Ma’ruzalar matni 1-Mavzu. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining predmeti va o‘rganish usuli reja


BOZOR MUNOSABATLARIGA O‘TISh BOSQIChLARIGA OID QARAShLAR TAHLILI



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə73/77
tarix07.01.2024
ölçüsü1,27 Mb.
#204938
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
ИТТдан маърузалар лотин

4. BOZOR MUNOSABATLARIGA O‘TISh BOSQIChLARIGA OID QARAShLAR TAHLILI

Darhaqiqat mamlakat taqdirida keskin va muhim o‘zgarishlar ro‘y berdi. O‘zlikni anglash boshlandi. Milliy istiqlol g‘oyasi fuqarolar imonining mezonini tashkil eta boshladi.


Iqtisodiy taraqqiyotda jiddiy o‘zgarishlarga erishildi. 1997 yildan boshlab, YaIM o‘sish sur’atlarining aholi o‘sish sur’atlaridan ustun kelishi ta’minlandi va mamlakatda aholi turmush darajasining yaxshilanishi uchun zamin yaratildi. Xalqaro ekspertlar ma’lumotiga ko‘ra, yangi asr boshiga kelib O‘zbekiston ishlab chiqarish hajmiga ko‘ra, inqirozga qadar bo‘lgan darajasini, shuningdek BMT inson taraqqiyoti indeksi (uning tarkibiy qismlari: aholining savodxonlik darajasi; umr o‘zunligi; aholi jon boshiga YaIM) bo‘yicha reytingidagi o‘z maqomini deyarli tiklab oldi. MDHdagi hech bir boshqa davlat bunga erisha olgani yo‘q. Inson potensial taraqqiyoti indeksi ko‘rsatkichlari 1995 yildagi 0,679dan 1999 yilga kelib 0,706 ga ko‘tarildi. Ayni paytda aholi jon boshiga real yalpi ichki mahsulotning harid quvvatiga ko‘ra qiymati 1995 yilda 2440 AQSh dollariga teng bo‘lsa, 1999 yilgi ko‘rsatkich 2494 AQSh dollarini tashkil etdi. Jahon banki yillik hisobotidagi 1999 yil ma’lumotlariga ko‘ra esa, O‘zbekiston Respublikasidagi aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot qiymati 870 $ ni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich Qozog‘istonda 1310, Xitoyda 750 $, Qirg‘izistonda 350 $ni, Rossiyada 2300 $ni tashkil etgan.
Xalqaro ekspertlar fikriga ko‘ra, inson taraqqiyoti zamirida O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishidagi asosiy tamoyillar jumlasiga quyidagilar kiritilgan:
-YaIM o‘sish sur’atlarining aholi o‘sish sur’atlaridan ustun kelishi, pirovardida esa, turmush daraja yaxshilanishi uchun zamin yaratildi.
-Uzoq muddatli istiqbolda o‘sish omili bo‘lgan asosiy kapitalga sarmoya kiritishning yuqori sur’atlari ta’minlandi.
-Iqtisodiy o‘sishning ijobiy sur’atlari sharoitida inflyatsiya sur’atlaridan barqarorlashishi natijasida, aholining real daromadlari va turmush darajasi yaxshilandi.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishdagi zaif jihatlar turkumiga quyidagilar kiritilgan:
1. O‘zbekiston iqtisodiyoti tuzilmasi ilgarigiday o‘zining agrar-
industrial tabiatini saqlab kelmoqda.
2. YaIM tarkibida sanoat mahsuloti 20%dan ozroq qismini hamda jismoniy va ma’naviy eskirgan uskuna va texnologiyalar katta hissani tashkil qiladi.
3. Ishsizlik darajasi tez sur’atlar bilan o‘smayotgan bo‘lsada, ancha yuqori bo‘lib, iqtisodiyotda qo‘llanilmayotgan man’balardagi katta potensialni aks ettiradi.
4. Ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimida, ayniqsa aralash shaklda moliyalash tizimini boshqarish qismidagi institutsional o‘zgarishlar tugallanmagan.
Mulkdorlar sinfining shakllanishi tadbirkorlik rivojlantirilish bilan bog‘liq institutsional islohotlar ham 4 bosqichda tasniflanadi.
Bunda ham tayyorlov bosqichga alohida e’tibor beriladi, ya’ni 1990-1991 yillarda mulkchilik va tadbirkorlik to‘g‘risidagi va boshqa qonunlarning qabul qilinishi qayd etiladi.
1-bosqich (1992-1994 yillar) da O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi, «Hususiy mulkchilik himoyasini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish» to‘g‘risidagi (yanvar 1994 yil), «Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida»gi Prezident farmonlari muhim xujjat bo‘ldi.
bosqich (1995-1996 yy.) respublika Prezidentining xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish to‘g‘risidagi farmoni bilan boshlandi. Sobiq sovet respublikalari ichida birinchi marta xususiylashtirishdan tushgan mablag‘ning 50%i kichik va o‘rta biznesni rag‘batlantirishga qaratildi. Bu bosqichda «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlintirish to‘g‘risida»gi (dekabr 1995y.), «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlik xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi (aprel, 1996y.) qonunlar qabul qilindi. Eng muhimi real ko‘p ukladli iqtisodiyot shakillanishiga erishildi, nodavlat sektori mustahkamlandi. Nodavlat sektorning ulushi milliy daromadda 69%ga yetdi. Salkam 6 mln aholida mulkdorlik hissasi vujudga keldi.
bosqich (1997-1999) chet el sarmoyalarini jalb etish asosida xususiylashtirishning chuqurlashtirilishi bilan tavsiflanadi. E’tibor ko‘proq xususiylashtirishning samaradorligiga qaratildi. Qishloq xo‘jaligida paychilik asosidagi shirkatlarga o‘tish boshlandi.
Mayda, kichik va o‘rta biznesni quvvatlashning ko‘p bosqichli tizimi shakllandi. Bular:
Davlat mulkini boщqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari.
Tadbirkorlikning jamoat tashkilotlari (tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, dehqon va fermer xo‘jaliklari assotsiatsiyasi, tadbirkor ayollar uyushmasi).
Moliya-kredit institutlari (biznes fond, dehqon va fermer xo‘jaliklarini quvvatlash fondi, tadbirkorbank).
Sug‘urta ta’minoti («Madad») va tadbirkor qadrlarni tayyorlash va axborot - maslahat bilan quvvatlash institutlari (biznes - inkubator va biznes - maktablar).
Xomashyo va materiallar ta’minoti, shuningdek tayyor mahsulot sotish infrastrukturalari (O‘zulgurji birja savdo, Agrosanoat birja, O‘z savdo markaz, mintaqaviy va IXtisoslashgan bozorlar). Natijada jami huquqiy shaxslarning 89%i kichik va o‘rta korxonalar (160 ming) egasiga aylandi. Kichik va o‘rta korxonalar solig‘i qishloq xo‘jaligida - 27%, sanoatda -12% ga yetdi. IV bosqich (2000 yildan) iqtisodiyotni erkinlashtiruv islohotlarini chuqurlashtirishdan keyin boshlandi. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi joriy etildi. 180 mingdan ortiq kichik va o‘rta biznes sub’ektlari 2000 yil oxiriga kelib ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan 139,7 mingtasi - mikrofirmalardan iborat.
Umuman, iqtisodiyot fanini rivojlantirishda qator o‘quv va ilmiy dargohlar katta hissa qo‘shmoqda, shular jumlasiga, O‘zRFA Iqtisodiyot instituti, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Agrosanoat majmuida bozor islohotlari instituti, Makroiqtisodiy barqarorlikni o‘rganish markazi hamda vazirliklar va oliy o‘quv yurtlaridagi 50 ga yaqin muassasalar kiradi. Mamlakatimizda, jumladan ToshDIU da olib borilayotgan tadqiqotlarda milliy iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tish sharoitidagi xususiyatlari izchil o‘rganilmoqda. Masalan, akademik M.Sh. Sharifxo‘jaev, S.S.G‘ulomiov, prof. E.A.Akromov, A.O‘lmasov, Sh.Shodmonov va boshqalar o‘z asarlarida milliy iqtisodiyot nazariyasini ishlab chiqish va rivojlantirishga muhim hissa qo‘shmoqdalar.
Jumladan, iqtisodiy tarix, iqtisodiy ta’limotlar tarixi sohasida professorlar H.S.Sobirov, A.A.Razzoqov, Q.Yo‘ldoshev, Yu.B.Yusupov kabilar jahon va milliy merosimizning noyob durdonalarini o‘rganish, tartibga solish va tahlil qilishga katta hissa qo‘shmoqdalar.
Moliya, investitsiya, pul muomalasi, bank ishi sohalarida prof. T.S.Malikov, S.A.Berjanov, Sh.Z.Abdullaeva, O.Olimjonov, A.Qodirov va boshqalarning tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Akademik V.V.Kim, prof. A.Abdug‘aniev, A.N.Mahmudov, D.Axmedovlar agrar-sanoat kompleksi taraqqiyoti muammolarini tadqiq etmoqdalar.
Prof. Q.Abduraxmonov, A.Nazarov. N.Xo‘jaev, Sh.Xolmo‘minov va boshqalar mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasiga oid darslik va qator o‘quv qo‘llanmalarni yaratishgan.
Makro va mikro hamda mintaqaviy iqtisodiyot sohasida prof. A.Ishmuhamedov, B.Salimov, N.Ibragimov, E. Mahmudov tadqiqotlari muhimdir.
Statistika bo‘yicha prof N.Soatov, X.Nabiev, Z.Toshmatov, E.Akromovlar sermahsul o‘quv, ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar.
Buxgalteriya hisobi va audit sohasida prof. S.Qodirxonov, M.Umarova, M.To‘laxo‘jaeva, N.Jo‘raev, O.Jumanov, S.Vohidov va boshqalar barakali faoliyat ko‘rsatishmoqda.
Marketing fani bo‘yicha prof. M. Qosimova, D.Muhiddinov, A.Fattoxov, X.Raimov va boshqalar milliy bozor shakllanishi va rivojlanishi shart-sharoitlarini tadqiq etmoqdalar.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida prof. J.Jalalov, R.Shodiev, G.Nazarova va boshqalarning tadqiqotlarini alohida eslab o‘tish darkor.
Informatika va axborotlar texnologiyasi bo‘yicha akademik S.S.Fulomov, R.Alimov, B.Xodiev, T.Shodiev, Q.Alimov. A.Shermuhamedov va boshqalarning faoliyati diqqatga sazovordir.
Yuqorida eslab o‘tilgan olimlarning tadqiqotlari jahon va milliy iqtisodiy tafakkurini boyitishga ma’lum hissa qo‘shib kelmoqdalar.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, milliy iqtisodiyotimizning nazariy-ilmiy, o‘quv-amaliy manbalari tobora kengaymoqda. Bu esa, pirovardida yoshlarning malakali mutaxassis va tadbirkor bo‘lib yetishishiga puxta zamin yaratadi. Chunki XXI asrdagi iqtisodiyot taraqqiyoti va xalq farovonligining asosiy manbai har tomonlama kamol topgan shaxslar hisoblanadi. Bu Konfutsiyning «Eng katta sevinch-ilm olishda va uni hayotga tadbiq etishda» degan o‘giti yangi asrda yanada to‘laroq o‘z isbotini topmoqda.


XULOSA

1917 yildagi oktabr to‘ntarilishi va sho‘rolar hoqimiyati (1917-1990)


davrida sobiq SSSR va hususan O‘zbekistonda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan imperativ rejali iqtisodiyotga o‘tildi. Nokapitalistik konsepsiya, ya’ni bozor munosabatlarini inkor etuvchi yo‘l tanlab olindi. Buyruqbozlik iqtisodiyoti tufayli erishilgan ayrim yutuqlar vaqtincha samara berdi. Markaz tomonidan olib borilgan siyosat oqibatida katta potensialga ega bo‘lgan O‘zbekiston iqtisodiyoti bir tomonlama agrar- xomashyo yo‘nalishida rivojlandi, sanoat tovarlar ishlab chiqarish cheklangan edi, paxta yakkahoqimligi ijtimoiy-ekologik muammolarni keltirib chiqardi, yerlarning sho‘rlanishi, botqoqlashuvi kuchaydi, Orol dengizi quriy boshladi, xalqning moddiy farovonligi keskin ortda qoldi. Ilg‘or mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tarixi bozor iqtisodiyotini qo‘llash yo‘li bilangina taraqqiyotga erishish mumkinligini ko‘rsatmoqda. Ko‘p yillar davomida imperativ rejali iqtisodiyot yuritgan sobiq SSSR va boshqa «sotsialistik» deb atalgan davlatlar iqtisodiyoti inqirozga uchradi va bu bozor iqtisodiyotiga o‘tishni taqozo etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o‘z mustaqilligiga erishgandan so‘ng (1991) o‘ta boshladi. Bu bozor iqtisodiyotiga o‘tish konsepsiyasi ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan rejali (planli) iqtisodiy tizimdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning qonun-qoidalari va uning O‘zbekistondagi milliy xususiyatlarga xos ilmiy qarashlar majmuidan iboratdir.
Jamiyat rivoji tarixi shuni aniq ko‘rsatadiki, bir ijtimoiy tizimdan boshqa tizimga ko‘chish uchun ma’lum o‘tish davri ob’ektiv zaruriyatdir. Bu zarurat eskirgan hayot ukladi o‘rniga yaratiladigan yangi ukladni vujudga keltirishdagi siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy qiyinchiliklar bilan chambarchas bog‘liqdir.



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin