Tayanch tushuncha va iboralar
Jahon xo‘jaligi; mehnat taqsimoti; Ixtisoslashuv; integratsiya; mo‘tlaq afzallik; nisbiy, solishtrima afzallik; Xeksher-Olin-Samuelson modeli; investitsiya; kapital harakati; rivojlanayotgan mamlakatlar; insoniy rivojlanish konsepsiyalash quvvati; xalqaro iqtisodiy ittifoqlar.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
Jahon xo‘jaligi deganda nimani tushunamiz va u qachon vujudga kela boshlagan?
Xalqaro iqtisodiy integratsiya nima, uning ob’ektiv zarurati nimaga asoslanadi?
Solishtirma afzallik konsepsiyasi, solishtirma harajatlar prinsipi nimani anglatadi?
«Ishlab chiqarish omillarining xalqaro taqsimoti» nazariyasining asoslari nima?
Kapital chiqarishning neokeynschilik ta’limoti qachon shakllandi va uning mohiyati nima?
Xalqaro monopoliyalar (transmilliy korporatsiyalar) nima? Ular to‘g‘risida qanday ta’limotlar mavjud?
Iqtisodiy integratsiya to‘g‘risidagi nazariyalarga ta’rif bering?
Valyuta munosabatlarining mohiyati nima, valyutaning elastik kursi qaysi omillarga bog‘liq?
Jahondagi asosiy iqtisodiy va ijtimoiy muammolar nimalardan iborat?
Mamlakatlar rivojlanishidagi notekislik sabablari nima?
Rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy ahvoli va uni yaxshilashga oid nazariyalarni ta’riflab bering.
Yangi xalqaro iqtisodiy tartibning mohiyati nima, unga qachondan o‘tila boshlandi? Bu tartib qanday qoidalarga asoslanadi?
«Insoniy rivojlanish konsepsiyasi»ning mohiyati nimalardan iborat?
Adabiyot
Asosiy adabiyot
Razzoqov A.A, Toshmatov Sh.X, O‘rmonov N.T. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T., 2002 (21-bob)
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. O‘quv qo‘llanma. T., 1997
Dostları ilə paylaş: |