jamiyatda sodir bo’dayotgan illatlarni ro’y rost ochishga harakat qildilar, xalqning
og’ir axvolini tasvirlab, turmush mashaqqatlari, odamlarni jismoniy va ma’naviy
mayib qilayotganligini achinish bilan aks ettirdilar. Bir qator san’atkorlar esa o’rta
asr afsona va obrazlariga murojjat qildilar.
Me’morlikda turli davr uslublariga taqlid qilish namoyon bo’ldi. Binolar
ko’rinish
jihatidan goh gotika, goh Xitoy motivlari, goh Rim me’morchiligini
eslatib turadi. Bu xususiyatlar tasviriy san’atda yanada ochiqroq ko’rinadi. Bu
davrda portret va karrikaturada, kitob grafikasida etuk asarlar yaratildi. Lekin katta
mifologik asarlarda, hayotiy-maishiy janrdagi kartinalarda g’oyaviylik yo’nalish
sustligi seziladi.
Vatanparvarlik ruhi bilan sug’orilgan realistik manzara janrida ingliz
san’atining yutuqlari namoyon bo’ldi. Ingliz realistik manzara janrining taraqqiyoti
akvarel rangtasviri rivoji bilan uzviy bog’liqdir. Ingliz akvarelchilari bu
texnikaning o’ziga xos xususiyatlarini namoyon etib, beg’ubor,
serzavq ingliz
tabiatining ajoyib ko’rinishlarini yarata oldilar. Ingliz manzara janrining
taraqqiyotida Noriche maktabining asoschisi Jon Krom (1768-1821) ta’siri,
ayniqsa sezilarli bo’ldi. Oddiy hayot go’zalligidan, tabiatning ulug’vorligi va
bitmas-tuganmas boyligidan hayajonlanish, ularni tasvirlashga intilish uning
moybo’yoqda ishlagan asarlarining asosini tashkil etadi.
19-asrga kelib, Germaniya madaniyati yuksaldi va u G’arbiy Evropadagi
ilg’or mamlakatlardan biri bo’lib qoldi. Gyote, Geyne, Betxoven,
Vanger kabi
buyuk san’atkorlar ham ana shu davrda yashab ijod etishdi. Gegelning falsafiy
qarashlari tizimi ham shu davrda vujudga keldi. Germaniyada adabiyot va musiqa
misli ko’rilmagan darajada rivojlangan bo’lsada, tasviriy san’at va me’morchilik
birmuncha orqada qoldi. Germaniya tasviriy san’atida romantizm, klassizm va 19-
asr o’rtalarida realizm yo’nalishlari o’zaro kurashda bo’ldi. Nemis romantizmi 18-
asr so’ngida klassizmga qarshi kurashda shakllana boshlagan bo’lib, uning
vakillari ilg’or g’oyalardan voz kechish, hayoliy timsol tasvirini va shaxsiy
kechinmalarini tasvirgashga chaqirdilar. Nemis romantizimidagi
bu qarashlar
xukmdor sinf tomonidan qo’llab-quvvatlandi. Albatta, nemis romantizmidagi
shaxsiy
kechinmalarni
ifodalashga
intilish
va
tasvirlanayotgan
voqea
ta’sirchanligini
oshirishga
intilish
mavjud
badiiy
shakllarni
yanada
mukammallashtirishga, klassizmning qotib qolgan uslub va metodlaridan
qutulishga imkoniyat yaratdi. Nemis romantizmining ilk ko’rinishi 19-asr birinchi
yarmida F.O.Runge, K.D.Fridrix ijodida o’z ifodasini topdi. Roamntiklar milliy
an’analarni qayta tiklashga da’vat etdilar. Ular ona yurt o’tmishini o’rganishga
e’tibor qaratdilar.
19-asrning 10-yillaridan boshlab, hayot haqiqatidan uzoqroq bo’lish, davr
ziddiyatlariga aralashmaslik bir guruh ijodkorlarning san’atga qarashlari uchun xos
xususiyat bo’lib qoldi. Ular o’rta asr diniy monumental rangtasvirini qayta
tiklashni maqsad qilib oldilar. Ilk uyg’onish davri san’ati an’analari ular uchun
namuna maktabini o’tadi. Bu guruhga a’zo rassomlar “nazareyts”, ya’ni “uzun
soch” degan nom bilan ataldilar.
19-asr nemis san’atida davrning ilg’or g’oyalari o’z
badiiy ifodasini
topganligini e’tirof etish kerak. Bu xususiyat portret va manzara janrida ayniqsa
sezilarli bo’ldi. Unda tabiatning ulug’vorligi, inson qalbi go’zalligi ulug’landi.
Frantsiya bu davrda ham Evropa madaniy hayotida etakchi o’rinni egalladi.
Bu erda demokratik harakatlarning o’sib borishi, 1830 yili sodir bo’lgan xalq
g’alayonlari davlat siyosiy tuzumini larzaga keltirdi. 1848 yildagi g’alayon
ishchilar sinfining katta kuch ekanligini ko’rsatdi. 1871 yilda tashkil topgan Parij
kommunasi ommaviy harakatining “buyuk namunasi” bo’ldi. Frantsiyada bo’lib
o’tgan bu voqealar Evropa mamlakatlarida ham milliy ozodlik harakatlarini
kuchayishiga olib keldi. Uning ta’sirida san’atda ham qator o’zgarishlar yuz berdi.
Bu jarayonlar ijtimoiy-siyosiy hayot bilan bog’liq bo’lib, ular ijodkorlar
dunyoqarashi shakllanishida muhim rol o’ynadi.
Onoro Dom’e (1808-1879). Ijodiy faoliyati davomida burjua tartiblariga
qarshi kurashgan Dom’e o’z asarlarida odamlar orasidagi samimiy munosabatlarni
ulug’ladi,
burjua parokandaligini, uning ikkiyuzlamachiligini tanqid qiladi,
tevarak-atrofga befarqlikni qoraladi. Dom’e o’z ijodini hajviy suratlar bilan
boshladi. Satirik portretlar, mavzuli kompozitsiyalar chizdi. “Qonun chiqaruvchilar
uyasi” (1834) uning shunday asarlaridandir. Unda deputatlarni palata majlisi
vaqtida tasvirlab, ularning har birining o’ziga xos qiyofasini ochib berishga harakat
qiladi. Tasvirlangan qiyofalarning hammasida umumiy o’xshashlik-atrofga
befarqlik, ma’naviy tubanlik, aqliy zaiflik ko’rinadi. Davlat arbobi degan oliy
nomga bularning hech qanday aloqasi yo’qligi ko’rsatiladi.
Barbizon maktabi. Milliy realistik manzara san’ati rivojida Parij yaqinidagi
Barbizon va
uning atrofiga yaqin erlarni, Fontenblo o’rmonini o’zlari uchun
sevimli maskanga aylantirgan rassomlar ijodi muhim rol o’ynaydi. Ular o’z
yurtlarining tabiatini kuzatish va uni chuqur o’zlashtirish asosida hajm jihatidan
katta bo’lmagan manzara janriga xos asarlarni yaratib, tabiat go’zalligini
ko’pchilikka ko’z-ko’z qilib, o’zlarining yurtga muxabbat va hurmatlarini
ifodaladilar. Ular manzara san’atida o’zlarining xis-tuyg’u va kayfiyatlarini ham
ifodalashga intildilar. Ular bevosita tabiat qo’ynida asarlar yaratdilar. “Barbizon
maktabi” iborasi ham shu er nomidan olingan. Bu ibora
frantsuz milliy realistik
maktab vakillarining 30-40-yillardagi ijodini ta’riflash uchun qo’llaniladigan bo’lib
qoldi. Bu maktab vakillari ijodiga xos xususiyat ona yurt tabiatini kuylash,
kishilarda unga nisbatan muhabbat uyg’otishga qaratilganligidandir. Uning asarlari
bevosita hayotning o’zidan olinganligi hamda kompozitsiya va koloritining tabiiy
hamda nur va havoga boyligi bilan o’ziga xoslik kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: