Mashg‘ulot chog‘ida amal qilinadigan qoidalar Suzishni bilmaganda o‘zini tutish



Yüklə 1,97 Mb.
səhifə3/6
tarix26.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#102815
1   2   3   4   5   6
Suzish sport turlari qoidalari

122-rasm.

123-rasm.
Beldan keladigan suvda turib, qirg‘oq bo‘ylab qo‘l, oyoq, tana uchun turli harakatlar bajariladi: chapga, o‘ngga burilib qadam tashlash, suvda o‘tirib-turish va hokazo. Qo‘lni eshkak eshgandek qilib harakatlantirib yurish va yugurish.
Qirg‘oqqa qarab ko‘krakdan keladigan suvda oyoqlarni yelka kengligida qo‘yib, „kir chayish“ harakati mashqini bajarish. Nafas olishni kuzatish: nafas olmay 10 gacha sanash, so‘ngra turish (nafas olishni 15 — 20 soniya to‘xtatib turish). So‘ngra nafas olish, yuzni suvga botirib turish, suv ostida nafasni chiqarish va nafasni rostlash (123-rasm).
Nafas olib suv ostiga o‘tiriladi va nafasni uzoq chiqariladi. Suv ostidan chiqib yana chuqur nafas olib, o‘tiriladi va tizzalarni quchoqlab unga iyakni qo‘yiladi. Nafas chiqarmay, shu holatda suv tagida 10 — 5 soniya o‘tiriladi. So‘ngra suv betiga qalqib chiqqach, suvda teskari yotgan holda oyoq va qo‘llar uzatiladi va suv ostida nafas chiqarib turiladi. Shundan keyin suvga chalqancha yotiladi, oyoqlar bilan harakatlanadi, qo‘llar yuqori ko‘tariladi.
Ko‘krakda siljish. Suvga tushib, qirg‘oqqa qarab turiladi, chuqur nafas olinadi va suv tubida oyoq bilan harakatlanib, kaftlarni pastga qaratib, qo‘llar yoyiladi. Oyoq harakatlari bilan bog‘liq o‘sha mashqni bajarganda suvga yuz tuban yotilgan va gavda gorizontal holatda bo‘ladi. So‘ngra bir qo‘l oldinga cho‘ziladi, boshqasi songa tushiriladi, qo‘llar holati almashtirib turiladi.
Chalqancha suzish. Suvga tushiladi, qo‘llar yonda bo‘ladi, jag‘ ko‘krakka tegib turadi (nafas olinadi) va suv tubida oyoqlar bilan harakatlanib, chalqancha yotiladi. Suzganda bosh orqasi suvda yotishi, gavda gorizontal holatda bo‘lishi zarur. Qo‘l kaftlari bilan yuqoriga va pastga yengil harakatlar bajariladi.
Yotib suzish usullari (kuchukcha, baqacha, yonlama va boshqalar), shuningdek, qo‘lni suvdan chiqarmay, ko‘krakda qulochkashlab suzish, qisqa va eshkakli harakatli „brass“ usulida suzish, yuqoridagi qo‘lni chiqarmay, yonlama suzish va boshqalar shular jumlasidandir. Shundan so‘ng qo‘lni qulochkashlab va oyoqni siltash bilan bog‘liq suzish harakatlari bajariladi. Suzishning asosiy usullari
Qulochkashlab „ krol“ usulida suzish — eng tez va keng tarqalgan sportcha suzish usulidir. Uning keng tarqalishiga yana bir sabab, undan suv polosi, sinxron suzish, ochiq havzalarda suzishda foydalaniladi. Qulochkashlab ko‘krakda suzganda gavda gorizontal holatda, yuz suv yuzida bo‘lib, gavda erkin harakatlanadi. Oyoqlar erkin uzatilib bir tekis va tez navbatma-navbat balandga va pastga harakatlantiriladi. Oyoqning bir tekis, tinimsiz harakati harakat texnikasini yaxshi o‘zlashtirganlik belgisidir. Shuning uchun doimo taxta ustida yotib, faqat oyoqlarni harakatlantirib suzish tavsiya qilinadi (124-rasm).
Buning uchun qo‘llarni suv yuzida oldinga cho‘zib, navbatma-navbat harakatlantiriladi. Qo‘l yuqoriga chiqqanda tirsakdan biroz bukiladi, shunda tirsak kaftdan balandroq holatda harakatlanadi. So‘ngra u asta yana suvga botiriladi. Qo‘l suvga to‘la kirgach, uning harakati asta tezlashadi va suzish jarayoni eng yuqori nuqtasiga yetadi. Kaftlar suvni yaxshiroq ilib itarish uchun panjalar biroz bukilgan bo‘ladi. Shundan keyin yon


Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin