Izoxorik jarayon. Idishga solingan ma’lum massali ideal gazning hajmi o‘zgarmas bo‘lib, bosim va temperatura orasida kechadigan jarayonga izoxorik jarayon deyiladi.
Izoxorik jarayon uchun ifodani birinchi bo‘lib XVIII asr oxirida fransuz olimi J.Sharl va undan bexabar holda Gey-Lyussak kashf qilgan bo‘lib, bu qonun uning sharafiga Sharl qonuni deyiladi.
Sharl qonunini quyidagicha ta’riflanadi:
O‘zgarmas hajm sharoitida berilgan massali gazning bosimi temperaturaga chiziqli bog‘langan bo‘ladi. Sharl berk idishga qamalgan gazning 00C temperaturadagi bosimini P0 deb, ixtiyoriy t temperaturadagi bosimni esa P deb oldi. U o‘tkazgan ko‘plab tajribalar natijasida bosimning temperaturga chiziqli bog‘lanish tenglamasini yozdi.
Uning tajribalaridan ma’lum bo‘ldiki, temperatura ko‘tarilganda bosim ortar ekan, aksincha temperatura pasayganda esa bosim ham pasayar ekan. Sharl 3.5-rasmdagi grafikni hosil qildi. Bu grafik t=-2730C temperaturada absissalar o‘qini kesib o‘tishi, ya’ni bosim nolga aylanishi ma’lum bo‘ldi. Bundan esa tenglamadagi
ekanligi kelib chiqdi. Bu yerda β koeffitsientni bosimning chiziqli oshish koeffitsiyenti deb ataldi.
Keyinchalik bu topilgan t=-2730C temperaturani absalyut temperaturaning boshlanishi deb, yangi absalyut temperatura shkalasida uni nol kelvin deb qabul qilindi. Sharll tenglamasini Kelvin shkalasida ham ifodalash mumkin. Buning uchun ideal gaz holat tenglamasidan foydalanamiz. Idishga qamalgan gaz uchun o‘zgarmas hajm sharoitida
3.5-rasm bo‘ladi.
Demak, Kelvin shkalasida Sharl qonunining ifodasi quyidagicha bo‘lar ekan:
Sharl qonunining Kelvin shkalasidagi ifodasidan Selsiy shkalasidagi ifodasini keltirib chiqarish mumkin. Bunda dastlabki temperatura T1=273 K bo‘lsa, oxirgi temperatura T2=273+t bo‘ladi. Dastlabki bosim bu 00C dagi bosim P1=P0 bo‘lsa, oxirgi bosim esa P2=P bo‘ladi (3,6-rasm).
3.6-rasm Izoxorik jarayon uchun P=P(T), V=V(P), V=V(T) izoxoralar 3.6-rasmda keltirilgan. P=P(T, izoxora formulaga ko‘ra olingan bo‘lib, buning grafigi matematikadagi y=kx funksiya grafigiga o‘xshash to‘g‘ri chiziqdan iborat. Kattaroq hajmga to‘g‘ri kelgan izoxora yotiqroq, ya’ni T o‘qiga yaqinroqda joylashadi.