Mashg‘ulot turi: ma’ruza Mavzu: Islom dini va ta’limoti Mavzu rejasi


Islomda mazhablarning paydo bo‘lishi



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix02.06.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#123063
1   2   3   4   5   6   7
\'2 ìàúðóçà Èñëîì äèíè âà òàúëèìîòè

 
Islomda mazhablarning paydo bo‘lishi
Islomdagi bo‘linishlarning birlamchi zamini Muhammad alayhis-salom 
vafotlaridan boshlangan. CHunki musulmon jamoasiga endi kim boshchilik qiladi, 
degan masalada barchaning fikri bir xil emasdi. Bunga sabab musulmonlarning 
marhum yo‘lboshchisi tomonidan jamoaga keyingi rahbar kim bo‘lishi ochiq-oydin 
ko‘rsatilmaganida edi. Ammo Payg‘ambarga “xalifa” (o‘rinbosar) bo‘lishga 
sahobiy Abu Bakr Siddiq uchun alohida “ishora” bo‘lgani manbalarda qayd 
etilgan. Rasululloh vafotlari arafasida Abu Bakr Siddiqning namozda 
musulmonlarga imomlik vazifasini o‘tab berishga bergan ko‘rsatmalari yirik 
sahobiylar tomonidan mazkur “ishora” sifatida qabul qilingan edi. 
Ilk ikki xalifa davrida musulmonlar orasida birlikka erishilgan bo‘lsa, xalifa 
Usmon ibn Affon davriga kelib jamoa orasida fitnalar paydo bo‘ldi. 
To‘rtinchi xalifa bo‘lib saylangan payg‘ambar kuyovi Ali bilan SHom (Suriya) 
voliysi (gubernatori) Muoviya o‘rtasida shiddatli kurash ketdi. Muoviya Alidan 
uchinchi xalifa Usmonni o‘ldirgan kishilarni tutib berishni, agar shunday qilmasa, 
uni xalifa sifatida tan olmasligini bildirib xat yozdi. Usmonni o‘ldirishda 
qatnashgan kishilar Alini xalifa qilib saylanishida faol ishtirok etgan edilar. 
Bundan tashqari musulmon ummatining birinchi rahbaridan biror narsani talab 
qilish isyon bilan barobar edi. SHuning uchun Ali bilan Muoviya o‘rtasida Saffin 
degan joyda shiddatli jang 657 yilda ro‘y berdi. Alining to‘la g‘alabasiga bir bahra 
qolganda Muoviya hiyla ishlatib, jangni to‘xtatishni va masalani oqsoqollar 
kengashida hal qilishni talab etdi. Ali qon to‘kilishi oldini olish maqsadida bu 
taklifga ko‘ndi. Ammo oqsoqollar kengashi Muoviyani ham jangda mag‘lub 
bo‘lmaganligini e’lon qilib, uni SHomga rahbarligini tan oldi. Ali bunga rozi 
bo‘lsa ham, uning qo‘shinidagi askarlardan 12 ming kishi Alidan yuz o‘girib, 
uning qarorgohidan chiqib ketdilar va shuning uchun ular keyinchalik xavorij 
(tashqariga chiqib ketganlar) nomini oldilar. Ularning aqidasiga ko‘ra, siyosiymi 
yoki siyosiy emasligidan qat’iy nazar musulmonlardan birontasi og‘ir gunoh qilib 
qo‘ysa, u musulmonchilikdan chiqadi. Xalifani yagonaligini tan olmaslik ham og‘ir 
gunoh. Agar xalifaning o‘zi ham og‘ir gunoh qilib qo‘ysa, uni maqomidan mahrum 
qilish, hatto qatl etish ham shariat nuqtai nazaridan joiz bo‘ladi. Keyinchalik 
ulardan biri Aliga suiqasd qilib, uni o‘ldirdi. Xavorij oqimi o‘zining murosasizligi 
tufayli keyinchalik hukmdorlar tomonidan tor-mor qilinib, tugatildi. Ali shahid 
bo‘lgandan keyin uning tarafdorlari shia (partiya) mazhabiga asos soldilar, ya’ni 
hokimiyatga faqat payg‘ambar xonadonidan bo‘lganlargina haqlidir. Ularning 
aqidasiga ko‘ra, xalifa va imomni saylash xalq qo‘lida bo‘lmasligi lozim. 
Keyinchalik ular imomni xato va adashishlardan xoli bo‘lgan shaxs sifatida 
ilohiylashtirdilar.
. SUNNA, sunnat (arab. - odat, an’ana, xatti-harakat tarzi) - islomda musulmonlar 


10 
uchun ibrat hisoblangan Muhammad (sav)ning so‘zlari, amallari va xatti-
harakatlari. S. muhaddislar istilohida, quyidagacha ta’rif qilinadi: 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin