Din asta-sekin o’z mavqeini yo’qota bordi. Omma dindan uzoqlasha bordi,
shaharlar kengaya bordi. Ularning shiddat bilan o’sib, rivojlanishi mayda
hunarmandchilikdan manufakturaga o’tishga sabab bo’ldi. Bu shaharlarda savdo-
sotiq shu darajada rivojlandiki, dengiz orqali dunyoning
boshqa burchaklari bilan
savdo qilishga talab kuchaydi. Yangi qit’alar kashf qilindi, bu voqealar insonlar
tafakkuri va hayotga bo’lgan munosabatlarida tub o’zgarishlar yasadi. Bu davrdagi
taraqqiyot jarayoni shiddat bilan o’sdi, uning natijasida yangi san’at va yangi
madaniyat dunyoga keldi. Mamlakatlar orasida madaniy hayotdagi yangiliklar tez
tug’ildi.
Bu taraqqiyot davri Evropa madaniyati tarixida “Uyg’onish davri” deb nom
oldi. Bu iborani ilk bor italyan rassomi va san’atshunosi Jorjo Vazare tomonidan,
Jotto ijodiga nisbat berib aytilgan eti. O’rta asrlar davridan so’ng san’at va
adabiyotdagi markaziy e’tibor insonga uning ijtimoiy hayotida tutgan o’rniga
qaratilganligi, uning “uyg’onishligini” belgisi edi.
Keyinchalik keng mazmun kasb etgan bu
ibora Italiyadan tashqari
Evropaning boshqa mamlakatlariga ularning feodalizm davridagi keyingi san’at va
madaniyatlarini ta’riflashda boshlandi.
Uyg’onish davrida italiya san’ati va madaniyati uzoq davom etgan, o’z
harakatlarini to’liq namoyon etib, qator taraqqiyot bosqichlarini boshidan kechirdi.
Bu quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Uyg’onish davri arafasi - protorensans (XIII-XIV asrlar)
2. Ilk uyg’onish davri - (XV)
3. Yuqori uyg’onish davri - (XV asrning 90 yillari - XVI asrning 20-30
yillari)
4. So’nggi uyg’onish davri - (XVI asrning II yarmi)
Albatta bu davr barcha Evropa malakatlarida turlicha kechdi. Masalan,
Germaniya so’nggi uyg’onish, Niderlandiya esa yuqori uyg’onish davrini
boshlaridan kechirdilar. Uyg’onish davri insoniyat taraqqiyotidagi muhim davr,
muhim bosqich, ya’ni insoniyat o’z boshidan kechirgan o’zgarishlar ichida eng
buyuk progressiv o’zgarish edi. Natijada ular chin ma’noda xalqchil asarlar
yaratdilar, xalq
ommasining orzu-istaklarini, his-tuyg’ularini ifodalab chiqdilar,
ilg’or gumanistik g’oyalarni ko’tarib chiqdilar. Shu boisdan ham bu davr
gumanizm asri, deb nom oldi. Bu lotinchada insoniylik, insonparvarlik, degan
ma’noni bildiradi. Uyg’onish davri madaniyati
antik dunyo madaniyatidan
ilhomlandi, Antik dunyo yodgorliklarini qunt bilan o’rgandi, ulardan ta’sirlandi.
Antik dunyo yodgorliklarining Italiyada ko’plab saqlanib qolganligi bunga juda
yaxshi imkon yaratdi. Lekin antik san’atdan farqli ravishda ular qullar sajda qilgan
xudolar deb ulardan shu yo’sinda emas, balki o’z fikrlarini, his-tuyg’ularini,
tushunchalarini ifodalashda foydalandilar. Go’zallik va garmoniyani real
voqelikdan qidirish, real voqelikdan keng foydalanish shu davr taraqqiyotining
mezonini belgiladi. O’ayot real hodisa deb tan olindi. San’atkorlar
real voqelikni
tasvirlashda yangi qonun va qoidalar izladilar. Asarlar ta’sirchanligini oshirish
maqsadi ko’p sohalar bilan hamkorlikda ishlashni taqozo etdi. Perspektiva,
rangshunoslik, soya va yorug’, odam anatomiyasi va shunga o’xshash sohalarda
katta yutuqlar qo’lga kiritildi.
Me’morchilik va amaliy san’atda yangi tendentsiyalar rivojlandi. Shu bilan
birga qadimgi an’analar o’zlashtirilib, ular yangi mazmun bilan boyitildi. Unda
yangi konstruktsiyalar vujudga keldi. Ibodatxonalar bilan bir qatorda ko’p qavatli
va shinam binolar qad ko’tara boshladi. Binolarning tashqi va ichki ko’rinishlarini
bezash, ular ichidagi fazoni tashkil qilish masalasida ancha yutuqlarga erishildi. Bu
qilingan ishlar keyingi Evropa san’atida ko’proq ahamiyatga ega bo’ldi. Uyg’onish
davrining o’ziga xos tomonlari protorenesans davrida dastlab italiya rangtasvirida
o’zini namoyon qildi. Ijodkorlar diniy mavzuda ishlangan
devoriy suratlarda
realistik mazmunni ilgari sura boshladilar. Insonlar orasidagi munosabatlar,
muhabbat, olijanoblikni, razillik, xudbinlikka qarshi qo’ya boshladilar, voqelikning
real tasvirini yaratishga harakat qildilar. Ularning asarlarida uyg’onish davri
realizmining o’ziga xos tomoni hayotiy muammolarni ko’pincha diniy niqob
ostida, diniy mifologik obrazlar orqali berish hollarini uchratamiz. Uyg’onish davri
san’atkorlari ijodida insonlar hayoti, inson baxt-saodat yaratuvchisi va ozodlik
uchun kurashchi ekanligi asosiy mavzu bo’lib qoldi. Insonni o’z asarlarida shunday
kuylagan san’atkorlardan biri, ilk uyg’onish davrining yirik vakili Donatello bo’ldi.
Uning “David” deb nomlangan haykali uyg’onish davrida
birinchi marta libossiz
holda tasvirlangan haykal bo’ldi. “Otdagi Gattamellatti” haykali esa jamoatchilikka
manzur bo’lgan insonni ulug’lash yo’lidagi birinchi otliq haykal edi. Insonni
kuylash, uning qahramonligi, aql-zakovatini ulug’lash uyg’onish davrida portret
san’atining qaytadan tug’ilishiga olib keldi. Portret san’atida ifodalanadigan
insondagi nozik his-tuyg’ular o’zining butun borlig’i bilan uyg’onish davrining
buyuk san’atkorlari
Leonardo da Vinchi, Rafael Santi, Mikelanjelo, Titsian,
Djordjone ijodida o’z ifodasini topdi. Ona, onalik mehri ulug’landi. Bu o’rinda
Leonardo da Vinchining “Madonna»si va mashhur “Mono Liza” portretini, Rafael
Santining “Sikstin Madonnasi”, Mikelanjeloning haykallari va devoriy suratlarini,
Titsiannnig inson jismoniy go’zalligini tarannum etuvchi polotnolarini eslatmay
o’tish mumkin emas. Bu asarlar renessans davri kishilarining ideali o’zining to’liq
obrazli talqinini topdi. Uyg’onish davrida me’morlik va dekorativ amaliy san’at
borasida ham katta yutuqlarga erishildi. Shu davrning yirik me’morlari F.
Brunelleski, Leon Alberti ijodida o’z ifodasini topdi. Ular yaratgan asarlar Evropa
me’morligi san’atining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Ular me’morlik
san’atiga albatta katta hissa qo’shdilar.
Shu bilan birga Germaniyada ham bu davrlarda renessans davri san’atining
yirik vakillari yashab ijod qilishgan. Bular ichida Albrext Dyurer ijodi alohida
o’rin tutadi. U o’z ijodida nemis san’atida erishilgan yutuqlarga tayanib, unig yangi
realistik yo’lini boshlab berdi. U ajoyib grafik, gravyura ustasi, manzara, portret va
boshqa janrlarda ajoyib asarlar yaratdi. Germaniya san’atida
Dyurer bilan bir
qatorda Lukas Kranax, Mattis Gryudvand, Gans Golbeyn kabi yirik rassomlar ijod
qildi. Gollandiya (Niderland) esa tasviriy san’atning yirik vakillari Rogir van der
Veyzen, Guyu van der Gus, Piter Breygel, Isronim Bosx Gollandiya san’atini
yanada yuqori pog’onaga ko’tardilar.
Dostları ilə paylaş: