Tamponaj qorishmalar. Neft va gaz quduqlarini, tonnellarni gidroizolyasiya qilishda, tog‘ jinslari yoriqlari va bo‘shliqlarini to‘ldirishda va boshqa joylarda tamponaj qorishmalar ishlatiladi. Bu qorishmalarni tayyorlashda maxsus tamponaj portlandsementi, agressiv muhitlarda esa sulfat muxitiga bardoshli portlandsement ishlatiladi.
Tamponaj qorishmalar juda tez qotuvchanlik xususiyatiga ega.
Rentgen nurlaridan himoyalovchi qorishmalar.Ular barit qumi (VaSO4) asosida tayyorlanadi. Mineral bog‘lovchi sifatida portlandsement va shlakli portlandsement ishlatiladi. Qorishma tarkibiga litiy, bor, kadmiy kabi engil elementlar qo‘shimcha sifatida kiritiladi. Barit qumining eng yirik donasi 1,25 mm katta bo‘lmasligi kerak. Qorishmaning
o‘rtacha zichligi 2200 kgm3 atrofida bo‘ladi.
Ular rentgen kabinalari va boshqa maxsus binolar devorlari va shiplarini suvashda ishlatiladi.
4. Quruq qorishmalar Keyingi yillarda mamlakatimizda va ayniqsa xorijda materiallar bozori qurilishda turli quruq qurilish aralashmalarining keng ko‘lamda qo‘llanishi evaziga yanada kengaydi. Ular asosan pardozlash xamda bino ichi va sirtidagi montaj ishlarida qo‘llaniladi (g‘isht terishda, fasadlarni pardozlashda, pollarni barpo etishda). Quruq aralashmalarga kiruvchi sement-oxakli aralashmadan iliq va uncha sovuq bo‘lmagan xaroratlarda foydalaniladi (muzlashga qarshi qo‘shimchalar bilan birgalikda), suvoq uchun ishlatiladigan gipsli quruq; aralashmalardan panelli uylarni restavratsiya qilishda, quyma ravishda tiklanadigan binolar va boshqa shunga o‘xshash ishlarda foydalaniladi. Gipsli quruq aralashmaning sarflanishi taxminan
80 m2/t ni tashkil etadi.
18.3-rasm. MZS-10 quruq aralashmalar ishlab chiqarish kichikzavodining texnologik sxemasi 1-greyferli yuklagich; 2-vibrogroxot (tebranuvchi sig‘im); 3-shnekli shimdirgich; 4-lentali konveyer; 5-“groxot” bilan birgalikda barabanli quritgich; 6,7,19-vertikal shneklar; 8-elevator; 9-tebranuvchi elak (vibrosito); 10-mayda qum bunkeri (0-1,4mm); 11-yirik qum bunkeri (1,42,8mm); 12,14-vintli shimdirgichlar; 13-bog‘lovchilar (sement, ohak) saqlanadigan omborxona; 1,5-plastifikatsiyalovchi qo‘shimchalar dozatori (ulushlagichi); 16-muzlashga qarshi qo‘llaniladigan qo‘shimchalar ulushlagichi (dozator); 17-ulushlagich (dozator); 18-aralashtirgich; 20-qoplaydigan mashina; 21-lentali konveyer; 22-tayyor aralashma sig‘imi; 23-tayyor aralashma bunkeri.
Bundan tashqari amaliyotda turli quruq aralashmalar kombinatsiyalashgan holda qo‘llanilinadi, masalan: devor va pollarni koshin (kafel) plitkalar bilan elimlab qoplashda va turli xildagi shpatlevkalar tayyorlashda. Quruq elimli aralashmalar keng assortimentda, xususan Podolsk tajriba sement zavodida ularning xilma-xil turlari ishlab chiqariladi. Bundan tashqari quruq aralashmalarning kichik zavodlarda ishlab chiqariladigan boshqa texnologiyalari ham mavjud, masalan: MZS -10 (18.3-rasm) va boshqalar.
Quruq aralashmalardan, masalan "Plitonit" yuqori adgeziya va qovushqoqlik, vertikal devorlardan oqib tushmaslik, muzlashga bardoshlik xossalariga ega. Ularni ishlab chiqarishda Pikalev zavodining M-400 va M500 markali sementidan jinsliligi va tarkibining bir xillik darajasi yuqori bo‘lgan, fraksiyasi 0,6mm gacha bo‘lgan kvars qumi, Waken va Dow organik qo‘shimchalardan foydalaniladi. Bu organik qo‘shimchalardan chet el firmalari ham keng ko‘lamda foydalanishadi. CHet el shpatlyovkalaridan bizda Fransiyaning "Semin" va Finlandiyaning "Lox’ya" firmalariniki keng ishlatiladi. Quruq aralashmalarning to‘g‘ri tanlanishi va to‘g‘ri qo‘llanishi qurilish ishlarini tezlashtiradi va ularning sifatini oshiradi.