Ma’ruza№14 nutq uslublari punktuatsiya



Yüklə 71,78 Kb.
səhifə25/33
tarix07.03.2022
ölçüsü71,78 Kb.
#53472
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33
NUTQ USLUBLARI PUNKTUATSIYA MATN

Ma’lumotnoma matnida bo’lib o‘tgan voqea-hodisa yoki mavjud holat haqida oddiy axborot beriladi.

Bunday matnda so'zlarning ko'chma ma’nolaridan, tilning badiiy-tasviriy vositalaridan deyarli foydalanilmaydi, voqea-hodisa oddiy va aniq bayon qilinadi. Masalan:


Buyuk o ‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida tug'ildi. Shoirning she’rlari XV asrning 60-yillaridayoq mashhur boda boshladi. Shoirning ilk devonlari bundan darak berib turibdi.

Yillar o'tishi bilan Alisher Navoiy asarlarining shuhrati ortib bordi va butun jahonga tarqaldi. Yevropa va Osiyodagi barcha davlatlarda Alisher Navoiy kitoblarining yoyilishi, ularning o‘nlab tillarga tarjima qilinganligi buning yorqin dalilidir.

Alisher Navoiy asarlari opining badiiyligi, mazmundorli va go‘zalligi bilan Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy, Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy asarlaridan ustun turar edi. Shuning uchun uning ustozi, fors-tojik adabiyotining ulkan namoyandasi Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiy ijodi xususida shunday deb yozgan: «Shukrlar bo‘lsinki, u she’rlarini turkiy (ya’ni o‘zbek) tilida ijod qilgan. Agar u forsiy tilda ijod qilganda, bizning asarlarimizni hech kim o'qimas edi».


Yüklə 71,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin