Suzishni yaxshi o‘rgangunga qadar kattalar nazoratidabo‘lgan ma’qul.
Toza, 20° darajadagi iliq suvda suzish lozim. Suzishmashqini oqar suvning ifloslanmagan yuqoriroq qismida ham o‘tkazish mumkin.
Oftobda qizib turib, sport yoki harakatli o‘yinlardan keyinterlab suvga tushib bo‘lmaydi.
Barcha suzish mashqlari maxsus ajratilgan joylardabajarilishi lozim.
Badanga titroq tursa, tezda suvdan chiqish, sochiq bilanartinish va kiyinib olish zarur.
Charchoq belgilari bo‘lganda suzish bilan shug‘ullanmagan ma’qul.
Darhol suvga kalla tashlash, to‘siqlar ortiga suzib o‘tishqat’iyan man qilinadi.
Yolg‘ondan „cho‘kyapman, yordam bering“, deyahazillashmang, oqibati yomon bo‘lishi mumkin.
Havzada o‘zini tutish qoidalarini bilish va unga qat’iy amalqilish zarur.
Suzishni bilmaganda o‘zini tutish
Birinchidan, o‘zini qo‘lga ololgan, bamaylixotir tutgan, og‘ziga suv kirib ketishidan saqlangan odam cho‘kmaydi. Buning uchun suv yuzasidan baland ko‘tarilish shart emas, faqat og‘iz suv ustida tutilsa yetarli.
Ikkinchidan, qanday bo‘lmasin, darhol qirg‘oqqa qarab intilish unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi. Avvaliga tanani suv ustida ushlab turishga imkon beruvchi uncha tez bo‘lmagan oyoq va qo‘l harakatlarini qilib ko‘rgan ma’qul. Suvda qat’iy turishning imkoni bo‘lmasa, qo‘llarni suvdan ko‘tarish va siltash mumkin emas. Faqat o‘zini qo‘lga olib va suvdan tayanch topib yordamga chaqirish zarur. Suv ostiga tushib ketmaslik uchun qo‘l harakatlarini to‘xtatmaslik kerak.
Suzish bilan shug‘ullanish uchun maxsus kiyimlar kiyiladi. Bunda boshqalarning kiyimidan foydalanish mumkin emas. Havza binosida rezina poyabzallar (slansi, tapochka) kiyib yuriladi — bu turli teri kasalliklaridan asraydi.
Suzishni bilmaydiganlar suvga ko‘nikish mashqlarini mustaqil yoki sheriklari bilan birga bajarishlari mumkin. Dastlab mashqlar beldan, so‘ngra ko‘krakdan keladigan suvda bajariladi (122-rasm).
Mashqlarni bajarish chog‘ida to‘g‘ri nafas olishga alohida e’tibor beriladi. Suv ostiga kirish, sho‘ng‘ish, suv yuzasida suzish paytida nafas olgandan keyin uni tutib turishga o‘rganish zarur, suvga kirgach, nafas chiqariladi.