Ta’limiy insholar sinfda yoki uyda o'quvchi tomonidan yozilib, ijodiy fikr yuritishga, mavzuni to’gri bayon qilishga qaratiladi.
Sinov insholari o'rganilgan mavzularga doir bilimlarni, insho yozish ko’nikma va malakalarni sinash uchun yirik mavzular tugagandan so’ng, choraklar yoki o’quv yili oxirida o’tkaziladi.
Bilib oling. Insho arabcha so‘z bo’lib, «yaratish», «bino qilish», «qurish» ma’nosini beradi. Hozirgi tilimizda bu so‘zning ma’nosi ancha torayib, asosan, o‘quvchi va talabalar tomonidan yoziladigan «ijodiy yozma ish» ma’nosida qo‘llanadi.
Insho muallifning ma’lum bir mavzu asosida o‘z fikrlarini yozma shaklda bayon qiluvchi kichik bir asardir. Inshoda muallifning so‘z qo‘llash mahorati, fikriy, tafakkuriy ko‘nikmasi, bilim va dunyoqarashi, savodi namoyon bo‘ladi.
Insho mazmun-mohiyatiga ко‘ra 3 turli bo‘ladi:
1. Adabiy mavzudagi insholar.
2. Adabiy-ijodiy mavzudagi insholar.
3. Erkin mavzudagi insholar.
Dostları ilə paylaş: |