Маърузачи: Физика ўқитувчиси Дусмуратов Мансур Байсоатович


II. Izojarayonlar. Izotermik, izoxorik, izobarik jarayonlar va bu jarayonlar uchun izografiklar



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə2/5
tarix23.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#120543
1   2   3   4   5
3-Taqdimot

II. Izojarayonlar. Izotermik, izoxorik, izobarik jarayonlar va bu jarayonlar uchun izografiklar.
Idishga solingan ma’lum massali ideal gazning uchta parametridan bittasi o‘zgarmas bo‘lib, qolgan ikkitasi orasida kechadigan jarayonga izojarayonlar deyiladi.
Izotermik jarayon.
Idishga solingan ma’lum massali ideal gazning temperaturasi o‘zgarmas bo‘lib, bosim va hajm orasida kechadigan jarayonga izotermik jarayon deyiladi. Bu jarayonni birinchi bo‘lib 1662-yilda ingliz olimi R.Boyl va 1667-yilda undan bexabar holda fransuz olimi E.Mariottlar kashf qilgani uchun Boyl-Mariott qonuni deyiladi.
Boyl-Mariott qonuni quyidagicha ta’riflanadi:
O‘zgarmas temperaturada berilgan gaz massasi uchun gaz hajmining unga mos kelgan bosimiga ko‘paytmasi o‘zgarmas kattalikdir.
Boyl-Mariott qonunini ideal gaz holat tenglamasida osongina keltirib chiqarish mumkin. Idishga qamalgan gaz uchun o‘zgarmas temperatura sharoitida
bo‘ladi. Demak, Boyl-Mariott qonuni quyidagicha bo‘lar ekan:
Izotermik jarayon uchun V=V(P), V=V(T), P=P(T) izotermalar 3.1-rasmda keltirilgan.
V=V(P) izoterma formulaga ko‘ra olingan bo‘lib, buning grafigi matematikadagi funksiya grafigiga o‘xshash giperboladan iborat. Kattaroq temperaturaga to‘g‘ri kelgan izoterma yuqoriroqda joylashadi (3.1-rasm).
3.1-rasm
Giperbolaning ajoyib xususiyatlaridan biri shundaki, uning grafigidagi ixtiyoriy nuqtasidan korrdinata o‘qlriga tushirilgan kesmalar orqali yasalgan to‘g‘ri to‘rtburchaklar yuzalari teng chiqadi. Xuddi shuningdek, Boyl-Mariott qonunida ham V=V(P) izotermanung ixtiyoriy nuqtasi orqali to‘g‘ri to‘rtburchaklar yuzalari teng, ya’ni bu yuzalar
3.2-rasm
ga teng bo‘ladi (3.2-rasm).
Kichik bosim ostidagi siyrak gazlar uchun Boyl-Mariott qonuni va undan keltirib chiqarilgan boshqa formulalar to‘la bajariladi. Lekin, yuqori bosimda Boyl-Mariott qonunidan chetlanishlar paydo bo‘ladi. Chunki, ideal gaz siqilganda uning xususiyatlari real gazga yaqinlashib boradi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin