Ma`ruzalar matni



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix07.01.2024
ölçüsü0,54 Mb.
#207835
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1685356218 (6)

 Adabiyotlar: 
1. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi 
2. Mudofaa to’g`risida O’zbekiston Respublikasi qonuni 
3. Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g`risida O’zbekiston
Respublikasi qonuni. 
4. Karimov I.A. Mamlakatning asosiy boyligi - tinchlik va quyosh. 1995. 
5. Axmedov R.U. O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari - tinchlik 
va barqarorlik kafolati. 1995. 


36 
Mavzu-6: 
Harbiy 
xizmatchilar 
va 
harbiy 
o’quv 
yiginlarga 
chaqirilganlarning huquqiy javobgarligi. 
O’quv va tarbiyaviy maqsadlar: 
1. Talabalarga harbiy xizmatchilarning huquqiy javobgarligi xaqida 
umumiy qoidalarni tushuntirish. 
2. Talabalarni harbiy xizmatga chaqirilganlarning intizomiy, ma`muriy va 
moddiy javobgarligi bilan tanishtirish. 
3. qonunlar, harbiy nizomlar, yo’riqnomalarni buzganlik uchun javobgarlik 
tuygusini tarbiyalash 
O’quv savollari va vaqt taqsimoti: 
1. YUridik javobgarlik xaqida tushuncha; 
2. Ma`muriy javobgarlikning xuquqiy me`yorlari; 
3. Intizomiy javobgarlikning xuquqiy me`yorlari; 
4. Harbiy xizmatchilarni moddiy javobgarlikka tortish uchun asoslar va 
uning tartibi. 
Xar qanday jamiyatning normal hayot kechirishi uchun tartib ijtimoiy 
munosabatlarning boshqariluv-chanligi zarur. Ularga insonlar hatti-harakati 
qoidalarini belgilovchi ijtimoiy me`yorlar yordamida erishiladi. Biroq bu me`yorlar 
faqat ularga amal qilganda ishlaydi. Ijtimoiy munosabatlar turli ijtimoiy me`yorlar 
bilan boshqarilishi bois (ahloqiy, udum va an`analar, tashkilotlar va huquqiy 
me`yorlar), ijtimoiy tashkilotlar oldidagi javobgarlik turlari, yuridik javobgarlikdan 
farq qiladi. 
YUridik javobgarlik - qonunlar va qonun asosida huquqiy hujjatlar 
talablarini bajarishga davlat majburlashining shakli. bo’lib huquqbuzar xatti-
harakatlarni davlat va jamiyat tomonidan qoralanishi va ma`lum, huquq me`yorlari 
bilan belgilangan, aybdor uchun nomaqbul oqibatlarni (yuridik sanktsiya) o’z ichiga 
oladi. YUridik javobgarlikning jamiyatdagi ijtimoiy ahamiyati uning davlatning 
huquqiy asoslaridan biri ekanligi bilan belgilanadi. Ayni shu holat yuridik - 
javobgarlik maqsadlarini belgilaydi: Umuman - O’zbekiston Respublikasida 
demokratik qurilish shartlarini huquqiy ta`minlash:
Huquq - tartibotni himoyalash va qo’riqlash.
Fuqarolar tarbiyasi va huquqbuzarlarni qayta tarbiyalash.
Ijtimoiy javobgarlikning boshqa shakllaridan farqli o’laroq yuridik 
javobgarlik huquq me`yorlari bilan boshqariladi. Uning mazmuni davlat tomonidan 
hokimiyat va boshqaruvning kompetent organlari orqali belgilanadi. U davlat 
tomonidan belgilangan sanktsiyalar (davlat majburlashi choralari) ni huquqbuzarga 
nisbatan qo’llashdan iborat, uni qo’llash huquqi faqat davlat organlari va mansabdor 
shaxslarga vakolati doirasida berilgan. Harbiy xizmatchilarning yuridik javobgarligi 
asoslari O’zbekiston Respublikasi umumiy harbiy xizmat, harbiy jinoyatlar uchun 
jinoiy javobgarlik to’g`risida qonunlari, harbiy qasamyod, nizomlar va boshqa 
qonuniy hujjatlar bilan belgilanadi.
Ulardan eng jiddiylarini ko’rib o’tamiz:


37 
1. Davlat tomonidan huquqbuzarliklarning maxsus doirasi (harbiy jinoyat, 
harbiy intizomni buzish va bochqalar.) belgilanganki, ularni sodir etganlik uchun 
faqat harbiylar va ularga tenglashtirilganlar javobgar bo’ladi.
Bu huquqbuzarliklar mazmuni: “harbiy jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik 
to’g`risida” qonun, O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari amaldagi nizomlarni 
harbiy xizmatchilarning davlatga etkazgan zarari uchun moddiy javobgarlik 
to’g`risida Nizom va boshqa me`yoriy hujjatlarda belgilangan. 
2. Harbiy xizmat munosabatlarida amal qiladigan shartsiz harbiy bo’ysunish 
tamoyili bilan bog`liq holda harbiylarning ayrim huquqbuzarlar uchun javobgarlik 
darajasi boshqa fuqarolarnikidan yuqoriroq.
Ma`muriy javobgarlikning xuquqiy me`yorlari; 
Masalan korxona rahbari buyurug`ini bajarmaslik uchun ishchiga ma`muriy 
chora ko’rilsa, shu kabi huquqbuzarlik harbiy xizmatchi uchun doir jinoyat sanaladi 
va jinoiy qonunchilik me`yorlari bo’yicha jazolanadi. 
YAkkaboshchilik tamoyiliga ko’ra komandir (boshliq)lar qo’l ostidagilarni 
yuridik javobgarlikka tortish bo’yicha maxsus vakolatlarga ega.
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari amaldagi nizomlarida 
komandirlar va boshqa boshliqlarning harbiy xizmatchilarni harbiy intizom va 
jamoat tartibini buzganlik uchun intizomiy javobgarlikka tortish bo’yicha huquqlari 
hajmi belgilab berilgan. 
3. Komandirlar (boshliqlar) hukmini qo’llash va harbiy xizmatchiga 
nisbatan qo’llangan yuridik javobgarlik choralarini bajarishning maxsus shartlari 
belgilangan.
4. Faqat harbiy xizmatchilarga nisbatan qo’llaniladigan alohida javobgarlik 
choralari belgilangan. Bularga navbatdan tashqari naryadga yo’llash, ko’krak 
nishonidan mahkum etish, harbiy unvonni pasaytirish, undan mahrum etish, 
sudlanganlarni jazo o’tash uchun intizomiy batalonga jo’natish va bochqalar kiradi. 
5. Ma`muriy huquqbuzarlik uchun intizomiy javobgarlik ehtimoli ko’zda 
tutilgan, ya`ni harbiylar uchun ma`muriy javobgarlikni qo’llash soxalari bir oz 
qisqartirilgan. 
6. Harbiy xizmatchi harbiy xizmat manfaatlarini ko’zlab berilgan buyuruq 
bo’yicha harakat qilsa, yuridik javobgarlikdan ozod qilinadi. Bu xususiyat harbiy 
qasamyod va nizomlarning so’zsiz harbiy bo’ysunishi haqidagi talablari bilan 
belgilanadi.
SHuningdek, harbiy xizmatchilar o’z harbiy majburiyatlarini bajarishdan 
iborat xatti-harakatlari oqibatlari uchun yuridik javobgarlikka tortilmaydi. Harbiy 
xizmatchini yuridik javobgarlikka tortish uchun faqat u sodir etgan huquqbuzarlik, 
ya`ni huquqqa zid, qonunda man etilgan xatti-harakati bo’la oladi. Bunga soqchining 
o’z ixtiyoriga ko’ra postdan ketishi, qurolni birovga berishi yoki noqonuniy qo’llash 
kabilar misol bo’ladi. YUridik adabiyotlarda va amaliyotda intizomiy, ma`muriy va 
moddiy javobgarlik shakllari farqlanadi harbiy xizmatchilarning intizomiy 
javobgarligi yuridik javobgarlik shakli sifatida O’zbekiston Respublikasi Intizom 
nizomida moddalar bilan belgilab qo’yilgan. U harbiy intizom va jamoat tartibini 
buzganlik uchun qo’llanadi.
2.Intizomiy javobgarlikning xuquqiy me`yorlari;
Harbiy xizmatchilarni intizomiy javobgarlikka tortish qoida va shartlari 
O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlarilarida belgilangan. Intizomiy nizomning 8-


38 
moddasiga ko’ra odatda, faqat bevosita boshliqlar intizomiy javobgarlikka tortishi 
mumkin, qaysiki harbiy xizmatchi unga loaqal vaqtincha bo’yinsinadi Intizomiy 
javobgarlik sub`ektlari harbiy xizmatchilar, o’quv yig`inga chaqirilgan harbiyga 
majburlar, muqobil xizmat xizmatchilari shuningdek zahira yoki iste`fodagi, ofitser 
va generallar, harbiy intizom yoki jamoatning tartibining xizmat kiyimida bo’lgani 
holda buzganligi uchun oladi. Harbiy javobgarlikni mustahkamlash uchun 
huquqbuzar xati-harakatidagi harbiy intizomiy tartib buzarlik, ya`ni harbiy intizom 
va jamoat tartibiga dahl qiladigan qonunga xilof, qasddan yoki ehtiyotsizlik 
oqibatidagi harakati yoki harakatsizlik mavjudligi asos bo’ladi.
Uning uchun O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari javobgarlik ko’zda 
tutilgan bo’lsa harbiy intizomni buzishning ayrim shakllari uni sodir etish 
sharoitlariga ko’ra harbiy jinoyat yoki intizomiy xatti-harakati bo’lishi mumkin.
Bunga qismdan ketishi va shu kabilar kiradi. Jinoiy javobgarlik to’g`risidagi 
qonun bu kabi xatti-harakatlarni yoki intizomiy harakatlar yoki harbiy jinoyat 
sifatida baholashni ko’zda tutadi. Harbiy intizomiy harakat (intizomni buzish) harbiy 
jinoyatdan farqli ravishda davlat va jamiyat qurilish asoslariga qarshi qaratilgan. 
Biroq qonun buzilishidan iborat, shu bois u ijtimoiy havfli, uni sodir etgan shaxs 
ijtimoiy javobgar bo’lishi lozim.
Bu intizomiy javobgarlik har bir intizomiy xatti-harakat uchun kelib chiqishi 
demakdir. Komandir (boshliq) harbiy xizmatlarga harbiy xizmat talablarini eslatish 
bilan cheklanishi, xatti-harakat muhokamasini ofitser, muddatli harbiy xizmatchilar 
sudiga topshirilishi mumkin. 
Intizomiy javobgarlik huquqbuzarga nisbatan intizomiy chora (sankstiya) 
qo’llangan vaqtda kelib chiqadi. Intizomiy jazo mavjudligi, masalan harbiy 
xizmatchiga navbatdagi harbiy unvon berilishi, o’qishga kirishga ruxsat etilishi. 
YUqori lavzimga tavsiya etish va shu kabilar to’siq bo’lishi mumkin. Bundan 
tashqari, ma`lum muddat ichida intizomni buzish takrorlangan ayrim hollarda yanada 
qat`iy chora ko’rishga olib kelishi mumkin.
4. Harbiy xizmatchilarni moddiy javobgarlikka tortish uchun asoslar va 
uning tartibi. 
Masalan, o’zboshimchalik bilan bir sutkadan kam vaqtga qismni tashlab 
ketish intizomiy tartibda jazolanadi, bu kabi harakatlar uch oy ichida takrorlansa 
jinoiy javobgarlikga tortiladi. Ma`lumki O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari
intizomiy choralar turlari belgilangan va konkretlashtirilgan, ularni tayinlash va ijro 
etishning aniq tartibi, mustahkamlangan, harbiy xizmatchini intizomiy javobgarlikka 
tortishda qonuniylik kafolatlari belgilangan. Faqat nizom talablarini aniq bajarish va 
ulardan istalgan chetlanishning oldini olish, intizomiy amaliyotning chora ko’rish 
izchilligi, ularning huquqbuzarlik xavf darajasiga mosligi kabi tamoyillariga amal 
qilish intizom kafolati bo’la oladi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin