14 - Mavzu: XX asrning birinchi vа ikkinchi yarmida O’zbekiston san’ati
REJA:
Talabalarga ushbu mavzuni tushuntirish va tanishtirish. Etakchi rassomlar
ijodi bilan tanishtirish.
Adabiyotlar:
1. Oydinov N. Tasviriy san’at tarixidan lavhalar. Toshkent, O’qituvchi 1997 y.
(53-60)
MAVZUNING MATNI:
XX asr boshlarida O’rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi,
san’atda ham o’z ifodasini topdi. Buni dekorativ amaliy san’at asarlaridagi
kompozitsiyalarda, ularning syujet va motivlarida,
real hayotning tasvirlanishida,
voqe’likni ustalar tomonidan real tasvirlashga intilishlarida ko’rish mumkin.
Bunday o’zgarishlar rus va o’zbek me’morchilik san’ati an’analarining bir-biriga
yaqinlashishi va qo’shilishi natijasida paydo bo’lgan yangi uslublarda ham
namoyon bo’la boshladi. Realistik dastgoh san’ati maydonga keldi. Buni birinchi
bo’lib, XIX asrning 40-yillaridan boshlab O’rta Osiyoga kela boshlagan rus badiiy
maktabining talabalari boshlab berdilar. Bu borada rus rassomlari A.Karazin,
I.Kazakov, S.P.Yudin, R.Zommer, 1886 yilgi ko’rgazmada toshkentlik To’xta-
Sodiq Xo’jaevning alebastrdan yasagan ot va kiyik haykalchalarining qo’yilishi,
1915 yil bosmadan chiqqan S.Siddiqiyning “Ko’ro’g’li” epik poemasiga ishlangan
grafik illyustratsiyalarining yuzaga kelishi davr taqozosi edi. O’zbekistonda
san’atni targ’ib etish, ko’rgazmalar uyushtirish, muzeylarni milliylashtirish kabi
ishlar amalga oshirildi. 1918-20 yillarda Toshkent, Samarqand shaharlarida badiiy
maktablar ochildi. Ularga ko’plab mahalliy yoshlar jalb etildi. Bunda rus va boshqa
milliy rassomlar faol ishtirok etdi. Shu bilan birga o’zbek xalq san’atini o’rganish
orqali rassomlar haqiqiy milliy san’at
namunasini yaratishga, o’z asarlarida
davrning muhim voqealarini aks ettirishga harakat qildilar. Shunday rassomlardan
biri O.K.Tatevosyan bo’ldi. Korovinning shogirdi bilan bu rassom 1915 yil
birinchi bor O’zbekistonga keldi. Uning serjilo tabiati, boy me’morchilik
yodgorliklari yosh rassomni o’ziga mahliyo etdi. O’zbekistonda o’z ijodiy
izlanishlari uchun katta imkoniyatlar borligini his qilgan rassom o’qishni bitirgach,
butunlay O’zbekistonga ko’chib keldi va o’zining sermahsul ijodini boshladi, yosh
rassomlarga murabbiylik qildi. Uning ilk ijodidagi asarlar asosan Samarqandga
bag’ishlangan. Gavjum ko’chalar, noz-ne’matga boy bozorlar, choyxonalar
rassomning ko’pgina asarlarining mazmunini tashkil etdi. Xalq milliy san’at
namunalarini o’rgandi. Asarlarida O’zbekistonda bo’layotgan o’zgarishlarni,
odamlarning mehnatga bo’lgan munosabati badiiy ifodasini topa boshladi. O’sha
yillari O’zbekistonda bir qator iste’dodli rassomlar yashab ijod qilganlar.
Bular
ichida Farg’onada tug’ilib o’sgan Aleksandr Volkovning asarlari juda rang-barang
va falsafiy mazmunga boy. Voronejdan kelgan va butun umr Toshkentda yashab
ijod qilgan Usto Mo’min (Nikolaev) bir qator ajoyib nafis, lirik, shoirona asarlar
yaratdi. Davr kayfiyati, kishilarning hayotga bo’lgan yuksak munosabati uning
asarlarida o’zining haqiqiy poetik ifodasini topdi. Uning
shunday asarlari ichida
“Bahor”, “Bedanaboz”, “Do’stlik», «Muhabbat”, “Kuyov”, “Choyxonachi”
kabilardir.
O’zbekistonda samarali mehnat qilgan rus rassomlaridan biri Pavel
Petrovich Benkov edi. U o’zbek san’atining rivojlanishiga, milliy kadrlar etishib
chiqishiga katta hissa qo’shdi. U Buxoro, Xiva, Samarqand haqida juda ko’p
polotnolar ishlagan. Bular asosan yarim manzara va yarim maishiy janrda bo’lib,
ularda rassom kundalik xalq turmushini qadimgi nodir me’morchilik fonida ustalik
bilan tasvirlaydi. Ajoyib ayollar obrazini ham yaratadi. “Dugonalar”, “Dutorchi
qiz” deb nomlangan asarlar do’stlik mavzusida yaratgan yirik asarlaridir. 20-30-
yillardan boshlab milliy rassomlar ko’rina boshlandi. Ular o’zlarining dastlabki
asarlari bilan respublika badiiy ko’rgazmalarida
ishtirok etib, badiiy hayotni
yanada jonlantirdilar. Bu yillarga kelib san’at mavzusi kengaydi. Do’stlik, tinchlik,
mehnat go’zalligini kuylovchi asarlar yaratildi. Iste’dodli yosh rassom Bahrom
O’amdamiyning “Ish tugadi” deb nomlangan kartinasi shu davrda kishilar ongida
sodir bo’lgan o’zgarishlar o’z ifodasini topdi. Shu bilan birga Lutfulla
Abdullaevning “Yosh shoir uyidagi uchrashuv” deb nomlangan asar yoshlar
orasida san’at va ma’rifatga intiluvchi yoshlarning fazilatlarini
ochib berishga
bag’ishlangan. Bu yosh rassomlar O’zbekiston san’atining taraqqiyotiga salmoqli
hissa qo’shdilar.
Ikkinchi jahon urushi yillari o’zbek rassomlari uchun katta sinov bo’ldi.
Ular g’oyaviy jihatdan chiniqdilar. Ular front g’alabasi uchun rag’batlantira
oladigan asarlar yaratishga harakat qildilar. Urush yillarida O’zbekistonga
evakuatsiya qilingan Moskva, Leningrad, Kiyev, Xarkov badiiy institutlari, ular
bilan birga kelgan etuk san’atkorlar - D.Moor, V.Favorskiy va boshqalar
respublika badiiy hayotini jonlantirishga ko’maklashdilar. Urush tugagach, tinchlik
yillari o’zbek san’ati ham o’z rivojlanishida yangi bosqichga qadam qo’ydi. Inson
go’zalligi, tabiat ulug’vorligi rassomlarimiz polotnosida o’z
ifodasini topa
boshladi. Bu urushdan keyingi yillarda yaratilgan A.Abdullaevning A.O’idoyatov
portreti, T.Oybek, L.Abdullaevning “Qahramonni kutib olish”, O’.Tansiqboevning
“Qayroqqum GESida tong”, R.Ahmedovning “Onalik o’ylari”, R.Timurovning
“Samarqand”, Yu.Elizarovning “O’zbekiston san’atkorlar guruhi portreti”,
N.Karaxonning “Oltin kuz”, V.Fadeevning “Soqchi ayol”, M.Saidovning
“Xirmonda”, Ch.Ahmarovning devoriy rasmlari va boshqalar o’zbek san’ati
tarixida o’zlarining munosib o’rnini egallaydi. Respublikamiz rassomlari bu
davrdan boshlab, barcha ko’rgazmalarda faol ishtirok etib, san’atimiz
ta’sirchanligini ortib borayotganini namoyish ettilar. Bizning rassomlar ko’plab
ko’rgazmalarda qatnashdilar. 60-70 yildan boshlab, o’zbek san’ati yangi
pog’onaga qadam qo’ydi. Bu davrda faqat keksa rassomlar ijodidagina emas, balki
yoshlar ijodida ham yangi ifoda vositalarini izlash, asarlarini
talqin etishda uning
emotsional tomoniga e’tibor berish kuchayganligi yaqqol ko’zga tashlandi. Buni B.
Boboev va R. Chorievlarning kartinalarida, T. Muhammedovning karikaturalarida,
F. Grishchenkoning, X. Xusniddinho’jaevning haykallarida ko’rish mumkin.
O’zbek san’ati zafarli yo’lni bosib o’tdi.
Dostları ilə paylaş: