35
buzilishida (297-modda)
shuningdek jang anjomlari, portlovchi, radioaktiv yoki
boshqa havfli moddalarni ishlatishda tan jarohatlari etkazilgan bo’lsa 2 yilgacha
xizmat bo’yicha cheklash yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi.
Odamlar o’limiga sabab bo’lsa, 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum
etiladi. Harbiy maxsus yoki transport mashinalarini boshqarish va ishlatish
qoidalarini buzilishi baxtsiz hodisalarga sabab bo’lgan bo’lsa,
jinoyat sodir etgan
shahslar jinoiy javobgarlikka tortilib, 2 yilgacha xizmat bo’yicha cheklash yoki 5
yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi.
Uchish yoki ularga tayyorgarlik qoydalarining buzilish, odamlarning nobud
bo’lishiga sabab bo’lgan kema boshqaruv qoydalarining buzganliklari uchun 5
yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hudud yaxlitligini himoyalash bo’yicha, suv va havo chegaralarini himoyalash
bo’icha O’zbekiston Respublikasiga favqulotda bostirib kirishni bartaraf etish
harbiy navbatchilik qoydalarining buzilishi eng havfli jinoyatlar qatoriga kiradi.
Bu jinoyat harbiy navbatchilik tartiblarining,
umumiy talablarining
buzilishidan iborat va 2 yilgacha xizmat bo’yicha cheklash yoki 6 oygacha qamoq
yoxud 1 yilgacha intizomiy tuzatish qismiga yuborish yoki 5 yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 22 sentyabr 1994 yilda O’zbekiston
Respublikasining yangi Jinoyat Kodeksi tasdiqladi, u 1995 yilning 1 apelidan kuchga
kirgan.
YAngi Jinoyat Kodeksi qonunchilik, fuqarolarining qonun oldida tengligi,
demokratiya, insonparvarlik, haqqoniylik asosida tuziladi va O’zbekiston
Respublikasi Konsituttsiyasiga, yosh
davlatimizning rivojlanish, maqsadlariga mos
keladigan asoslardan tuzilgan.
Dostları ilə paylaş: