MUHAMMAD (sav) (571-632) –islom dini asoschisi va payg‘ambari.
Musulmonlar e’tqodiga ko‘ra, Allohning oxirgi payg‘ambari va elchisi. Muhammad
ismiga “sallalohu alayhi vassallam” (sav) –“unga Allohning rahmat va salomi
bo‘lsin” deb salovat aytib qo‘shib qo‘yiladi.
2
Muhammad (AS) 40 yoshga to‘lgunga qadar ko‘pincha yolg‘iz ibodat bilan
mashg‘ul bo‘lar, o‘yga tolardi. 610 yilning ramazon oyida Hiro tog‘ining g‘orida
ibodat qilayotganida Allohdan Jaroil farishta vositasida birinchi vahiy tushadi va
Qur’oni Karimning “Alaq” surasining ilk oyati nozil bo‘ladi. “Mehribon va Rahmli
Alloh nomi bilan (boshlayman). (Ey, Muhammad, btun borliqni) yaratgan zot
bo‘lmish Rabbingiz nomi bilan o‘qing! U insonni lahta qondan yaratdi. O‘qing!
Rabbingiz esa karamli zotdir. U insonga qalam bilan (yozishni) o‘rgatgan zotdir. U
insonga bilmagan narsalarini o‘rgatdi.”
ISLOM (arab.-bo‘ysunish, itoat etish, o‘zini Alloh irodasiga topshirish)-jahonda
uch din (buddaviylik, xristianlik bilan bir qatorda)dan biri. Islom diniga e’tiqod
qiluvchilar arabcha “muslim” deb ataladi.
Islomning eng asosiy talabi hisoblangan kalimai shahodatda “La ilaha illallohu
Muhammadun Rusul-Alloh” (Allohdan o‘zga iloh, Muhammad uning
payg‘ambaridir), deb uqtiradi. Qur’oni Karimda Allohning yagonaligi va buyukligi
juda ko‘p bor Qur’oni Karimda ta’kidlanadi.
1
Islom tarixiga ko‘ra Qur’onning sura va oyatlari Muhammad payg‘ambarga
parcha-parcha tarzida vahy qilib borilgan; bu vahyning birinchi bayoni «Laylatur
qadr» kechasi boshlanib, ularning vafotlarigacha, ya’ni 23 yil davom etgan. Islom
dini, nur imon va hidoyatining boshlanishi bo‘lgan ana shu tun diniy an’ana
bo‘yicha hijradan 12 yil oldin ramazon oyining 27-kuniga o‘tar kechasi melodiy
hisob bilan 610 yilning 31 iyulidan 1 avgustiga o‘tar kechasi deb hisoblanib,
Qur’onni vahy qilinishning boshlanishi to‘g‘risida 97-«Qadr» surasida
ifodalangan. «Albatta Biz u (Qur’on)ni Qadr kechasida nozil qildik. (Ey
Muhammad) Qadr kechasi nima ekanini Sizga ne ham anglatur?! Qadr kechasi
ming oydan yaxshiroqdir?!» (97,1-3).
Islom manbalarida rivoyat qilinishicha, Muhammad payg‘ambar 40 yoshga
etganlarida, ya’ni 610 yili Makka shahri yaqinidagi Hiro nomli g‘orda yolg‘iz
qolib, ibodat bilan mashg‘ul paytlarida, farishta Jabroil (a.s.) ularga birinchi bor
Qur’on oyatlarini keltirganlar. Odatda Jabroil (a.s.) payg‘ambar Muhammad
(s.a.v.)ga oyatlarni o‘qib berar, ular yodlab olib, o‘z izdoshlariga etkazar edilar.
Ular ham o‘z navbatida shunday qilar edilar. O‘sha davrlarda mutlaqo ko‘pchilik,
shu jumladan Muhammad payg‘ambar ham o‘qish, yozishni bilmaganliklari uchun
yodlab olish u davrning birdan bir usuli bo‘lgan. Bu vahy melodiy yil hisobida 22
yil, hijriy esa 23 yil davom etgan. Oyatlarda odamlarning savollariga javob berib,
ularni to‘g‘ri yo‘lga etaklagan, yuz bergan hodisalarni talqin qilib berilgan. Biron
hukmning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekani bayon qilinabergan. Muhammad payg‘ambar
(s.a.v.) vafot etganlarida ularning safdoshlari Qur’onni yod bilganlar. O‘sha paytda
oz sonli kishilargina o‘qish-yozishni bilganlar. Savodli musulmonlar yozish
imkoni bo‘lgan narsalarga Qur’on oyatlarini aniqlik bilan yozib borganlar.
Islom ta’limotiga ko‘ra, oldingi ilohiy kitoblar buzilib ketganligi sababli Qur’on
ularning ta’limotini tiklab kelgan.
1
Қаранг: Ислом ҳуқуқи.Олий ўқув юртлари учун дарслик. Раҳманов А.Р, Раҳманов А.Р. –Тошкент: “ТДЮИ”
нашриёти, 2007, Б. 41.
3
Qur’oni karim – Alloh tarafidan 23 yilga yaqin muddat mobaynida
Muhammad payg‘ambarga oyatma-oyat, sura-sura tarzida nozil qilingan ilohiy
kitobdir. Bu kitob islom dinining muqaddas manbai hisoblanadi. Islom ilohiyot
maktablaridan biri ahl as-sunna va-l-jamoa ta’limotiga ko‘ra, Qur’on Alloh
taoloning so‘zi va uning azaliy ilmidir.
Qur’on islom huquqining bosh manbai sifatida tavsiflashda uning odamlar
shrtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi normalari orasida diniy-axloqiy
mo‘ljallar shakliga ega bo‘lgan va faqihlar tomonidan talqin qilish uchun keng
imkoniyat yaratadigan umumiy qoidalar ancha ko‘p ekanligini e’tiborga olish
zarur.
Qur’on
(arab.“al-Qur’on”-o‘qimoq,
qiroat
qilmoq;
jamlash)-
musulmonlarning muqaddas kitobi. Unda 114 ta sura bo‘lib, har birining o‘z nomi
bor. Ba’zi suralarning avvalidagi so‘zdan olingan, ba’zilarining esa, o‘sha surada
zikri ko‘proq kelgan narsalarning nomiga qo‘yilgan.
Qur’on matni sura va oyatlardan tashqari yana 30 ta «juz» (o‘zbekcha
«pora») larga bo‘lingan. SHuni aytish kerakki, pora sura va oyatlarga o‘xshab
Qur’onning ilk tuzilishi bilan bog‘liq emas, balki o‘qishda qulaylik tug‘dirish
uchun keyinchalik Qur’on matnini hajm jihatidan teng bo‘laklarga bo‘lishdan
iborat bo‘lgan. SHu sababli eng uzun 2-sura poradan ko‘proq bo‘lgani holda,
oxirgi qisqa suralardan 37 tasi bir porani tashkil etadi. Qur’on suralarining
xronologik nozil bo‘lishi, Makka davri Jami: 86 ta sura, Madina davri Jami: 28 ta
suradir.
Qur’oni Karimning oyat va suralari payg‘ambarimiz og‘zaki qabul qilinib,
yoddan talafuz qilinar edi. Qur’on matnini to‘plash va kitob shakliga keltirish
Payg‘ambar vafotidan keyin amalga oshirilgan.bu jihatdan payg‘ambarning oxirgi
vidolashuv xaji deb nomlangan nutqiga e’tiborni qaratish lozim. Payg‘ambarimiz
(sav) Arafotda 124 ming hojilar xuzurida olamshumul, mashhur xutbalarini
o‘qiganlar.
“Ey, insonlar so‘zlarimni diqqat bilan eshitingiz. Bilmayman bu sanadan keyin Siz
bilan bu erda yana bir bor birga bo‘lolmasman. Ey insonlar! Bu kuningiz (Qurbon
kuni) qanday muqaddas bo‘lsa, bu oyingiz qanday muqaddas bo‘lsa, bu shahrimiz
(Makka) qanday muqaddas bir shahar bo‘lsa, bilingizki jonlaringiz, mollaringiz
ham shu kabi muqaddasdir. Ularga qilingan har qanday tajovuz haromdir.
Ashobim! Hushingizni yig‘ib oling! Bilingizki, zinhor-bazinhor mendan
keyin eski adashuvga qaytib bir biringizning bo‘yningizni kesmang!
Ashobim! Eski johiliyat davridan qolgan hamma qon davolari batamom bekor
qilindi.
Ashobim! Kimning yonida bir omonat bo‘lsa uni egasiga qaytarib bersin!
Ey insonlar! Xotilarning haqlariga rioya etingiz. Ular bilan shavqat, mehr ila
muomalada bo‘lingiz. Ularning haqlari xususida Allohdan qo‘qingiz! Xotinlar
Tangrinig omonatidir.
“Sizlarga ikki narsani qoldiryapman, agar unga mahkam yopishsalaringiz, haq
yo‘ldan hech qachon adashmaysizlar. Biri Allohning kalomi, ikkinchisi mening
sunnatimdir”, degan muborak xadisni aytdilar. Bu omonat Allohning Qur’onidir-
4
deb aytilgan so‘zlarning qadri kun sayin oshib ketdi. Qur’on musulmonlar uchun
shu kungacha dasturamal bo‘lib kelmoqda.1
Birinchi sura “Fotiha”, ya’ni “Ochuvchi sura” deb ataladi. U etti oyatdan iborat:
“Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
Hamd olamlar Rabbi-Allohgakim,
U mehribon, rahmli
va jazo kuni (qiyomat)ning egasidir.
sengagina ibodat qilamiz va Sendangina yordam so‘raymiz!
Bizni shunday to‘g‘ri yo‘lga boshlaginki,
(u) Sen in’om (hidoyat) etganlarning yo‘lidir,
g‘azabga uchragan adashganlarning emas!”
Qur’onning birinchi bobini tashkil etuvchi bu oyatlar islom dunyosida eng
ko‘p zikr etiladigan so‘zlardir.
Qur’onning bosh mavzusi-Allohning yagonaligi. Qur’onda Alloh insoniyatga o‘z
ovozi va o‘z so‘zlari bilan murojaat etadi. U yo‘l ko‘rsatadi va yo‘lga soladi, avf
etada va jazolaydi, eslatadi va qo‘rqitadi. Lekin eng muhimi –U Mehribon (ar-
rahmon) va Rahmli (ar-Rahim)dir.
Qur’onning har bir surasi (bobi) “Bismillahir rohmanir rohiym”, ya’ni “Mehribon
va rahmli Alloh nomi bilan” degan so‘zlar bilan boshlanadi. Bu so‘zlar insoniyatga
Xudo rahmdillik ekanligini eslatib turadi.
Bismilloh, Bismillohir Rahmonir Rahim (arab.-“Mehribon va rahmli Alloh nomi
bilan)-islomda ko‘p tilga olinadigan, har bir niyat, ibodat va amaliy xarakat oldidan
aytiladigan oyat. Bu oyat musulmonning har bir xarakati Alloh nomi bilan
boshlanishi lozimligini bildiradi. Payg‘ambar (sav) har bir ish “Bismilloh” bilan
boshlanmas ekan, uning oxiri kesikdir” deganlar. YA’ni uning barakasi bo‘lmaydi,
oxiriga etmaydi deganidir. Qur’on tilovatida B.oldidan “A’uzu billohi
minashshaytonir rajim” (SHaytonning yomonligidan Allohdan panoh tilayman)
qo‘shib aytiladi.
Qur’onning birinchi nozil bo‘lgan surasi al-Alaq! Surasidir:
"(U) insonni laxta qondan yaratdi. O‘qing! Rabbingiz esa Karamlidir. U insonga
qalam Bilan (yozishni ham) o‘rgatdi. U insonga bilmagan narsalarini bildirdi.
Darhaqiqat inson xaddidan oshar. (Ey, inson!) Albatta, qaytish Rabbing
huzurigadir."_
Qur’onning, Qadr surasi-97-oyatida, “Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan
(boshlayman).
Albatta. Biz uni (Qur’onni “Lavhul-mahfuzdan birinchi osmonga) Qadr kechasida
nozil qildik.
5
(Ey, Muhammad!) Qadr kechasi nima ekanini Sizga ne ham anglatur?!
Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir.
U (kecha)da farishtalar va Ruh (Jabroil) Parvardigorlarining izni bilan (yil
davomida qilinadigan) barcha ishlar (rejasi) bilan (osmondan erga) tusharlar.
U (kecha) to tong otguncha salomatlikdir”2-deyilgan edi.
Oyatlar soni esa, Qur’on matnlarini taqsimlashning turli yo‘llariga ko‘ra, 6204 ta,
6232 ta, hatto 6666 tagacha belgilangan. Bu har xillik Qur’on nusxalarining bir-
biridan farqli ekanligini emas, balki undagi oyatlarning turli qiroat maktablarining
(ularning soni 14 dan ortiq) an’analari bo‘yicha turlicha taqsimlanganligini
bildiradi.
Qur’ondagi suralar o‘z mazmuniga yoki nozil bo‘lgan vaqtiga, ya’ni
xronologik tartibiga qarab emas, balki hajmiga ko‘ra – avval katta, so‘ng kichik
suralar tartibida Payg‘ambar vafotidan ancha keyin yig‘ib joylashtirilgan.
Suralarning hajmi ham har xil: eng katta hajmli ikkinchi surada 286 oyat bor
bo‘lsa, eng kichik suralar faqat uch oyatdangina iborat.
Muhammad payg‘ambar vafotidan keyin Qur’on kishilarning xotirasida va yozgan
narsalarida saqlanib qoldi.
Payg‘ambardan so‘ng musulmonlarga Abu Bakr boshliq etib saylandi.
Uning xalifalik davrida (632-634) mo‘minlar va murtadlar (dindan qaytganlar)
o‘rtasida shiddatli janglar (yuqorida eslatilgan Ridda voqealari) bo‘lib o‘tdi. Ushbu
janglarda Qur’onni to‘liq yod olgan ko‘plab qorilar halok bo‘ldilar. SHunda
bo‘lajak xalifa Umar ibn al-Xattob (634-644) Abu Bakrga: «Barcha qorilar shu
zaylda o‘lib ketaversa, Qur’on nuqsonli bo‘lib qolishi mumkin, shu sababli uni
jamlab kitob holiga keltirish zarur», - degan maslahatni berdi. Avvaliga Abu Bakr
ikkilanib turadi, chunki bu ish Payg‘ambar davrida qilinmagan edi. Bu hol bid’at
deb qabul qilinishi mumkin edi. Keyinroq Abu Bakr ham Qur’onni kitob shakliga
keltirib qo‘yish zarurligini anglab etdi va Zayd ibn Sobit ismli sahobani chaqirib,
bu ishni unga topshirdi. SHunday qilib, Zayd va boshqa qorilar mashaqqatli
urinishlardan keyin Qur’onni kiyik terisidan bo‘lgan sahifalarga yozib chiqdilar va
bog‘lab Abu Bakrning uyida saqlab qo‘ydilar. Bu jamlanma keyinchalik «as-Suhuf
al-Bakriya» – «Abu Bakr sahifalari» deb nomlandi. Abu Bakr olamdan o‘tgandan
keyin jamlanma Umar ibn al-Xattob uyida, u olamdan o‘tgandan so‘ng uning qizi –
Payg‘ambar ayoli Hafsada qoldi.
Vaqt o‘tishi bilan islom davlatida turli siyosiy guruhlar paydo bo‘ldi. Ular
o‘rtasidagi ziddiyatlar xalifa Usmon ibn Affon (644-656) davrida keskinlashdi. Har
bir guruh o‘z siyosiy da’volarini Qur’on orqali asoslashga urinar edi. Qur’onni
o‘qishdagi turli ixtiloflar bunga asos yaratar edi. Bu ixtiloflarni bartaraf etish
maqsadida xalifa Usmon ibn Affon Qur’onning yangi tahririni ko‘chirishga buyruq
beradi. Bu topshiriqqa binoan Zayd ibn Sobit barcha Qur’on qismlarini yig‘ib,
6
taqqoslab chiqib, qaytadan Qur’oni karim matnini jamladi. Qur’onning birinchi
rasmiy nusxasi 651 yilda xalifa Usmonga taqdim etildi. U asl nusxa hisoblanib,
undan yana uchta, ba’zi manbalarga ko‘ra ettita nusxa ko‘chirtirilib, arab askarlari
turgan yirik shaharlardan – Basra, Damashq, Kufaga jo‘natilgan. «Imon» deb
nomlangan asl nusxa esa Madinada xalifa Usmon huzurida qoldi. Ko‘chirilgan
nusxalar «Mushafi Usmon» deb ataldi.
1. Diniy manbalar deganda nimani tushunasiz?
2. Islomning asosiy manbalari nima?
3. Qur’onning mushaf qilish qachon, kimlar tomonidan boshlangan va qachon
tugallangan?
Qur’on suralari vahy qilinishining Makka va Madina davrlarini so‘zlab bering?
Dostları ilə paylaş: |