7
–
Allohning borligi va birligiga imon keltirish, ya’ni Allohning Qur’oni
karimda va Muhammad payg‘ambar hadislarida bayon qilingan barcha
ismlari va
sifatlariga imon keltirish.
– Ibodat qilish va sig‘inishga undan o‘zga loyiq zot yo‘q deb bilish, uning
barcha buyruqlarini qabul qilish va barcha qaytargan narsalaridan qaytish.
Qur’onning «al-Ixlos» (112-) surasida Alloh taoloning
yagonaligini shunday
ta’riflanadi: «Aytgin (Ey, Muhammad payg‘ambar): Alloh yagonadir, beniyozdir
(hech kim va hech narsaga muhtoj emas, balki barcha unga muhtojdir), tug‘magan,
tug‘ilmagan va uning tengi yo‘qdir» (Qur’on, 112:1-4);
–
farishtalarning borligiga imon keltirish.
– Farishtalar (
malo’ika) Allohning nurdan yaratgan, uning buyruqlarini so‘zsiz
bajaruvchi, uning amridan tashqari chiqmaydigan xos bandalaridir. Ulardan
Jabro’il (Jibril), Miko’il (Mikol) kabi buyuk farishtalarning nomlari Qur’onda zikr
etilgan. Jabro’il farishtaning vazifalaridan biri payg‘ambarlarga
Allohning
vahylarini etkazish bo‘lgan. Farishtalardan ba’zilari odamlar bilan doim birga
bo‘lib, ularning yaxshi va yomon ishlarini yozib boradilar. Qur’onda ular «
Kirom
kotibun» (
mukarram kotiblar) deb zikr etilgan (Qur’on, 82: 10-12). Bundan
tashqari,
tafsir kitoblarida Isrofil, Azro’il nomli farishtalarning ismlari qayd
etilgan. Qur’on va hadislarda farishtalar haqida juda ko‘p erda so‘z yuritilgan.
Ularga ishonish imonning shartlaridandir;
–
ilohiy kitoblarga imon keltirish.
– Alloh Muhammad payg‘ambarga Qur’onni nozil qilganidek, boshqa
payg‘ambarlarga ham kitoblar tushirgan. Ulardan bizga ma’lum bo‘lganlari:
Ibrohim payg‘ambarga «Sahifalar», Muso payg‘ambarga «Tavrot»,
Dovud
payg‘ambarga «Zabur» va Iso payg‘ambarga berilgan «Injil» kitoblaridir. Ulardan
boshqa payg‘ambarlarga yuborilgan kitoblar haqida Qur’on va hadislarda xabar
berilmagan. YUqorida nomlari zikr etilgan kitoblarning barchasi Qur’onda Alloh
tomonidan nozil qilingan deb ta’kidlanganligi sababli ularga shunday deb ishonish
imonning shartlaridan hisoblanadi. Islom ta’limotiga ko‘ra, oldingi ilohiy kitoblar
buzilib ketganligi sababidan Qur’on ularning ta’limotini tiklab kelgan;
–
payg‘ambarlarning haqligiga imon keltirish.
– Alloh insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish uchun payg‘ambarlar yuborgan.
Barcha payg‘ambarlar bir zanjirning bo‘g‘inlari kabidirlar. Qur’onda 25
payg‘ambarning nomlari zikr etilgan. Hadislarda payg‘ambarlarning umumiy soni
124 ming ekanligi bayon qilingan. Musulmonlar uchun ulardan Qur’onda nomi
zikr qilingan va zikr qilinmaganlarning barchasiga barobar imon keltirish shart;
–
Oxirat kuniga ishonish.
– Dunyoning ibtidosi bo‘lgani kabi uning intihosi ham bor. Islom ta’limotiga
ko‘ra, bu dunyo bir sinov maydonidir. Bu dunyoda qilingan savob ishlar uchun
mukofot, gunoh ishlar uchun jazo beriladigan oxirat hayoti mavjud.
Qiyomat
kuniga va oxirat hayotiga ishonish islomning asosiy g‘oyalaridan biridir;
–
taqdirga – inson boshiga tushgan yaxshiligu yomonlik Allohdan ekaniga
Dostları ilə paylaş: