Ma’ruzalar matni 1-Mavzu. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining predmeti va o‘rganish usuli reja



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə16/77
tarix07.01.2024
ölçüsü1,27 Mb.
#204938
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77
ИТТдан маърузалар лотин

O‘rta asr utopiyalari

Kapitalistik, ya’ni munosabatlarining shakllanish davrini manufaktura ishlab chiqarishi va dastlabki kapital jamg‘arilishi bilan bog‘lash mumkin, bu davr XIV-XV asrlarni o‘z ichiga oladi, ya’ni yer egaligi susayishi bilan bog‘liq.
Bu munosabatlarning shakllanishi dastlabki kapitalning jamg‘arilishi jarayoni bilan ham bog‘liq. Adam Smitning fikricha, ko‘p sonli ishlab chiqarish tarmoqlarining o‘zaro bog‘lanish yo‘li bilan rivojida mehnat unumdorligi o‘sishining sharti dastlabki kapital jamg‘arilishidir. Bu jarayon ob’ektiv, oddiy bir voqea sifatida ta’riflanadi. To‘g‘ri, bu jarayon real tarixiy voqeadir, ammo u amalda beshafqat sinfiy kurash, aholining bir qismini iqtisodiy va ijtimoiy ezish, zo‘rlik va aldov bilan bog‘liq bo‘ldi. Bu jarayon davomida ob’ektiv tarixiy qonuniyat o‘ziga yo‘l ochdi, natijada ishlab chiqarish nisbatan o‘sdi, sanoat va savdo shaharlari ko‘paydi, fan va texnika rivoj topdi. Bu uyg‘onish davri bo‘lib, ming yillik turg‘unlikdan so‘ng iqtisodiyot madaniyat va san’atning ravnaqiga olib keldi.
Eski feodal munosabatlar yemirilib, yangi burjua-kapitalistik munosabatlar tug‘ila boshladi, bu esa osonlik bilan bo‘lmadi. Ayniqsa, dehqonlarning o‘z yerlaridan siqib chiqarilishi, mustamlakachilik, iqtisodiy ekspansiya, urushlar oddiy xaqqa katta ofat keltirdi. Oqibatda kapitalizmning shakllanishi bilan uni tanqid qilish ham boshlanadi, buni ilk sotsial-utopistlar Tomas Mor (1478-1535) va Tommazo Kampanella (1568-1639) amalga oshirdi.
Ideal (fozil) jamiyat to‘g‘risidagi avvalgi g‘oyalar dastlabki sotsialistik konsepsiyalar bilan davom ettiriladi.
T. Mor «Utopiya» (lot. yo‘q joy) (1516) asarida Angliyada dastlabki kapitalning jamg‘arilishi jarayonida dehqonlarning ommaviy qashshoqlanishi jarayonini aks ettirgan. T.Mor gumanist, davlat arbobi va yozuvchi bo‘lgan (1529-32 yillarda Angliya kansleri). U Uyg‘onish davrining atoqli arbobi Erazm Rotterdamskiyning do‘sti edi. Katolik bo‘lgan. Qirolni ingliz cherkovining Oliy boshlig‘i deb qasamyod qilmaganligi uchun T.Mor davlat xoini sifatida hisoblanib, qatl etilgan. Katolik cherkovi tomonidan muqaddaslashtirilgan (1535). U «qo‘ylar odamlarni yeb quydi» iborasining muallifidir. Shu davrda dehqonlarni cheklash, ya’ni yerdan siqib chiqarish siyosati amalga oshirildi. Bu jarayon manufaktura, keyinroq esa fabrika rivoji bilan bog‘liq edi. Mato to‘qish, jun, ayniqsa qo‘y juniga bo‘lgan ehtiyojni oshirib yubordi. Dastlab botqoq, chakalakzor yerlar o‘rab olindi va qo‘y boqish uchun yaylovga aylantirildi, keyinchalik dehqonchilik qilinayotgan yerlar ham tortib olinib, dehqonlar - yomenlar sinf sifatida tugatildi. Ular yerdan mahrum qilindi va ko‘chaga haydaldi. Bu o‘ziga xos agrar inqilob - sanoat to‘ntarilishi uchun sabab bo‘ldi, lekin millionlab aholi qashshoqlikka mahkum etildi. Shu voqealarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan T.Mor qaerdaki xususiy mulk hukmron bo‘lsa, asosiy boylik bir quchoq odamlar qo‘liga to‘planadi, degan xulosaga keldi. Yana sotsial ofatning asosi puldir, degan edi u. Xayoliy «utopiya» mamlakatida ijtimoiy mulkchilik (xususiy mulk bo‘lmagan), umumiy mehnat bo‘lgan, qishloq va shahar o‘rtasidagi tafovo‘t yo‘q edi, ishlab chiqarish tartibga solingan, ish kuni olti soat bilan cheklangan, pul yo‘q qilingan, taqsimot tekis va bosqinchilik urushlari yo‘q edi. T.Mor shunday jamiyatni qurish mumkin deb o‘ylagan.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin