Ma`ruzalar matni



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix07.01.2024
ölçüsü0,54 Mb.
#207835
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1685356218 (6)

O’quv savollari: 
1. Harbiy prokuratura faoliyatini tashkil etish, vazifalari va tamoyillari? 
2. Harbiy prokuratura faoliyatining asosiy yo’nalishlari va qoidalari? 
3. Jinoiy sud ishlab chiqarishi vazifa va tamoyillari? 
4. Qurolli Kuchlarda tergov olib borish? 
5. Harbiy sud jarayonini shahsiy tarkib ishtirokida o’tkazish? 
Tayanch so’zlar: 
Nazorat-tekshirish ma`nosida kuzatish. 
Protest - biror nimaga qat`iy e`tiroz. 
Olish-tintuv chog`ida olish. 
Gauptvaxta - harbiy xizmatchilarni qamoqda saqlash uchun joy. 
Surishtiruv - dastlabki ma`muriy tergov.
Adabiyotlar va o’quv qo’llanmalar.
1. Jinoyat kodeksi. 
2. Jinoyat protsesual kodeksi. 
3. O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi “qurolli Kuchlarida 
surishtiruv organlari ishini tashkil etish” derektivasi. 
Mavzu-8. Davlat mukofotlari, faxriy unvonlar va ko’krak nishonlari. 
O’quv tarbiyaviy maqsadlar. 
1. Talabalarga davlat mukofotlari faxriy unvonlari hamda ko’krak nishonlari 
to’g`risida nazariy bilim berish. 
2. Talabalarni davlat mukofotlari, faxriy unvonlariga nisbatan vatanparvarlik 
ruxida tarbiyalash. 
O’quv savollari. 
1. O’zbekiston Respublikasi mukofot tizimini yaratish. Davlat mukofotlari 
bilan taqdirlanishga taqdim etish tartibi. 
2. O’zbekiston Respublikasi va uning Qurolli Kuchlaridagi orden, medal, 
faxriy unvon va ko’krak nishonlari: 
3. Davlat mukofotlari bilan taqirlanganlarning burch va huquqlari. 


47 
Biz siyosiy barqarorlikga suvernitetga davlat ramzlariga, valyutamizga ega 
bo’ldik, xususiylashtirish borasida ham ma`lum yutuqlarga erishdik. Ishlab 
chiqarish, sanoat, qishloq xo’jaligini shakillantirdik, dunyo xamjamiyatida o’z 
o’rnimizga ega bo’ldik. 
Agar yosh davlatimizning eng muxim va ajralib turuvchi xusuisyatini 
aytadigan bo’lsak, biz o’ylanib o’tirmadik, biz harakat qildik. Biz irqi, dini, 
millatidan qat`iy nazar mamlakatimiz fuqorolari uchun huquq va burchlarini taqdim 
etdik. Bu huquq va burchlar O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o’z 
ifodasini topgan. 
Ichki siyosatning eng muxim printsiplaridan biri bu har bir insonga, 
korxonaga, tarmoqga o’z qiziq ishlarini amalga oshirish uchun qulay sharoitlar 
yaratishdir. 
Ijtimoiy, iqtisodiy siyosatni mustaxkamlashda O’zbekiston Respublikasi 
davlat mukofotlarini ta`sis etish muhim rol o’ynaydi. 
“Davlatimiz ramzlari o’zida o’zbek halqining shoninni, faxr-iftixorini, 
tarixiy xotirasini va intilishlarini aks ettiradi. Bu ramzlarni qadirlamoq-bu davlatda 
va o’zida shaxsiy faziltlarni va ishonchni mustaxkamlamoq demakdir. O’z vataniga 
sodiq inson oila va Vatan shuxratini yoyish uchun hech narsani ayamaydi” - 
.A.Karimov. 
Davlat mukofotlari bilan Respublikamiz rivojlanishi uchun o’z kuchini 
ayamagan, uni go’llab yashnashiga o’zining katta hissasini qo’shgan fuqorolar 
taqdirlanadi. Orden va medallar Gerb va Bayroq kabi “takrorlanmas, go’zal, nafis 
bo’ladi” va o’zida tarix, madaniyatini aks ettiradi, hamda Vatanga xizmat qilishi 
kerak. 
Har bir Oliy Majlis tomonidan qayd etilgan orden, medal va ko’krak nishoni 
o’z statusiga ega.
Statusda vatan oldidagi qurilish, mudofaa sohasidagi xizmat, mehnatdagi 
munosib xizmat va ishlab chiqarishdagi yuqori ko’rsatkichlari, hamda aniq qoidalar 
ko’rsatiladi.Orden, medall faxriy unvon va ko’krak nishonlari bilan alohida shaxslar 
(O’zbekiston Respublikasi fuqorolari va chet elliklar), korxona muassasa, tashkilot, 
shaxar, viloyat jamoalari, harbiy qismlar taqdirlanishi mumkin. 
Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlar qonunchilik tamonidan o’rnatilgan 
bir qator imtiyozlarga egadirlar. Mukofotlardan maxrum etish faqatgina Oliy Majlis 
tomonidan amalga oshirilib, sud xukmi yoki buzuq harakatlar asosida bo’lishi 
mumkin.
O’zbekiston Respublikasi va uning Qurolli Kuchlaridagi orden, medal, 
faxriy unvon va ko’krak nishonlari: 
O’zbekiston Respublikasi va uning Qurolli Kuchlaridaga ham orden, medal 
faxriy unvon va ko’krak nishonlari mavjud. Endi bu orden va medal bilan esa mana 
shu qisqa davr ichida ta`sis etilgan orden, medal faxriy unvon va ko’krak 
nishonlarini ko’rib chiqamiz. 
“Mexnat shuxrati” ordeni. 
“Mehnat shuxrati” ordeni bilan O’zbekiston iqtisodiyoti, madaniyati, halq 
farovonligini oshirishi, tinchlik va barqarorlikni saqlash borasida o’zining hissasini 
qo’shgan O’zbekiston Respublikasi fuqorolari taqdirlanadi. Mustasno hollarda esa 
O’zbekiston Respublikasi fuqorosi bo’lmaganlar ham “Mehnat shuxrati” ordeni bilan 
taqdirlanishi ham mumkin. 


48 
“Mehnat shuxrati” ordeni bilan taqdirlanganlarga qirq barobarli eng kam ish 
haqi ko’rinishidagi pul mukofoti beriladi va ular qonunchilik tomonidan o’rnatilgan 
ba`zi imtiyozlarga ega bo’ladilar. 
Taqdirlanuvchi shaxs vafot etgan bo’lsa Taqdirlanish to’g`risidagi xujjat va 
pul mukofoti uning oilasiga beriladi. 
“Mehnat shuxrati” ordeni bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ham
taqdirlangan. Taqdirlash to’g`risidagi qaror ommaviy axborot vositalarida e`lon 
qilinadi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentini “Mehnat shuxrati” ordeni bilan 
taqdirlash Oliy Majlis tamonidan amalga oshirilgan. 
“SHon SHaraf” ordeni.
Vatan himoyasi chog`ida jonbozlik va jasorat ko’rsatgan, mudofaa va milliy 
havfsizlikni mustaxkamlashda katta xizmat qilgan, Qurolli Kuchlarni jangovorligini 
oshirish va O’zbekistonda huquqiy tartibni ta`minlashda o’zxizmatini ayamagan 
shaxslar “SHon SHaraf” ordeni bilan taqdirlanadilar. 
Mustasno xollarda O’zbekiston Respublikasi fuqorosi bo’lmaganlar ham 
“SHon SHaraf” ordeni bilan mukofotlanadi. 
“SHon SHaraf” ordeni 2 darajadan iborat: 
1- darajali “SHon SHaraf” ordeni. 
2 -darajali “SHon SHaraf” ordeni. 
1-darajali orden oliy darajali hisoblanidi va 2-darajalidan keyin 1-darajali 
ordeni bilan taqdirlanish 3 yil interval bilan amalga oshiriladi. 
“SHon SHaraf” ordeni. O’zbekiston Respublikasi Prezidentini “SHon-
SHaraf” ordeni bilan taqdirlash Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. 
2-darajali “SHon SHaraf” ordeni bilan taqdirlangan kishilarga eng kam ish 
haqining 20 barobarida, 1-darajali “SHon SHaraf” ordeni bilan taqdirlanganlar esa 
eng kam ish haqining 40 barobarida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar. 
“SHon SHaraf” ordeni chap ko’krakga taqiladi. 
Taqdirlanuvchi shaxs vafot etgan bo’lsa esa, taqdirlanish to’g`risidagi xujjat 
va pul mukofoti uning oilasiga beriladi. 
“Sog`lom avlod uchun” ordeni.
“Sog`lom avlod uchun” ordeni bilan onalik va bolalikni muxofazasiga 
sog`lom avlodni o’stirishda moddiy va ma`naviy sharoitlarini yaratishga o’zining 
aloxida xizmatlarini qo’shgan shaxslar taqdirlanadi. 
“Sog`lom avlod uchun” ordeni ikki darajadan iborat. 
1-darajali “Sog`lom avlod uchun” ordeni va 2-darajali “Sog`lom avlod 
uchun” ordeni. 
1-darajali orden oliy darajali hisoblanidi va 2-darajalidan keyin 1-darajali 
ordeni bilan taqdirlanish orasidagi interval kamida 3 yil bo’lishi lozim. 
2-darajali “Sog`lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlanganlar eng kam ish 
haqini 25 barobarida, 1-darajali “Sog`lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlanganlar 
eng kam ish haqini 50 barobarida pul mukofotini oladilar. 1chi yoki 2chi darajali 
“Sog`lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlanganlar bir qator imtiyozlarga ega 
bo’ladilar. 
“Sog`lom avlod uchun” ordeni chap ko’krakga taqiladi. Taqdirlanuvchi 
vafotida esa taqdirlanish to’g`risidagi xujjat va pul mukofoti uning oilasiga beriladi. 
“O’zbekiston qahramoni”. 


49 
“O’zbekisoton qahramoni” unvoni - eng oliy mukofot xisoblanadi va Vatan 
oldidagi qahramonlik ko’rsatgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqarolikka 
ega bo’lmagan shaxslarga beriladi. 
“O’zbekisoton qahramoni” unvoni sof oltindan ishlangan bo’lib “Oltin 
yulduz” meldali, unvon va medal haqidagi guvoxnoma bilan beriladi.
“Oltin yulduz” medali Vatan oldida alohida xizmat qilgan yoki mehnat 
faoliyatida yuksak yutuqlarga erishggan shaxslarga beriladi. 
Medal bilan taqdirlanganlar eng kam ish haqini 60 barobarida pul ukofotini
ham oladilar va imtiyozlarga ega bo’ladilar. 
“O’zbekisoton qahramoni” unvoni bilan ikki marotaba taqdir-lanmaydilar. 
“Oltin yulduz” medali chap ko’krakga taqiladi. 
Taqdirlanuvchi o’limida “O’zbekisoton qahramoni” unvoni va pul mukofoti 
uning oilasiga beriladi. 
“Mustaqillik” ordeni. 
“Mustaqillik” ordeni bilan O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini 
mustaxkamlash va va bunyod etish, hamda tinchlik va ozodlikni ta`minlashga o’zini 
yuksak hissasini qo’shgan fuqarolar, ba`zida O’zbekiston Respublikasi fuqarosi 
bo’lmaganlar ham taqdirlanadi. 
“Mustaqillik” ordeni bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdirlaydi 
va bu ommaviy axborot vositalari orqali yoritiladi. 
“Mustaqillik” ordeni bilan taqdirlanish Vazirlar Mahkamasi, Oliy sud raisi, 
Konstituttsion sudi raisi Oliy xo’jalik sudi raisi, O’zbekiston Respublikasining bosh 
prokurori, Qoraqalpog`iston Avtonom Respublikasininig Juqori kengesi raisi, 
Toshkent shahri va boshqa viloyatlar xokimi taqdimi bilan ham amalga oshiriladi. 
“Mustaqillik” ordeni Prezident yoki Prezident nomidan Oliy Majlis raisi, 
O’zbekiston Respublikasi bosh vaziri tomonidan tantanali ravishda beriladi. 
“Mustaqillik” ordeni bilan taqdirlanganlar eng kam ish haqini 50 barobarida 
pul mukofotini va ular bir qator imtiyozlarga ega bo’ladilar. “Mustaqillik” ordeni 
o’ng ko’krakga taqiladi. 
“Do’stlik” ordeni 
“Do’stlik” ordeni bilan halqlar orasida do’stlikni mustaxkamlanishida 
O’zbekistonda halqlar o’rtasida hartomonlama do’stlikni rivojlanishiga o’z hissasini 
qo’shgan O’zbekistonda yashayotgan turli halq vakillari taqdirlanadi. 
“Do’stlik” ordeni bilan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmaganlar ham 
taqdirlanishi mumkin. 
“Do’stlik” ordeni bilan taqdirlanganlarga eng kam ish haqini 30 barobarida 
pul mukofoti beriladi va ular bir qator imtiyozlarga ega bo’ladilar. 
“Do’stlik” ordeni chap ko’krakga taqiladi. Taqdirlanuvchi shaxs vafotida esa 
ordeni va pul mukofoti uning oilasiga beriladi. 
“Jasorat” medali. 
“Jasorat” medali bilan O’zbekiston Respublikasi milliy havfsizligini 
ta`minlashda, jamoat tartibini saqlashda jinoyat bilan kurashishda o’z burchilarini 
oqilona bajarishda, katastrofa va ofatlar sodir bo’lganda jonbozlik ko’rsatgan 
fuqarolar, shu o’rinda harbiy xizmatchi, Mudofaa vazirligi, Ichki Ishlar vazirligi va 
Milliy Havfsizlik Xizmati organlari ishchilari taqdirlanadililar. 
Mustasno hollarda “Jasorat” medali O’zbekiston Respublikasi fuqarosi 
bo’lmaganlarga ham berilishi mumkin. “Jasorat” medali bilan taqdirlanganlarga eng 


50 
kam ish haqini 20 barobarida pul mukofoti beriladi, medal chap ko’krakga taqiladi.
“Jasorat” medalini Bosh Vazir, Mudofa Vaziri, Milliy Havfsizlik Xizmati 
raisi, I.I Vazirligi Qoraqalpog`iston Avtanom respublikasi Jug`ori kengesi raisi va 
viloyat, tuman xokimliklari tomonidan topshiriladi. 
“SHuhrat” medali. 
“SHuhrat” medali bilan iqtisodiyot fan, madaniyat, yosh avlodni vatan 
parvarlik ruxida tarbiyalash O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy rivojlanish soxalariga 
o’zini katta xissasini qo’shgan shaxslar taqdirlanadi.
Aloxida xollarda “SHuxrat” medali bilan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi 
bo’lmaganlar ham taqdirlanishi mumkin. SHuxrat medali bilan taqdirlanganlarga eng 
kam ish haqini 20 barobarida pul mukofoti beriladi, medal chap ko’krakga taqiladi. 
Ko’krak nishonlari va faxriy unvonlar mamlakat mudofaasiga va xo’jalik qudratini 
mustaxkamlashga qaratilgan ishlarni amalga oshirgan fuqarolar mukofotlanadi.
Faxriy unvon va ko’krak nishoniga quyidagilarni misol qilib kiritish 
mumkin: “Xizmat ko’rsatgan quruvchi”, Xizmat ko’rsatgan arxitektor, “Xizmat 
ko’rsatgan arxiolog”, “Xizmat ko’rsatgan shifokor”, “Xizmat ko’rsatgan neftchi”, 
“Xizmat ko’rsatgan artist” va x.k. 
Faxriy unvonlar vazirliklar, davlat komitetlari, jamoat boshqaruv organlari 
nomidan va buyurug`i bo’yicha beriladi. Faxriy unvonlar bilan mukofotlash chog`ida 
ko’krak nishonlari ham berilib, ular o’ng tomonga taqiladi.
3. Davlat mukofotlari bilan taqirlanganlarning burch va huquqlari. 
Qurolli Kuchlarda faxriy unvon va ko’krak nishonlari harbiy burchlarni 
bajarishda, jangovor tayyorgarliklarda o’zini a`lo ko’rsatkichlarda ko’rsatgan harbiy 
xizmatchilarga beriladi.
Ularga quyidagilarni misol qilish mumkin: “Qurolli Kuchlar a`lochisi”, 
“harbiy bunyodkorlik a`lochisi”, “Mohir mutaxasis”, sportda yutuqlarga 
erishganlarga “Sportchi askar” 1 va 2 darajali sportchi askar oltin ko’krak nishoni.
Qurolli Kuchlarda ko’krak nishoni quyidagilarga: xizmatni o’tash chog`ida 
a`lo ko’rsatkichlarga egabo’lgan, o’z mutaxassisligini yaxshi biluvchi, o’quv yilida 
namunali baholarga ega bo’lgan, ularga topshirilgan harbiy buyuriqlarni bajarishda, 
ishlashda yaxshi ko’rsatkichlarga ega bo’lgan intizomli jangchilarga, askarlarni 
o’qitishda, jangovor tayyorgarlikda va harbiy intizomni yaxshilash, hamda harbiy 
texnika va harbiy mulkni saqlash, ishlatish va parvarish qilish borasida yuqori 
ko’rsatkichlarga ega bo’lgan askar va serjantlarga beriladi. 
Qurolli Kuchlarda harbiy xizmatchilarni kiyimlarida turli xil harbiy xizmat 
turlarini bildiruvchi va harbiylarni unvonini ko’rsatuvchi belgilar mavjud. Bunday 
ajratuvchi belgilarga pogonlar, xalqalar, emblemalar, yulduzchalar, kantlar, 
lampaslar va harbiylarni jangda olgan jaroxatlarini ajratib turuvchi belgilarni kiritish 
mumkin. 
Davlat 
mukofoti 
bilan 
taqdirlanganlarning 
burch 
va 
huquqlari.
O’zbekiston Respublikasi medal va ordenlari bilan taqdirlanganlar bir qator 
imtiyozlardan foydalanadilar.
Bu imtiyozlarga quyidagilar: serjant va soldatlarga barcha transport (avtobus, 
trolleybus, tramvay, metro) tekin foydalanish (taksidan tashqari): uy-joy olishda 
imtiyozga: Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlariga konkurssiz kirish eng yuqori ballni 


51 
25% qo’shib berish, shifokor ko’rsatmasi bo’yicha tekin dori-darmon olish, 50% li er 
solig`ini to’lash va boshqalar. 
Davlat mustaqilligi-o’zbek xalqining tarixiy yutug`i hisoblanadi. 
Haqqoniy va odil jamiyat qurish uchun, avvalambor shu muqaddas tuprog`ida 
tug`ilgan, o’zini shu yurtning o’g`li yoki qizi deb xisoblovchi xar bir inson xalqi 
oldidagi burchlarni bajarishi lozim. Bu erda davlat belgilari, mukofotlari, unvonlari 
katta rol o’ynaydi.
O’zbek xalqi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bog`liq katta 
va qiyin masalalarni echish borasida jonbozlik bilan mehnat qilmoqda. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin