Маърузачи: Физика ўқитувчиси Дусмуратов Мансур Байсоатович


III. Adiabatik jarayon uchun P=P(V), P=P(T), V=V(T) bog‘lanishlar va ularning grafiklari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə5/5
tarix23.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#120543
1   2   3   4   5
3-Taqdimot

III. Adiabatik jarayon uchun P=P(V), P=P(T), V=V(T) bog‘lanishlar va ularning grafiklari.
Tashqi muhit bilan issiqlik almashmaydigan qilib izolyasiyalangan sistema ichida kechadigan jarayonga adiabatik jarayon deyiladi.
Adiabatik jarayonda P, V, T parametrlarning uchalasi ham o‘zgaruvchan bo‘ladi va ularning o‘zaro bog‘lanishi birlashgan gaz qonuniga bo‘ysunadi va quyidagicha bo‘ladi:
Adiabatik jarayonda P va V, V va T, P va T parametrlar orasidagi bog‘lanish quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Bu yerda: γ – Puasson koeffitsienti bo‘lib, bir atomli gaz uchun γ1=5/3, ikki atomli gaz uchun γ2=7/5, uch va ko‘p atomli gaz uchun γ3=4/3 ga teng bo‘ladi.
Isboti: Adiabatik jarayonda asosan PV γ = const deb olinadi. Bundan esa
bo‘ladi
V va T orasidagi bog‘lanishni topamiz.
P va T orasidagi bog‘lanishni topamiz.
Adiabatik jarayonda P va V, V va T, P va T parametrlar orasidagi bog‘lanish quyidagi ko‘rinishda ham uchraydi:
Adiabatik jarayon uchun P=P(T), V=V(P), V=V(T) adiabatalar 3.7-rasmda keltirilgan.
IV. Politropik jarayon uchun P=P(V), P=P(T), T=T(V) bog‘lanishlar va ularning grafiklari.
Politropik jarayon – parametrlarning ko‘p o‘zgaruvchili bo‘lishidir. Umumiy holda olganda bosim, hajm, temperaturadan tashqari modda miqdori va modda turi ham o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Masalan, haqiqiy politropik jarayonga ichkiyonish dvigatellaridagi kechadigan jarayonni misol qilish mumkin. Bunda P, V, T parametrlardan tashqari modda miqdori ν hamda modda turi M ham o‘zgaradi, chunki slindrga yonuvchi aralashma kiradi va yongan maxsulot tashqariga chiqib turadi. Undan tasjqari yonish jarayonida esa ximiyaviy reaksiya tufayli modda turi ham o‘zgaradi. Soddaroq bo‘lishi uchun biz faqat P, V, T parametrlarning uchalasi hamixtoyoriy qonuniyat asosida o‘zgaruvchan bo‘lgan holni qaraylik. Bunda isishga solingan ma’lum massali gaz uchun birlashgan gaz qonuni o‘rinli bo‘ladi.
3.7-rasm
Politropik jarayonda asosan PV n = const deb olinadi.
V va T orasidagi bog‘lanishni topamiz.
P va T orasidagi bog‘lanishni topamiz.
Shunday qilib, politropik jarayonda makroparametrlar orasidagi bog‘lanishlar quyidagicha bo‘lar ekan:
Politropik jarayonda P va V, V va T, P va T parametrlar orasidagi bog‘lanish quyidagi ko‘rinishda ham uchraydi:
Yuqoridagi formulalar adiabatik jarayon uchun olingan formulalarga o‘xshash bo‘lsa-da, ammo adiabatik jarayondan faqr qiladi. Chunki, adiabatik jarayonda bir atomli, ikki atomli yoki uch atomli bo‘lishiga qarab adiabata ko‘rsatkichi faqat γ1=5/3, γ2=7/5, γ3=4/3 ga teng uchtagina qiymat qabul qila oladi. Politropik jarayonda esa bunday cheklovlar yo‘q, politropik ko‘rsatkich ixtiyoriy sonni, shuningdek manfiy sonlarni ham qabul qilishi mumkin.
Tasavvur qilaylik, bizga bir nechta bir xil slindrik idishlar berilgan bo‘lsin. Bu slindrik idishlarga bir xil miqdordagi va bir xil turdagi gazlar qamalgan bo‘lsin. Idishlarnng barchasi dastlab bir xil sharoitda (P0, V0, T0) turgan bo‘lib, ularda bir vaqtda har xil (izotermik, izobarik, izoxorik, adiabatik, politropik) jarayonlar boshlansin. Shu idishlarda kechadigan jarayonlar uchun P=P(V), T=T(V), P=P(T) izografiklarni chizadigan bo‘lsak, u holda 3.8-rasmda keltirilgan grafiklarga ega bo‘lamiz.
3.8-rasm
E’TIBORLARINGIZ UCHUN RAXMAT
Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin