Adabiy-ijodiy mavzulardagi insholarga adabiyot darslarida o'tilgan ma’lumotlarga o'quvchining ijodiy munosabati (shaxsiy fikrlari) qo'shib ifodalanadigan insholar kiradi.
Adabiy-ijodiy mavzudagiinshoda biror badiiy asar va unda ishtirok etuvchi qahramonlar taqdirini tahlil qilishda o'quvchi o‘z mustaqil fikri bilan yondashadi. Ya’ni adabiy-ijodiy inshoda ijodiy fikrlashga katta e’tibor beriladi. Bu insho turining adabiy mavzudagi inshodan farqi ham ana shunda. Mavzular: 1. Men sevgan adib. 2. «Sen yetim emassan» she’ridan olgan taassurotlarim. 3. Zulfiya — men sevgan shoira.