Ma’ruzalar matni 1-Mavzu. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining predmeti va o‘rganish usuli reja



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə19/77
tarix07.01.2024
ölçüsü1,27 Mb.
#204938
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   77
ИТТдан маърузалар лотин

Qo‘shimcha adabiyot

Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. T., 1993


Nizomulmulk. Siyosatnoma yoki Siyar ul-mulk. T., Adolat. 1997
Mayburd Ye.M. Vvedenie v istoriyu ekonomicheskoy mыsli. M., 1996
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. T., TMI. 2003
5.Razzoqov A.O‘rta Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy g‘oyalari. T., 2004.
4-Mavzu. MERKANTILIZM IQTISODIY TA’LIMOTI


REJA



  1. Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining mohiyati

  2. Ilk merkantilizm ta’limoti namoyondalari

  3. Rivojlangan merkantilizm xususiyatlari

  4. Merkantilizm va hozirgi zamon



1. MERKANTILIZM IQTISODIY TA’LIMOTINING MOHIYaTI


Avvalgi davrdagi iqtisodiy g‘oyalarda natural xo‘jalik munosabatlariga oid fikrlar ustunlik qilgan. Yangi bozor munosabatlari shakllanishi tufayli, shunga oid iqtisodiy ta’limot paydo bo‘ldi, bu merkantilizm ta’limotidir.
«Merkantilizm» iborasi birinchi bo‘lib Adam Smitning asarlarida o‘z ifodasini topdi. Lug‘aviy ma’nosiga ko‘ra bu so‘z italyancha bo‘lib, savdogar mazmuniga ega. Bu so‘z yangi ta’limotning mazmun va mohiyatini o‘zida aks ettiradi.
Uzoq yillar davomida boylikning, xalq moddiy farovonligining asosi mehnat, yer, dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilik deb kelinar edi, biz buni yuqorida ko‘rdik. Lekin XV asrga kelib ahvol keskin o‘zgardi. Bu ta’limotning kelib chiqishiga bir qancha sotsial-iqtisodiy sabablar turtki bo‘ldi. Avvalo feodal tuzumning yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining o‘sishi, fan va madaniyatning rivoji, ayniqsa, yangi yerlarning ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tizimining paydo bo‘lishi, savdo-sotiqning rivojiga turtki bo‘ldi. Noekvivalent almashuv savdo tufayli metropoliya koloniyalar hisobiga beqiyos boyidi. Ana shu o‘zgarishlarni asoslab beruvchi iqtisodiy ta’limot - merkantilizm yuzaga keldi va muomala soxasini o‘rganish bilan shugullandi. Merkantilizm sinfiy jihatdan savdo kapitalini himoya qildi. Shu davrga kelib Yevropada oltin va kumush qaxatchiligi boshlandi. Hindistonda nodir metallar ko‘p, degan mish-mishlar va u yerdagi mavjud ziravorlar insonlarni yangi yerlar ochish, yangi boylik makonlarini izlab topishga otlantirdi.
Pul vazifasini bajargan nodir metallar (xali qog‘oz pul yo‘q), ularning oxangrabo kuch-qudrati hammani oyoqqa turg‘azdi, insonni o‘ylashga, Ixtirolar qilishga, harakatga undadi. Oqibatda, dengizda kemalar orqali xavfli yo‘lga otlanish taraddudi boshlandi, haritalar tuzildi, kompas kashf etildi, kerakli odamlar, asbob-anjom, suv, oziq-ovqat, qurol-yarog‘ to‘plandi.
Merkantilistik siyosat ham ishlab chiqildi. Uning bosh vazifasi davlatga ko‘proq oltin va kumush keltirish deb aniqlandi. Bu davrda pul sifatida qimmatbaho metallar-oltin va kumush ishlatilgan, shu sababli oltin va kumush zahiralarini ko‘paytirish borasida ma’lum iqtisodiy siyosatlar ishlab chiqarildi.
1492 yilda portugaliyalik Xristofor Kolumb uchta kemasi bilan tasodif tufayli Amerika qit’asini ochdi (u o‘zini Hindistondaman deb o‘ylagan, shuning uchun qit’a nomi boshqa dengizchi - Amerigo Vespuchchiga nasib etdi, tarixning bu xatosini to‘g‘rilash uchun bu qit’adagi bir davlatga Kolumbiya nomi berildi). Ammo Amerika ko‘pchilik o‘ylaganidek oltin-kumushga unchalik boy emas ekan. Hindistonni qidirish yana davom etdi va 1498 yilda Vasko da Gama tomonidan ko‘pchilik intizorlik bilan kutgan bu diyorga yo‘l ochildi. Boshqa dengizchi Magellanning butun dunyo bo‘ylab qilgan sayohati tufayli yangi yer, orollar kashf etildi, ular qisqa vaqt ichida Yevropa davlatlarining mustamlakasiga aylantirildi, u yerlarda oltin-kumush konlari ochildi, yangi xom ashyo, ekin, hayvon turlari ochildi, ularning Yevropaga kirishi boshlandi (paxta, makkajo‘xori, tamaki, kofe, kakao). Yevropadagi davlatlar o‘rtasida (Portugaliya, Ispaniya, Niderlandiya-Gollandiya, Fransiya va Angliya) o‘rtasida kurash ham qizidi.
Shakllanib kelayotgan yangi iqtisodiy munosabatlarning rivoji uchun muhim moddiy turtki paydo bo‘ldi. Kapitalizmning shakllanishi va rivoji uchun kapitalning dastlabki jamg‘arilish jarayoni kuchaydi, unga qulay imkoniyat yaratildi. Ayniqsa savdo rivoj topdi, bosib olingan yerlardagi arzon-garov xom ashyolar Yevropaga oqib kela boshladi, bu yerda tayyorlangan tayyor mahsulotlar esa u yerlarga olib borib sotildi. Savdo kapitalining roli beqiyos o‘sdi. Tarixan esa bu kapital umuman kapitalning dastlabki shakli bo‘lib qoldi. Undan keyin esa sanoat kapitali ajralib chiqdi.
Merkantilizm rivojida ikki davrni ajratish mumkin:
1. Ilk merkantilizm yoki monetarizm (XV-XVI asr o‘rtalari).

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin