Mashinalarining turlari, vazifasi, tuzilishi va texnologik ish jarayonlari



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix19.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#157394
1   2   3   4   5   6   7
7-Amaliy mashg‘ulot 1-bosqich

 
 
B) Don ekish mashinalari 
Don ekish mashinasining asosiy vazifasi urug‘lik donni belgilangan 
miqdorda va chuqurlikka sifatli qilib ekishdan iborat.
Mamlakatimizda boshoqli don asosan sug‘oriladigan maydonlarda 
etishtiriladi.Buusulda ekiladigan erga o‘g‘it sepilib, plug bilan shudgorlanadi, tishli 
tirma va mola bilan ishlov berilib, sug‘orish jo‘yaklari olinadi va don seyalkasi 
bilan jo‘yaklar ustiga urug‘ ekiladi.
Agrotexnik talablar:

ekish chuqurligi (yer sharoitiga qarab), 2-6 sm; 


urug’larni ko’mish chuqurligi notekisligi, ko’pi bilan 
1 sm; ekilgan maydon 
bo’yicha urug’larni belgilangan me’yorga nisbatan notekisligi, ko’pi bilan
3%; 
ekkichlar orasidagi notekislik, ko’pi bilan 6%; bir gektarga g’alla ekish normasi 
60-250 kg/ga; ekish apparatlardagi urug’larning shikastlanish darajasi, ko’pi bilan
3% dan oshmasligi kerak. 
 
Urug‘larni pushta olingan dalalarga ekish ishlari 
diskli ekkichlar bilan 
jihozlangan DEM-3,6 rusumli don seyalkasi (34-rasm) yordamida bajariladi. 
Bu seyalka donli ekinlarni qatorlab ekishga mo‘ljallangan bo‘lib, uning 
asosiy qismlari rama 1, don bunkeri 5, don o‘tkazgich 2, ekkichlar 3, g‘altaksimon 
me’yorlagich 4, zanjirli ko‘mgichlar 6 dan iborat. 
 
 
34-rasm. DEM-3,6 don 
seyalkasini tuzilishi:
1-rama; 2-urug‘ o‘tkazgich; 
3- diskli ekkich;4-g‘altaksimon
me’yorlagich; 5-bunker;
6-zanjirli ko‘mgich. 
Seyalka harakatlanganda bunkerdagi 5 urug‘lar o‘z oqimi bilan ekish 
apparatlarining qabul kameralarini to‘ldiradi. Ekish apparatlarining g‘altaklari 4 
urug‘larni ilintirib, urug‘ o‘tkazgichga 2 tashlab beradi va urug‘lar diskli 
ekkichlarga 3 borib tushadi va yo‘naltirgichlar orqali ekkich disklari xosil 
qilayotgan ariqchalar tubiga qadaladi va zanjirli ko‘mgichlar 6 yordamida tuproq 
bilan ko‘miladi. 
Pushtalarga ekishda ekilgan urug‘larni ko‘mish pushta yuzasini qamrovchi 
maxsus zanjirli moslamadan foydalaniladi. Diskli ekkichlar egat o‘rtasidan 


pushtaga qarab o‘rnatilgan bois tuproq yuqoriga qaratib ag‘dariladi va uning pastga 
qayta to‘kilishi hisobiga urug‘larni ko‘milishi ta’minlanadi.Diskli ekkichlar 12 ta 
kalta va 12 ta uzun tortqichlarga bir-biridan 150 mm masofada shaxmat tartibida 
o‘rnatiladi. Ularning tuproqqa botish chuqurligi tortqich prujinalari yordamida 
sozlanadi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin