Bilib oling. Inshoning mazmuniga mos keluvchi mashhur hikmatli so‘z, maqol, ibora yoki badiiy parcha epigraf deyiladi.
Epigraf, odatda, rejadan keyin, insho matnidan oldin, sahifaning o‘ng chekkasida yoziladi. Epigraf bo‘lgan matndan so‘ng (so‘roq yoki undov gap bo‘lmasa) nuqta qo‘yiladi, muallifi qavs ichida yoziladi.
Inshoda epigraf bo‘lishini qat’iy talab deb tushunmaslik kerak, u tamoman ixtiyoriydir. Lekin mavzuga va ichki mazmunga hamohang keluvchi epigraf tanlansa, inshoning badiiyligiga xizmat qiladi, insho muallifining mahoratini ko‘rsatadi.
Insho qoralama (xomaki) va oq nusxalardan iborat bo'ladi. Insho yozish uchun sodda va murakkab ko'rinishlarda reja tuzib olinadi.
INSHO TURLARI
RIVOYA - INSHO
Biror voqeani izchil tasvir etishda rivoya elementi qo'llaniladi. Hayotdagi ayrim voqealar, hodisalar, masalan, bayramlar, turli xil marosimlar, ekskursiyalar, safar taassurotlari bunday ko‘rinishdagi insholar uchun material bo‘lib xizmat qila oladi.
Rivoya-insho yozish uchun insho yozayotgan shaxs voqealarni shaxsan boshidan kechiigan yoki eshitgan bo'lishi lozim. Bundan tashqari, o‘quvchi voqealarni eslashi, rasmlardan foydalanishi ham mumkin.
MUHOKAMA - INSHO
Bunday turdagi insholar uchun sinfda o‘tkazilgan bahs, munozara material vazifasini o'taydi. Muhokama-inshoda o'quvchidan o‘z fikrini asoslash va dalillash maqsadida mantiqqa jiddiy e’tibor berishi, mustaqil fikrlashi va muhokamada faol ishtirok etishi talab qilinadi. Masalan, «Vatanni asrab-avaylash deganda nimani tushunaman?», «Baxt nima?», «XXI asr insoniyatga nimalar olib keladi?» kabi mavzularda bahs uyushtirish mumkin.
TASVIRIY - INSHO
Bunday insholarda narsa va hodisalar, shaxslarga xos belgilar, ularning boshqalaridan farqlari ko‘rsatiladi, taqqoslanadi. Emotsionallikni hosil qilish uchun kishilar portreti va manzaralar tasviri badiiy ifodalanadi, o‘xshatishlar, sifatlashlar ishlatiladi. Shuningdek, unda oddiy tasvir elementlaridan ham unumli foydalaniladi.
Shaxslar va manzaralar ko‘z oldiga keltirilib, ulaming timsollari gavdalantiriladi. Tasviriy—insholar o‘quvchilarning fikrini o'stiradi, ulardagi kuzatuvchanlik qobiliyatini rivojlantiradi va yozma nutqini kengaytiradi. (B.Turdiyev)
SODDA GAP TAHLILI
Tahlil tartibi
Sodda gap bo'yicha to’liq sintaktik tahlil 3 bosqichda amalga oshiriladi:
Dostları ilə paylaş: |