Tasavvuf (sufizi) ta’limoti.
Tasavvuf – islomdagi mistikasketik oqimdir. Mistitsizm, mistika so‘zlari qadimiy
yunon tilidagi mystikos – «yashirin», «sirli» so‘zidan olingan bo‘lib, ilohiyat bilan
bevosita muloqot qilish mumkinligi haqidagi ta’limot. Bu ta’limot insonning Xudo
bilan aql va hissiyotdan yuqori bo‘lgan sirli aloqasi bo‘lib, uning natijasida insonda
Xudoni bilish hosil bo‘ladi.
Tasavvuf tariqatining shakllanishi. Tasavvuf (arab)ni so‘fiylik, sufizm deb
ham yuritishadi. Tasavvuf-islomdagi mistik-asketik hamda diniy-falsafiy oqim
bo‘lib, u VIII-asrda arab mamlakatlarida vujudga kelgan. Tasavvuf musulmon
mamlakatlarida ijtimoiy taraqqiyotning xususiyatlari bilan bog‘liq ravishda paydo
bo‘lgan. Uning shakllanishi va rivojlanishi uzoq tarixiy jarayonlar, murakkab
davrlarni qamrab oladi. SHuningdek, xalqlarning moddiy va ma’naviy merosida,
ijtimoiy va axloqiy hayotida katta iz qoldirib, juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
ijtimoiy hodisadir.
O‘zbek xalqi ma’naviy merosi va muqaddas qadriyatlarining katta qismini
islom ma’naviyati va milliy an’analar udumlar tashkil etadi. Diniy qadriyatlarning
manbalari esa Qur’oni karim, Hadisi shariflar, tavsirlar, shariat ahkomlarida o‘z
ifodasini topgan. Islomiy merosimizning muhim qismini irfoniy meros bo‘lmish
tasavvuf ta’limoti va qadriyatlari, xususan bu ta’limotning yo‘nalishi vatanimiz-
Turkistonda shakllanib, endilikda butun jahonga tarqalgan jahon ma’naviy
madaniyati, umuminsoniy qadriyatlari taraqqiyotiga juda katta hissa qo‘shgan uch
buyuk tasavvufiy tariqatlar: yassaviya, kubroviya va xojagoniya-naqshbandiya
irfoniya-tasavvuf tariqatlari tashkil etadi.
Tasavvuf ta’limotining asosiy mazmuni inson va uning xudoga
munosabatidir. YAni odamlarni halollikka, tenglikka, inson qadr-qimmatini erga
urmaslikka, barcha musulmonlarni teng bo‘lib yashashga chorlagan. Ayniqsa, bu
ta’limot boshqalarning kuchidan foydalanmasdan o‘z halol mehnati evaziga
yashashni talab qiladi.
Zohidlik asosiga qurilgan bu ta’limot hayotiy muammolar bilan bog‘liq
bo‘lgan ilohiy haqiqatga erishish bosqichma – bosqich amalga oshadi, degan
g‘oyani ilgari suradi. Bular 4 bosqichdan iboratdir. CHunonchi-shariat, tariqat,
ma’rifat va haqiqat. Har bir bosqichning murakkab talablari inson umrini tamomila
qamrab oladi. Ularning mazmuni quyidagicha:
12
shariat – islom marosimlarini, shariatning amaliy talablari, qonun-
qoidalarini bilish va ularga sidqidildan rioya qilish;
tariqat-so‘fiy tomonidan «vosil bo‘lish» uchun tanlangan yo‘l. Bu yo‘lni
tanlagan so‘fiy o‘z piri amallariga ergashgan holda nafsni tiyish, komillik yo‘liga
o‘tishga intiladi;
ma’rifat-so‘fiy tomonidan Allohni tanish va uni qalbdan bilishdir. Alloh
sifatlarini bilishga intilish borasida Allohni butun borliqning, mavjudodning
asoschisi, yaratuvchisi ekanligini bilishdir;
haqiqat-ilohiy haqiqatga erishishning yuqori bosqichi bo‘lib, unda so‘fiy
xudo vasliga etadi. Bu darajaga etgan sufiy avliyolik darajasiga etgan bo‘ladi.
1. Islom dunyosida tasavvuf ta’limotini shakllanishiga olib kelgan sabablar
nimalardan iborat?
2. YAssaviya tariqatining mazmuni nima?
3. Kubroviya tariqatining yo‘nalishi qanday?
4. Naqshbandiya tariqati va mazmuni haqida nima bilasiz?
Dostları ilə paylaş: |