobe bog‘lanish, moslashuv, kesim va eganing shaxs-sonda mosligi (III shaxs, birlik);

2) ilm va mehnat bilan — teng bog‘lanish, va teng bog‘lovchisi orqali bog‘langan;

3) ilm bilan baxtli bo‘ladi — tobe bog‘lanish, boshqaruv, bilan ko‘makchisi orqali bog‘langan;

4) mehnat bilan baxtli bo‘ladi — tobe bog‘lanish, boshqaruv, bilan ko‘makchisi orqali bog‘langan.
2. Gap bo‘laklarini aniqlash:

Shubhasiz, inson ilm va mehnat bilan baxtli bo'ladi.

Uyushiq bo‘lagi bor: ilm bilan, mehnat bilan.

Ajratilgan bo‘lagi — yo‘q.

Kiritma bor: shubhasiz.

Undalma — yo‘q.

Gap bo‘laklarining joylashuvi — me’yoriy.


3. Gap qurilishi tahlili:

1. Ifoda maqsadiga ko‘ra — darak gap.

2. His-hayajonning ifodalanishiga ko‘ra — his-hayajonsiz gap.

3. Tuzilishiga ko‘ra — sodda gap, yoyiq sodda gap, to‘liq gap, egali gap.





Yüklə 71,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin