O’quv savollari.
1. O’zbekiston Respublikasi jinoiy qonunchiligining umumiy hususiyatlari.
2. Harbiy jinoyat haqida umumiy tushuncha va uning turlari.
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilayotgan harbiy
xizmatchilar Vatanni ishonchli himoyalash uchun halq tomonidan yuklatilgan
javobgarlikni chuqur his etadi. Askarlar harbiy mahoratini takomillashtirishda,
texnika va qurollarni egallashda, harbiy tayyorgarlikda ziyraklik bilan ish
qilmoqdalar. Lekin bizning armiya muhitida harbiy tartibni buzadigan ayrim harbiy
xizmatchilar uchrab turadi.
Ular o’zboshimchalik bilan xizmat joyidan ketib qolish, qismlarni o’zicha
tashlab ketish hollarini sodir qilmoqdalar, harbiy majburiyatlardan bo’yin
tovlaydilar, xujjatlarni soxtalashtiradilar ham.
SHuning uchun bu huquq buzarliklar bilan kurashish yoki oldini olish
harbiy qismda huquqiy tartibni mustahkamlashning sharoitlari yaratishning muhim
sharti hisoblanadi.
Davlatimizda, Harbiy qismda sodir etiladigan jinoyatlar bilan kurashish
amaldagi jinoiy qonunchilikka qat`iy mos ravishda amalga oshiriladi.
Jinoiy qonunchilik umum davlat qonunchiligidan iborat. Ularga O’zbekiston
Respublikasi jinoiy qonunchilik asoslari, sodir etilgan davlat jinoyatlariga jinoiy
javobgarlik tog`risida qonun va boshqa turdagi jinoyatlarga javobgarlikni
belgilaydigan qonunlar (pora olish, zo’rlash, bezorlik va mayda o’g`irlik qilish va
boshqalar).
Jinoiy qonunchilikning vazifasi O’zbekistoning ijtimoiy tuzilishini,
fuqarolarning iqtisodiy, mulki, shaxsiy, huquq va erkinliklarni jinoiy tajjavuzdan
himoyalashdir. Bu vazifani amalga oshirishda jinoiy qonunchilik tomonidan qanday
ijtimoiy havfli harakatlar jinoyat deb hisoblanishi va jinoyat sodir qilgan shaxslarga
nisbatan qollaniladigan jazo choralari qat`iy belgilab qo’yilgan.
Jinoyat Kodeksi umumiy va alohida qisimlardan iborat. Umumiy qisim
jinoiy qonunchilikning asoslariga muvofiq, jinoiy javobgarlikning umumiy nizom va
asoslarini belgilab beradi. Alohida qismning meyorlarida jinoyat sodir qilgan
shaxslarga nisbatan qo’llaniladigan jazo choralarining alohida turlari belgilab
qo’yilgan.
O’zbekiston fuqarosi va O’zbekiston Respublikasida fuqaroligi bo’lmagan
shaxslarning O’zbekiston Respublikasi hududida, shuningdek chet elda sodir qilgan
jinoyati uchun O’zbekiston Respublikasi jinoiy qonunlar bo’yicha, chet el fuqarolari
O’zbekiston Respublikasida sodir qilgan jinoyati uchun O’zbekiston qonunlari
bo’yicha javobgarlikka tortiladilar.
Harbiy hizmatdagilar davlat va umum jinoiy jinoyatlarini sodir qilganliklari
uchun davlatning boshqa fuqarolari bilan umumiy asosda, sodir qilgan harbiy
jinoyatlari uchun harbiy jinoiy javobgarlik to’g`risidagi qonun bo’yicha jinoiy
javobgarlikka tortiladilar.
Jinoyat va jazo harakatlari bu harakatlarni sodir qilish vaqtida amal qiladigan
qonun tomonidan belgilanadi.
31
Harakatning jazolanishi va jazoni engillashtirishini belgilaydigan qonun,
e`lon qilinmasdan oldin bo’lgan ishlarga ham joriy etilish kuchiga ega.
Harakatning jazolanishi va jazoni kuchaytirishni belgilaydigan qonun
bunday kuchga ega emas.
Jinoy javobgarlikka va jazolanishga jinoiy qonunlarda ko’rsatilgan qasddan
yoki ehtiyotsizlikdan ijtimoiy havf harakatlarini sodir etgan ayiblanuvchi shaxslar
tortiladi.
Qonunga muvofiq sud qarorsiz hech kim jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.
Jinoyat qonunida ko’rsatilgan jinoyat tarkibining hamma hususiyatlaridan iborat
ijtimoiy havf harakatlarining sodir etilishi O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi
bo’yicha ijtimoiy javobgarlikning yagona asosi bo’lib hizmat qiladi. SHaxs
harakatida jinoyat tarkibida hamma hususiyatlarning bo’lishi bu harakatni jinoyat
qonunining muvofiq keladigan moddasi bo’yicha belgilashga imkon beradi. Jinoyat
qonunida ko’zda tutilgan ijtimoiy tuzilishga, iqtisodiyot, mulkchilik, shaxs,
O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va erkinliklariga, shuningdek
huquqiy tartibga tajovuz qiladigan ijtimoiy havf harakatlaridir.
Jinoyat belgilari bo’lib, ijtimoiy havf harakatlar, huquqqa zid, aybdorlik va
harakatning jinoiy jazolanishi.
Ijtimoiy havf jinoyatning muhim moddiy belgisidir, u qonun tomonidan
himoyalanadigan manfaatlarga, ijtimoiy munosabatlarga ziyon keltirishdan iborat.
Jinoyat qonuni meyoriga muvofiq bo’lgan ijtimoiy havfga ega, jinoyatchi
shaxs – sodir etgan harakatining havfliligini anglasak va undan kelib chiqadigan
havfli asoratlarni oldindan ko’ra bilganda, bu harakatlar huquqqa qarshi harakatlar
bo’ladi.
SHahsni aybdor deb topishning muhim sharti bo’lib, uning o’z jinoyatlari
uchun qonun oldida javob bera olishi va ma`lum yoshga etganligi, jinoyat sodir
qilish vaqtida 16 yoshga to’lgan aybdor shahslar jinoiy javobgarlikka tortilishi
mumkin. O’z jinoyatlari uchun qonun oldida javob bera olmaydigan shahs deb,
ijtimoiy havf harakatini sodir etish vaqtida ruhiyatining nosog`lomligi tufayli o’z
harakatlarini tushunmagan yoki ularni boshqaraolmagan shaxs tan olinadi. Bunday
shaxsga nisbatan sudlar tomonidan tibbiy choralar qo’llaniladi.
Jinoyatni mast xolda sodir etish jinoiy javobgarlikdan ozod qilmaydi,
umumiy qoidalarga ko’ra, mastlik javobgarlikni og`irlashtiradigan holat deb tan
olinad.
2. Harbiy jinoyat haqida umumiy tushuncha va uning turlari. Harbiy jinoyat
deb, sodir etilganligi uchun qonun tomonidan jinoiy jazo qo’llanilishi mumkin
bo’lgan harakatlar tan olinadi.
Jinoiy jazo jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsga sud
tomonidan qo’llaniladigan majburiy davlat chorasidir. Jazo faqat sodir etilgan jinoyat
uchun jazolash emas, balki aybdor deb topilganlarni mehnatga halol munosabatda
bo’lish, qonunlarni aniq bajarish, demakratik tuzum qoidalariga hurmat ruhida
tuzatish va qayta tarbiyalash, shuningdek aybdorlar va boshqa shaxslar tomonidan
yangi jinoyatlar sodir etishning oldini olish hamdir. SHuni takidlash joizki,
jazolashda jismoniy azoblash, inson qadrini poymol qilish maqsad qilib qo’yilmaydi.
Jinoyat sodir etgan shaxslarga quyidagi jazo turlari qo’lanishi mumkin:
32
1. Asosiy ozodlikdan mahrum qilish, intizom bataloniga jo’natish (tezkor
hizmat harbiylari uchun), mehnat tarbiya muassasiga jo’natish, ozodlikdan mahrum
etilmasdan tuzatish ishlari, jamoatchilik ayblovi kabilarni qo’llash mumkin.
2. Mulkning qo’shimcha musodara qilish, harbiy unvon (maxsus unvon) dan
maxrum etish.
3. Ma`lum lavozimni egallash huquqidan yoki ma`lum faoliyat bilan
shug`ullanish huquqidan mahrum etish, jarima solish, lavozimidan bo’shatish,
etkazilgan ziyonning o’rnini to’ldirish vazifasini yuklash.
Jazolashning ayrim chorasi sifatida to’la bekor qilish yoki umrbod qamoq
jazosi qo’llaniladi. Bu jazo o’ta og`ir, xavfli jinoyatlar (Vatanga hiyonat qilish,
ayg`oqchilik, maqsad yo’lida odam o’ldirish, katta miqdordagi o’g`irlik va
boshqalar.
Ozodlikdan mahrum etish 6 oydan 20 yilgacha muddatga belgilanadi, og`ir
jinoyatlar qilganda e`sa qayta jinoyat sodir qiluvchi havfli shahslarga qonun
bo’yicha tayinlanadi
Bu jazo ahloq tuzatish kolloniyalarida, (AKT-umumiy, kuchaytirilgan, qat`iy
va alohida tartibdagi kolloniyalarda va ayrim hollarda qamoqlarda o’taladi. Balog`at
yoshiga etmaganlar (Ozodlikdan mahrum etilganlar) jazoni mehnat – ahloq tuzatish
kolloniyasida (MAK) o’taydilar. Kolloniya hukumida belgilanadi.
Jazoning barcha turlari Jinoyat Kodeksining me`yorlariga muvofiq
belgilanadi. Sud shaxsiy jazo belgilaydi. Sud sodir etgan jinoyatni ijtimoiy havf
darajasini, aybdor shaxsni, javobgarlikni engillashtiradigan va og`irlashtiradigan
holatlarini hisobga olib, jazo chorasini belgilaydi.
Amalda jinoiy qonunchilik jinoiy javobgarlikda jazodan ozod etish,
huquqining bajarilishini jazodan ozod etish, huquqning bajarilishini orqaga surish,
vaqtdan oldin shartli ozod etish va mehnatga jalb etish imkonini nazarda tutadi.
Harbiy hizmatdagilar davlat va umumiy jinoiy jinoyatlarni sodir etganlari
uchun O’zbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari bilan umumiy asosda jinoiy
javobgarlikka tortildilar. Harbiy hizmatdagilarning hizmatni o’tash tartibiga qarshi
sodir etgan jinoyatga javobgarlik O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi
tomonidan belgilanadi.
Jonoyat qonunchiligining umumiy nizomlari harbiy jinoyatchilikka to’la
ta`luqlidir.
Harbiy jinoyatlar deb, jinoyat kodeksida nazarda tutilgan harbiy
hizmatdagilar hizmatni o’tash davrida o’rnatilgan tartiblarga qarshi sodir e`tilgan
jinoyatlar, shuningdek, harbiyga majburlarning yig`ini vaqtida sodir etgan jinoyatlar
hisoblanadi.
Harbiy jinoyatning zarur sharti bolib O’zbekiston Respublikasi Harbiy
qonunda belgilangan hizmatni tartibiga qarsi harakatning yo’nalganligi hisoblanadi.
Harbiy hizmatchilarning shaxsiy hayoti va salomatligini xizmatdagilarning
masalalari odam o’ldirish, davlat va huquqiy mulkka qarshi sodir etilgan jinoyatlari
harbiy jinoyatlar qatoriga kirmaydi.
Harbiy jinoyatning bajaruvchisi bo’lib faqat harbiy xizmatdagilar, ya`ni
xizmatni o’tayotgan va Harbiy qonunda yig`inlarida qatnashish vaqtida harbiyga
majburlar bo’lishi mumkin.
33
Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan harbiy jinoyatlar hizmatni o’tash
tartibining barcha tomonlariga tajavuz qiladi, bu esa harbiy jinoyatlarni quyidagi
guruhlarga ajratish imkonini beradi:
A) Boysinish tartibiga va harbiy sharafga amal qilishga qarshi jinoyatlar.
Ularga bo’ysinmaslik, buyruqlarni bajarmaslik, boshqa qarshilik ko’rsatish, tahdid
qilish, qo’l ostidagilarni haqoratlash va nizom qoidalari bo’yicha o’zaro
munosabatlarining buzilishi.
B) Hizmatni o’tash tartibiga qarshi jinoyat, o’zboshimchalik bilan qism,
hizmatni o’tash joyini tashlab ketish, qochoqlik o’ziga ziyon etkazish yoki boshqa
yo’llar bilan harbiy hizmatdan bosh tortish, jangovar navbatchilikni o’tash
qoidalarini buzish, ichki navbatchilik qoidalarini buzish:
V) Harbiy mulkni saqlash va ishlatish tartibini buzish, harbiy mulkni
yuqotish yoki yaroqsiz holga keltirish, yo’q qilish yoki ziyon etkazish, qurol,
shuningdek havfli modda va buyumlarni qo’lash qoidalarini buzish, mashinalarni
qayd va ishlatish qoidalarini buzish, uchishga tayyorgarlik va uchish qoidalarini
buzish, kema boshqarish qoidalarini buzish.
G) Harbiy lavozim jinoyatlari lavozimni suv iste`mol qilish, hizmatga
ma`suliyatsizlik bilan qarash.
Bo’ysinish tartibiga rioya qilmaslik, eng og`ir jinoyatlardan biri hisoblanadi,
ya`ni boshliq buyurig`ni bajarishdan bosh tortish, qasdan buyruqqa boysinmaslik
O’zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 279 moddasida asosan ikki
yilgacha xizmat bo’yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan
jazolanadi agar o’sha qilmish bir guruh shahslar tomonidan sodir etilgan bo’lsa ,
og`ir oqibatlarga sabab bo’lsa – uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi. O’sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo’lsa – besh yildan
o’n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Buyruqni bajarmaslik (280-modda) buyruqni ehtiyotsizlik orqasida
bajarmaslik ko’p miqdorda zarar etkazilishi yoki og`ir oqibatlarga sabab bo’lsa ikki
yilgacha xizmat yuzasidan cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish
bilan jazolanadi. O’sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo’lsa besh yildan
o’n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Engillashtirilgan hollarda
intizom nizom qoidalari qo’llaniladi, boshliqqa qarshilik ko’rsatish (281- modda)
harbiy jinoyat sifatida boshliqqa shuningdek harbiy xizmat yuzasidan o’ziga
yuklatilgan vazifalarni bajarayotgan boshqa shahsga qarshilik ko’rsatish yoki uni
mazkur vazifalarni buzishga majbur etish 2 yilgacha xizmat bo’yicha cheklash yoxud
1 yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi. Bunday harakatlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo’lsa 5 yildan
15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Boshliqni qo’rqitish 282-
modda jangovar vaziyatda boshliqni o’ldirish yoki zo’rlik ishlatish bilan qo’rqitish,
bunday harakat amalga oshirilishi uchun etarli asoslar mavjud bo’lsa-3 yildan 5
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Badanga shikast etkazish.
Boshliqni do’pposlash badaniga engil yoki o’rtacha og`ir shikast etkazish u
harbiy xizmant yuzasidan o’z vazifalarini bajarganligi munosabati bilan yoki
bajarayotgan vaqtda sodir etilgan bo’lsa 3 yilgacha xizmat bo’yicha cheklash yoki 1
yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi. Badanga og`ir shikast etkazish bir guruh shaxslar tomonidan yoki
34
qurol ishlatib sodir etilgan bo’lsa 5 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi. YUqoridagi harakatlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo’lsa 10
yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Boshliqning o’z
vazifalarini bajarishda xizmat mavqeini suviste`mol qilishi, yoki vakolati doirasidan
tashqariga chiqishi harbiy xizmatchi yoki boshqa fuqarolarning huquqlari yoki
manfaatlariga jiddiy ziyon etkazilshiga sabab bo’lsa 3 yilgacha xizmat
Dostları ilə paylaş: |