Ma’ruzalar matni 1-Mavzu. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining predmeti va o‘rganish usuli reja


Jahonda mamlakatlarida YaIM ning jon boshiga taqsimlanishi (1996)



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə66/77
tarix07.01.2024
ölçüsü1,27 Mb.
#204938
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   77
ИТТдан маърузалар лотин

Jahonda mamlakatlarida YaIM ning jon boshiga taqsimlanishi (1996)



AQSh $

Mam. soni

YaMM, mln.$

Aholi,
mln kishi

Jon boshiga
YaMM, $

Past 785 dan kam

63

1.596.837

3.236

490

O‘rtachadan past
786-3115

63

1.962.719

1.125

1.740

O‘rtachadan
yuqori
3116-9635

31


2.178.234



473


4.600


Yuqori 9636 dan ko‘p

53

23.771.825

919

25.870

Jahon

210

29.509.614

5.754

5.130

Malayziya, Tailand, Vetnam, Indoneziya va boshqa mamlakatlar kelib qo‘shilmoqda. Bu davlatlarga xos bo‘lgan xususiyat shuki, bozor munosabatlari keng qo‘llanilmoqda, sanoat (industriya)ning rivojiga alohida e’tibor berilmoqda, xorijiy investitsiyalar (qo‘shma korxonalar juda ko‘p) ko‘p ishlatilmoqda va oqibatda iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari yuqori (5-10, hatto 14-15 foiz). Xitoy Xalq Respublikasi ham 1979 yildagi iqtisodiy islohotlar tufayli taraqqiyot yo‘liga kirdi (ayniqsa ochiq iqtisodiy hududlarda o‘sish katta). Shular tufayli bu sohada iqtisodiy ta’limotlarda ham o‘ziga xos yo‘nalishlar yuzaga keldi. Hozirgi davr iqtisodiyotchilari U.Rostou, R.Emerson, P.Samuelson va boshqalar kolonializmning ijobiy tomonlarini, uning qoloq mamlakatlarga «taraqqiyot» olib borganligini bo‘rttirib ko‘rsatishga intilmoqdalar. Go‘yoki mustamlakalar ilg‘or mamlakatlar yordamida o‘z mustaqilligini ta’minlashga erishganlar. Bu tuzum ilg‘or va qoloq mamlakatlarga birdek naf keltirgan deb hisoblaniladi. R.Emerson fikricha, kolonializm Sharq xalqlari uchun taraqqiyot yo‘lidan borishga imkoniyat yaratdi.


Ayrim iqtisodchilar kolonializmning salbiy tomonlarini ham inkor etmagan holda, uni XIX asr oxiri va XX asrdagi kapitalistik mamlakatlar «deformatsiya»ga uchradi, mustamlaka davlatlarining do‘stiga aylandi, demoqdalar. «Yaxshi kolonializm» iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantiradi, bu davlatlarning o‘z-o‘zini boshqarishini ta’minlaydi.
Yana bir eng dolzarb masala - bu demografiya muammosidir. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 1945-95 yillar davomida jahonda aholi soni 2.5 milliarddan 5.5 milliardga yetdi (o‘sish 3 milliard), yalpi ichki mahsulot (milliy daromad) 7 trilliondan 22 trillion AQSh dollariga o‘sdi. Lekin aholining asosiy qismi eng tez ko‘payayotgan joylarda iqtisodiy o‘sish sust. O‘z davrida Sharl Fure Yer sharidagi maksimal aholi soni 5 milliarddan oshmasligi kerak, degan g‘oyani aytgan edi. XXI asr boshida 6 milliard aholining iqtisodiy ahvolini o‘ylash kerak bo‘ladi. Shular tufayli nazariya va konsepsiyalar ilgari surilgan.
Shular ichida davlatning iqtisodiy rivojlanishdagi roli masalasi muhimdir, bu haqda yuqorida fikr yuritilgan edi, ma’lumki, klassik va neoklassik ta’limot tarafdorlari davlatning ishtirokini imkoni boricha cheklashni taklif etsa, Keyns va keynschilar hamda neokeynschilik davlatning roli faol bo‘lishini targ‘ib etadi. Bu holatda ham ana shunday ikki xil qarash harakterlidir. Masalan, ingliz iqtisodchisi P.Bauer davlat faqat norentabel sohalar, masalan transport, aloqa, kommunal xo‘jalik, texnik qadrlarni tayyorlash va boshqa tarmoqlar faoliyatiga aralashuvi va ularga davlat sektoridan yordam berishi kerak degan g‘oyani ilgari suradi. Boshqa rentabelli tarmoqlar esa xususiy sektor qo‘liga berilishi va u yerda davlatning roli minimal bo‘lishi kerak, deyiladi.



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin