Takrorlash uchun savollar
Ishlab chiqarish xarajatlari auditining oldiga qanday maqsad qo‘yiladi?
Ishlab chiqarish xarajatlari auditining qanday me’yoriy asoslari va xususiyatlari mavjud?
Asosiy ishlab chiqarish tarmoqlarini auditorlik tekshiruvidan o‘t-kazish qanday amalga oshiriladi?
Yordamchi ishlab chiqarishlar auditi qanday amalga oshiriladi?
Umumishlab chiqarish xarajatlari auditi qanday amalga oshiriladi?
Mahsulot tannarxi to‘g‘ri aniqlanganligini tekshirish qanday amal-ga oshiriladi?
Ishlab chiqarishdagi brak auditi qanday amalga oshiriladi?
Tayyor mahsulotni baholashning auditi qanday amalga oshiriladi?
Tayyor mahsulotning saqlanishi auditi qanday amalga oshiriladi?
Sotish xarajatlari auditi qanday amalga oshiriladi?
Tayyor mahsulotlarni jo‘natish bo‘yicha muomalalar to‘g‘riligi-ning auditi qanday amalga oshiriladi?
VI bob. PUL MABLAG‘LARI AUDITI
1. Auditning maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari.
2. Kassa, kassa muomalalari va pul hujjatlari auditi.
3. Bankdagi schyotlarga doir muomalalarni hisobga olish va na-zorat qilishning holatini tekshirish.
4. Valuta schyotlariga doir muomalalar sintetik hisobining to‘g‘-riligi va to‘liqligini tekshirish.
1. Auditning maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari
Pul mablag‘larini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning asosiy maq-sadi: kassadagi milliy va xorijiy valutadagi naqd pul mablag‘lari, bankdagi hisob-kitob schyoti, valuta schyotlari va boshqa maxsus schyotlarga doir muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazib, moliyaviy hisobotning «Pul mablag‘lari» bo‘limi bo‘yicha ma’lumotlarning ishonchliligi va bank-dagi schyotlarda pul mablag‘larini hisobga olish uslubiyatining O‘zbekis-ton Respublikasida amal qilayotgan me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa shakllantirish, ular saqlanishi va ishlatilishining maqsad-ga muvofiqligi, samaradorligi hamda qonuniyligini ta’minlash, shuningdek, hisobga olishni takomillashtirishdan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni hal etish zarur: inventarizatsiya o‘tkazish yo‘li bilan kassadagi mavjud pul mablag‘-lari, qimmatli qog‘ozlar miqdori va summalarining haqiqiy qoldig‘ini aniqlash, kassa muomalalarini hisobga olishda «Yuridik shaxslar tomo-nidan kassa muomalalarini amalga oshirish qoidalari»ga (O‘zbekiston Res-publikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan №565, 17 dekabr 1998 y) qay darajada rioya qilinayotganligini aniqlash; bank muassasasidagi hisob-kitob, valuta va boshqa maxsus schyotlar bo‘yicha amalga oshirilgan muo-malalarni tekshirib chiqish; o‘tkazilgan tekshirish asosida oraliq dalolat-noma tuzish va xulosa qilish.
Bankdagi schyotlar bo‘yicha muomalalarni tekshirishda auditor quyi-dagi ma’lumot manbalaridan foydalanadi:
hisob yuritish siyosati to‘g‘risidagi buyruqning pul mablag‘lari hisobiga doir bo‘limi;
bankdagi hisob-kitob, valuta va boshqa maxsus schyotlar bo‘yicha muomalalarni amalga oshirishni va ushbu muomalalarni buxgalteriya hi-sobida aks ettirishni tartibga soluvchi asosiy me’yoriy hujjatlar (O‘zbekis-ton Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida Nizom (yangi tahriri) (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan №496, 8 oktabr, 1999 y);
buxgalteriya hisobotlari (buxgalteriya balansi (1-shakl) va pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot (4-shakl);
soliq hisoboti (so‘mdagi va chet el valutasidagi schyotlar to‘g‘-risida ma’lumot);
bankdagi schyotlar bo‘yicha muomalalarni hisobga oladigan sin-tetik hisob registrlari;
bankdagi schyotlarga doir muomalalarni rasmiylashtiradigan dast-labki hujjatlar;
bankdagi schyotlarga doir muomalalarni aks ettirish uchun qo‘l-laniladigan ishchi schyotlar rejasi;
buxgalteriya hisobining korxonada qo‘llaniladigan shakli va bank-dagi schyotlardagi mablag‘larni hisobga olishga doir registrlar ro‘yxati;
bankdagi schyotlardagi pul mablag‘larini hisobga olish bilan bog‘-liq bo‘lgan dastlabki hujjatlarning hujjatlar aylanish grafigi;
bankdagi schyotlarga doir muomalalar bo‘yicha pul va hisob-kitob hujjatlarini imzolash huquqiga ega shaxslar ro‘yxati.
Auditor (auditorlar guruhi) kassadagi pul mablag‘lari va kassa muo-malalarini hujjatlar asosida tekshirishni boshlashdan oldin, odatda, kas-sadagi naqd pullar, qimmatli qog‘ozlar va qat’i hisobot blanklarini tekshi-ruvdan o‘tkazadi. Bunda pul mablag‘larini hisobga olishga doir respubli-kamizdagi qonunlar va me’yoriy hujjatlarga asoslanish zarur.
Dostları ilə paylaş: |