Izobarik jarayon. Idishga solingan ma’lum massali ideal gazning bosimi o‘zgarmas bo‘lib, hajm va temperatura orasida kechadigan jarayonga izobarik jarayon deyiladi. Bu qonunni birinchi bo‘lib 1802-yilda fransuz olimi Gey-Lyussak kashf qilgani uchun uning sharafiga Gey-Lyussak qonuni deyiladi.
Gey-Lyussak qonunini quyidagicha ta’riflanadi:
O‘zgarmas bosim sharoitida berilggan massali gazning hajmi temperaturaga chiziqli bog‘langan bo‘ladi. Gey-Lyussak erkin siljiydigan porshen ostiga qamalgan gazning 00C temperaturadagi hajmini V0 deb, ixtiyoriy t temperaturadagi hajmni esa V deb oldi. U o‘tkazgan ko‘plab tajribalar natijasida hajmning temperaturga chiziqli bog‘lanish tenglamasini yozdi.
3.3-rasm Uning tajribalaridan ma’lum bo‘ldiki, temperatura ko‘tarilganda hajm ortar ekan, aksincha temperatura pasayganda esa hajm ham kichiklashar ekan. Gey-Lyussak 3.3-rasmdagi grafikni hosil qildi. Bu grafik t=-2730C temperaturada absissalar o‘qini kesib o‘tishi, ya’ni hajm nolga aylanishi ma’lum bo‘ldi. Bundan esa tenglamadagi
Bu yerda α koeffitsientni hajmning chiziqli kengayish koeffitsienti deb ataldi.
Keyinchalik bu topilgan t=-2730C temperaturani absalyut temperaturaning boshlanishi deb, yangi absalyut temperatura shkalasida uni nol kelvin deb qabul qilindi.
Gey-Lyussak tenglamasini Kelvin shkalasida ham ifodalash mumkin. Buning uchun ideal gaz holat tenglamasidan foydalanamiz. Erkin siljiydigan porshen ostidagi gaz uchun o‘zgarmas bosim sharoitida
bo‘ladi.
Demak, Kelvin shkalasida Gey-Lyussak qonunining ifodasi quyidagicha bo‘lar ekan:
Gey-Lyussak qonunining Kelvin shkalasidagi ifodasidan Selsiy shkalasidagi ifodasini keltirib chiqarish mumkin. Bunda dastlabki temperatura Τ1=273 Κ bo‘lsa, oxirgi temperatura Τ2=273+t bo‘ladi. Dastlabki hajm bu 00C dagi hajm V1=V0 bo‘lsa, oxirgi hajm esa V2=V bo‘ladi.
Izobarik jarayon uchun V=V(T), V=V(P), T=T(P) izobaralar 3.4-rasmda keltirilgan. V=V(T) izobara formulaga ko‘ra olingan bo‘lib, buning grafigi matematikadagi y=kx funksiya grafigiga o‘xshash to‘g‘ri chiziqdan iboratdir. Kattaroq bosimga to‘g‘ri kelgan izobara yotiqroq, ya’ni T o‘qiga yaqinroq joylashadi (3.4-rasm).
3.4-rasm