haykaltaroshlik, ayniqsa, bo’rtma tasvir-relefdan foydalanish muhim o’rin tutadi.
Bu ishlarni rus ustalari chet eldan kelgan san’atkorlar bilan bajardilar.
18-asrning 2-yarmi va 19-asrning boshlarida Rossiyadagi iqtisodiy
rivojlanish, savdo-sotiqningo’sishi, fan va madaniyatdagi yutuqlar rus badiiy
san’ati rivojlanishiga ijobiy ta’sir qildi. Xalq amaliy va dekorativ san’ati ham
ravnaq topdi. Bu davrda rus san’ati dastlab, me’morchilikda shakllangan klassizm
uslubiga xos fazilat-shakl aniqligi, kompozitsiya soddaligi va simmetriyaga e’tibor
berdi.
Antik san’atga qiziqish va uning shakllaridan ijodiy foydalanishga intilish
rus amliy san’atida ko’proq rangli toshlarni o’yish, mebel,
chinni va shishalardan
yasalgan buyumlar yasash san’atida sezildi.
Xalq amaliy san’ati shu davrga kelib, yangi motiv va shakllar bilan boyidi
va o’zida davr ruxini ifoda etdi. Yog’och o’ymakorligi, rang naqqoshligi,
kulolchilik, o’yinchoqlar, tikish-bichish nafis yodgorliklari shu davrning boy rang-
barang badiiy hayotidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: