INSHO - IJODIY MEHNAT
Insho o'quvchining ma’lum bir mavzuni mustaqil ravishda ochib bera olish, o'z fikrlarini yozma shaklda to'g'ri, ravon, savodli bayon qila olish ko'nikma va malakalarini, shu mavzu bo'yicha bilimlarini namoyish etuvchi ijodiy matn — kichik bir asardir. Yozuvchi va shoir, olim va muxbir o'zi yozadigan asar, ilmiy ish, maqolaga katta mas’uliyat bilan qaragani kabi o'quvchi ham insho yozishdan oldin unga har tomonlama tayyorlanishi lozim. Zero, insho o'quvchi ma’naviyati va ma’rifati ko'zgusidir. Unda o'quvchining bilimlari, his-tuyg'ulari, fikrlarini bayon etish ko'nikma va malakalari o'z aksini topadi.
Inshoning har bir turi o'z shakliy va mazmuniy xususiyatlariga ega.
Bilib oling.Insho — ijodiy mehnatning oliy ko'rinishi, murakkab aqliy mehnat mahsulidir. U muallifdan o'z fikrlarini zarur dalillar asosida mantiqan izchil va badiiy tarzda, grammatik va uslubiy jihatdan to'g'ri izhor etishni talab qiladi. Shuning uchun ma’lum mavzu da insho yozishdan oldin shu mavzuga oid badiiy yoki hayotiy manbani, unga oid ilmiy adabiyotlarni chuqur o'rganib chiqish, tezis (qisqa ifoda) yaratish, dalillash uchun ko'chirmalarni yig'ish, xomaki rejani shakllantirib olish talab qilinadi.
Didaktik maqsadlarga ko’ra insholar ikki xil bo’ladi: a) ta’limiy insholar; b) sinov insholari.
Dostları ilə paylaş: |