Mashinalarni loyixalash asoslari


-rasm. Temir-uglerod xolat diagrammasi



Yüklə 1,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/17
tarix18.04.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#99901
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
163578 (1)

5-rasm. Temir-uglerod xolat diagrammasi
dddiagrammasi 


Uglerod konsentratsiyasi perstektik reaksiya nuqtalarida quyidagicha bo`ladi: S"=0,1%, 
S”=0,16%, S"=0,51%. holat diagrammasida muvozanatdagi strukturaga binoan hamda kimyoviy 
tarkibiga ko`ra hamma hosil bo`layotgam temir uglerod qotishmalarini ikkita guruhga bo`lishi 
mumkin po`latlar va cho`yanlar. 
Po`latlar deb, tarkibida uglerod miqdori S<2,14% bo`lgan qotishmalarga aytiladi. 
Cho`yanlar deb esa tarkibida uglerod miqdori S>2,14% bo`lgan qotishmalarga aytiladi. Lekin
bunday bo`lishi albatta shartli, chunki ba'zi paytda po`latlarda 2,5% gacha uglerod bo`lishi 
mumkin. Po`latlarni muvozanatdagi strukturasiga qarab 3 ta guruh, evtektoid (perlit), 
evtektoidgacha (ferrit + perlit) hamda, evtektoiddan keyingi (perlit + sementit) po`latlarga 
bo`lishi mumkin. Cho`yanlarni ham muvozanatdagi strukturaga ko`ra 3 guruhga bo`lish 
mumkin. Evtetik (ledeburit) cho`yanlar evtektikgacha bo`lgan (A+L yoki P+L) cho`yanlar 
hamda evtektikadan keyingi cho`yanlar (L+S,). Albatta po`lat va cho`yan xossalarga birinchi 
navbatda uglerodni miqdori va uning temir bilan hosil qilgan fazalari katta ta'sir ko`rsatadi. 
Lekin temir uglerod qotishmalari murakkab qotishmalardir, chunki qotishmada temir va 


ugleroddan tashqari boshqa ko`p elementlar bor. Ular asosan doimiy qo`shimcha bo`lib, shartli 
ravishda zararli va foydali deb ikki guruhga bo`linadi. Zararli doimiy qo`shimchalarga fosfor, 
oltingugurt, azot, kislorod, vodorodni ko`rsatsak, foydali qo`shimchalarga marganets, kremniy, 
alyuminiy va boshqa metall qo`shimchalarni ko`rsatish mumkin. Foydali qo`shimchalar ferrit 
fazasimi mustahkamlash hisobiga qotishma mexanik xossalarini ko`taradi. 
Bolg`alanuvchan cho`yanlar. 
Biz yuqorida muvozanat holatidagi temir - uglerod qotishmalarini strukturasiga va kimyoviy 
tarkibiga ko`ra klassifikatsiyaladi. Aytdikki hamma temir uglerod qotishmalari uglerod 
miqdoriga qarab ikkita katta guruhga bo`linadi dedik. Demak cho`yanlarda uglerod miqdori 
2,14% ko`p bo`lar ekan. Lekin uglerod cho`yanlarda qattiq eritma holatida, kimyoviy birikma 
holatida hamda, sof - grafit holatida uchrashi mumkin. Sementit cho`yanga yaltiroq tus beradi. 
Shuning uchun asosiy uglerod strukturada kimyoviy birikma holatida bo`lsa, bunday cho`yanlar 
oq cho`yanlar deb ataladi. Agar uglerod cho`yanda sof - grafit holatida bo`lsa, bunday cho`yan 
rangi kulrang bo`ladi. Shuning uchun bunday cho`yanlarni nomini kulrang cho`yan deb ataladi. 
Lekin, uglerodni cho`yan strukturasida sof - grafit holatida bo`lishi uning mexanik xossalarini 
beqaror o`zgartiradi. Cho`yanlarda grafit xususiyatini parchalash natijasida paydo bo`ladi va 
asosan u ajralish yuzalariga yoyiladi. Demak, sementitni grafitga parchalash va grafit formasi 
cho`yan xossalari belgilaydi. Shuning uchun ajralish yuzalarida yoyilayotgan grafit formasi uni 
hosil q?ilish usullariga qarab mashinasozlik cho`yanlarini 3 guruhga bo`lish mumkin: kulrang,
yuqori mustahkamlikka ega bo`lgan sharsimon fafitli hamda bog`lanunchan cho`yanlar. Oq 
cho`yanlardagi sementitni sof grafitga parchalash protsessiga grafit hosil qilish protsessi deb
ataladi. Umuman olganda cho`yanlarda stabil faza - grafitni hosil qilish to`g`ridan-to`g`ri suyuq 
(qattiq) qotishmadan ajratish mumkin yoki sementitni yonida stabil grafit fazapi hosil qilinganda
temir-uglerod holat diagrammasida bir necha gradus temperatura farqi bilan faza o`zgarish
chiziqlariga parallel chiziqlar hosil qilinadi, ya'ni metostabil temir-uglerod diagrammasi hosil
bo`ladi. Lekin suyuq fazada (yoki austenitda) grafit hosil bo`lishiga qaraganda metostabil 
sementitni hosil bo`lishi osonroq. Grafit juda sokinlik bilan sovutilgandagina hosil bo`lishi 
mumkin. Shuning uchun, juda sekin sovutilganda (austenitda) ham grafit ajralib chiqib ferrit 
bilan mexanik aralashma hosil qilishi mumkin. 
(A-> F+G). Kulrang cho`yanlarda asosan fafit suyuq fazani kristallanishi natijasida hosil bo`ladi.
Austenitdan parchalanayotgan grafit mustaqil ajralmasdan, balki qo`shimchalar ustida hosil 
bo`ladi. Sementit strukturasiga ega bo`lgan cho`yanni uzoq va yuqori temperaturada qizdirilsa, 
sementitni fafitga parchalanishi mumkin. Cho`yanni yuqori temperaturaga qizdirilgandan avaal 
sementit to`la austenitda erishi kerak, ya'ni gomogen austenit fazasimi hosil qilish kerak. Ana 
shundan keyin asta-sekin sovutilsa avval A->A.+G so`ngra A"+G-^F+G hosil bo`ladi. Bunda 
grafit fazasini o`sishi austenit-grafit chegarasidagi uglerod atomlarini diffuziyalanishi orqali 
bo`ladi. Shu bilan bir qatorda temir atomlari ham ugleroddagi diffuziya orqali ajraladi, bu ham 
o`z navbatida fafitni o`sishiga olib keladi. Evtektoid temperaturasidagi pastdan fafitni ajralib 
chiqishi ham xuddi yuqorida ko`rilgan mexanizmiga bo`ysunadi, lekin bunda fafit ferrit-fafit 


chegarasidagi ferritdan fafitga qarab diffuziyalanadi va ferrit esa fafit fazasidan ajraladi.Shunday 
qilib fazalar qayta taqsimlanib ferrit-fafit mexanik aralashmasini hosil qiladi.
Kulraig cho`yan umuman olganda temir, kremniy, uglerod uchlamchi sistemaga 
mansubdir, lekin bu elementlardan tashqari albatta marganes, fosfor va oltingugurt kabi 
qo`shimchalar bo`ladi. Kulrang cho`yanlarga qarab hamma uglerod yoki uning aksariyatini ko`p 
qismi sof fafit holatida bo`ladi. Kulrang cho`yanlarni strukturasini xarakterli tarafi shundan 
iboratki, fafit yoyilgan plastinkasimon, ko`ndalang kesimda chuvalchangsimon shaklda bo`ladi. 
Kulrang cho`yanlarda uglerod miqdori qancha ko`p bo`lsa, uning shuncha mexanik xossalari 
past bo`ladi. Shuning uchun amalda asosan evtektikadan oldingi (2,4-3,8% C) cho`yanlar 
qo`llaniladi. Umuman cho`yanlarda uglerod miqdori 3,8% oshmaydi. Lekin agar cho`yanda
uglerod miqdori 2,4% kam bo`lsa, uning suyuq holda oquvchanligi yomon bo`ladi. 
Cho`yanni mexanik xossasi uning strukturasiga bog`liq, asosan fafit, miqdori va 
formasiga bog`liq. Cho`yanni temir matritsaga ega bo`lgan kesiklardan iborat bo`lgan po`lat deb 
qarash mumkin. Bunday kesiklar (podrezlar) materialning metall asosini mustahkamligini 
kamaytiradi. Shuning uchun mexanik xossalar kesik miqdori, o`lchamlari (geometriyasi) va 
matritsada taqsimlanish xarakteriga bog`liq bo`ladi, demak shuncha bir - biridan ajralgan holda 
bo`ladi, cho`yanni mexanik xossasi yuqori bo`ladi. Katta to`g`ri chiziqli yirik fafit to`plamlari 
metall asosida ko`proq hajmni agallaydi, demak cho`yan xossalari past bo`ladi. 
Grafit plastinkalari cho`yanning cho`zilishiga bo`lgan mustahkamligini kamaytirali, 
ayniksa plastikligini kamaytiradi. Metall asosini qanday strukturaga ega. Bo`lishidan qat`iy nazar 
kulrang cho`yanlarni nisbiy cho`zilishi 0 ga teng yoki juda kam (<0,5%) bo`lali.
Siqilishdagi mustahkamlikka va qattiqlikka grafitni ta'siri kam, asosan metall matritsani
strukturasiga bog`liq. Lekin cho`yan siqilishga sinalganda anchagina deformatsiyalanadi va 
yemirilish yo`nalishi chiziqlari 45°ni tashkil qiladi. Yemirilish kuchlanishi, cho`yan siqilishiga 
sinalganda, cho`zilishdagi yemirilish kuchlanishidan qariyb 3,5 barobar oshiq bo`ladi. Shuning 
uchun cho`yanlar konstruksiyalarda siqilishga ishlashni mo`ljallash kerak. Cho`yan egilishiga 
ishlayotganda ham grafit plastinkalari cho`zilishdagiga qaraganda kamroq ta'sir qiladi, chunki 
egilishda namunaning bir qismi siqilishga ham ishlaydi. Egilishdagi mustahkamlik
cho`zilish va siqilishdagi mustahkamliklar orasida turadi. Kulrang cho`yanlarning qattiqligi 
НВ=143-255 (1430-2550 MPa). 
Grafit metall matrisani bir butunligini buzganligi uchun, cho`yanlarda har xil to`plangan 
kuchlanishlar ta'sirini kamaytiradi. Masalan yemirilishga yuza nuqsonlar, darzlar buyinchalarni 
ta'siri kamayadi. Shuning uchun detalni mustahkamligiga detal konstruksiyasi (geometriyani 
murakkabligiga) ta'siri kam bo`ladi. Cho`yandagi grafit ishqalanishdan yuzlariga oson 


ko`chganligi uchun ishqalanishga yaxshi ishlaydi, ya'ni grafit quruq moylovchi rolini o`ynab, 
detalni yemirilishini kamaytiradi. 
Kulrang cho`yanlar strukturasiga kremniy katta ta'sir ko`rsatadi. Shuning uchun 
muvozanatdagi strukturani analiz qilishda uchlamchi diagrammadan MP-5GS foydalanish kerak. 
Umuman kulrang cho`yanlarda grafitni miqdori 1,2-3,5% bo`ladi. Cho`yanda qancha kremniy 
ko`p bo`lsa, evtektoid temperatura intervali shuncha yuqoriroq bo`ladi. Kremniy qo`shilganda 
uglerodni temirda erishi kamayadi, natijada austenit oblastini mavjudlik kengligi kamayadi, ya'ni 
hamda E nuqtalar chap tarafga qarab suriladi. Bundan tashqari kremniy evtektik qotishmada 
uglerodni miqdorini kamaytiradi, ya'ni har bir protsent kremniy evtektikidagi uglerod miqdorini 
3% ga kamaytiradi. Natijada S nuqta ham chapga qarab suriladi. 
Masalan kremniy elementi qo`shilmagan cho`yan uchun evtektik nuqtaga 4,3% C to`g`ri 
kelsa, cho`yanga 4% kremniy qo`shilsa, eptektik nuqtaga mos keladigan uglerod miqdori 3,1% 
ni tashkil qiladi. Demak evtektikadan uglerod qancha kam bo`lsa, cho`yanda shuncha uglerod 
sof grafit holatida bo`ladi.
Albatta cho`yanlarni real sharoitda sovutganimizda hosil bo`layotgan fazalar holat 
diagrammasidagi fazalardan farq qiladi. Real sharoitdagi cho`yanlarda hosil bo`lgan quymalar, 
cho`yanni kimyoviy tarkibiga bog`liq, ya'ni uglerod va kremniy miqdoriga va kristallanish 
sharoitiga bog`liq bo`ladi. 
Kremniy grafitga parchalanish jarayonini osonlashtiradi, ya'ni sovutish tezligini 
kamaytirish bilan ekvivalentdir. Shuning uchun cho`yanda bir tarafdan kremniy miqdorini 
o`zgartirish bilan, ikkinchi tarafdan sovutish tezligini boshqarish bilan har xil metall asosidagi 
strukturaga ega bo`lgan cho`yanlarni olish mumkin bo`ladi.
Real sharoitda strukturada uglerodning qanday holatda bo`lishga qarab cho`yanlar 
quyidagacha bo`lishi mumkin: 
1. 
Uglerod butunlay sementit holatda bo`lsa, bunday cho`yanlarga oq deb ataladi. Bunday 
cho`yanlar strukturasi - perlit, ledeburit va sementitdan iborat bo`ladi. 
2. 
Strukturada uglerodni ko`proq qismi (-0,8%) sementit holatida bo`lib, qolgan qismi esa 
grafit holatida bo`lsa, bunday cho`yanlar yarim oq cho`yanlar deb ataladi. Bunday cho`yan 
strukturasi - perlit, ledeburit va plastinkasimon grafitdan iborat bo`ladi. 
3. 
Agar matritsa strukturasi, ya'ni temir asosan faqat perlitdan iborat bo`lsa, bunday 
cho`yanlar perlitli kulrang cho`yan deb ataladi. Uning strukturasi perlit va grafitdan iborat
bo`ladi. Perlit tarkibiga uglerod (0,7-0,8%) holatida bo`ladi. 
4. 
Agar matritsa ferrit va perlitdan iborat bo`lsa, ferrit perlitli kulrang cho`yan deb ataladi. 
Bunday cho`yanlarda kimyoviy bog`langan holda uglerodni 0,7% dan to 0,1% gacha bo`lishi 
mumkin. 
5. 
Ferritli kulrang cho`yanlar strukturasi ferrit va grafitdan iborat bo`ladi. Shuning 
uchun uglerod hammasi grafit holatida bo`ladi. 
Uglerod va kremniyni aniq bir tarkibida grafit parchalanishi qancha sekin sovutilsa 
shuncha to`la bo`ladi. Ishlab chiqarish sharoitida buni detalni kalinligini hisobga olish usuli bilan 
boshqari mumkin. Agar detal qancha yupqa bo`lsa, shuncha tez soviydi, demak grafitga to`la 
parchalanish uchun bundan detal materiali tarkibida kremniy miqdorini oshirish kerak. 


Cho`yanlarda marganes miqdoriga 1,24-1,4% dan oshmasligi kerak. Chunki marganes 
grafitda parchalanishni qiyinlashtiradi va aksincha oq cho`yan strukturasini hosil bo`lishini 
mayinligini oshiradi. Shuningdek oltingugurt ham grafit hosil bo`lishini qiyinlashtiradi, hosil 
bo`lgan grafit donachalarini (plastinkalarini) o`stirishga yordam beradi. Shuning uchun 
oltingugurt miqdori 0,1-0,2% dan oshmasligi kerak. Oltingugurt temir, marganes elementlari 
bilan sulfidlarni hosil qilib (GE5, MP5) sulfidlar esa temir bilan past temperaturali evtektik 
mexanik aralashmalarni hosil qiladi. Kulrang cho`yanlarda fosforni miqdori umuman 0,2% dan 
oshmaydi. Lekin fosfor grafit hosil bo`lish jarayoniga ta'sir ko`rsatmaydi. Ba'zi bir naytda 
fosforni miqdorini ataylab 0,4-0,5 gacha ataylab oshirishadi, chunki bunda cho`yan strukturasida 
evtektik mexanik aralashma (Fe
2
P+austenit) hosil bo`ladi, oq cho`yanlarda esa uchlamchi 
evtektik mexanik aralashma hosil bo`ladi (Fe
3
C+ Fe
2
P+austenit). Bunday evtektikani hosil 
bo`lishi cho`yanning suyuq holda oquvchanligini yaxshilaydi.
Cho`yanni antifriksion xossalari metall asos strukturasiga bog`liq, ya'ni perlit va ferrit 
nisbatiga bog`liq hamda grafit miqdori va formasiga bog`liq. Bunday cho`yanlarga qo`yiladigan 
talablar albatta birinchidan kam yoyilishi kerak, ikkinchidan ishqalanish koeffisienti ham kichik 
bo`lishi kerak. Antifriksion cho`yanlar AЧ deb belgilanadi va quyidagi markalarda bo`lishi 
mumkin: 
AЧС . 1(3,2-3,6%; 1,3 - 2,0%3; 0,6 - 1,2 Mp; 
0,15~0,3%R; <0,12%) ЧАС - 2, ЧАС-3. 
ЧАС - 1 va ЧАС - 2 perlit asosdagi cho`yanlar toblangan yoki normallangan po`latdagi qilingan 
vallar bilan birga ishqalanish juftlarida yaxshi ishlash; ЧАС - 3 cho`yanlari toblanmagan vallar 
bilan ham yaxshi ishlaydi. 
Fosfor miqdori ataylab ko`paytirilgan (0,3-0,5%) perlit asosdagi cho`yanlardan porshen 
halqalari yasaladi. Bunday cho`yanlar ishqalanishga bardoshligi yaxshi bo`ladi, chunki perlit 
asos mayda bo`lib, grafit fazasi fosfor evtektikasi ajratib turadi. Yuqori mustahkamlikka ega 


bo`lgan sharsimon grafitli cho`yanlar ozgina ishqoriy metallar qo`shib olinadi. Ko`pincha 0,30-
0,07 % magniy qo`shib olinadi. Qolgan elementlarni miqdori bilan bu cho`yan kulrang 
cho`yandan farq qilmaydi. Magniy ta'siri ostida cho`yandagi grafit sharsimon formaga ega 
bo`ladi. Sharsimon grafit hajmi cho`yanda o`zgarmagan solishtirma yuzasi kam bo`ladi. Grafit 
sharsimon bo`lganligi uchun ichki kuchlanishlari to`planishiga yo`l qo`ymaydi. Sharsimon 
grafitga ega bo`lgan cho`yanlar yuqori mexanik xossa ega, hattoki quyma uglerodli po`lat 
xossalariga yaqinlashadi. Lekin shu bilan bir qatorda bunday cho`yanlar suyuq holda 
oquvchanligi saqlanib qoladi, yaxshi kesib ishlanadi, tebranishlar yutish xususiyatiga ega, 
ishqalanib yemirilishga bardoshligi katta. Bunday cho`yanlarni odatdagi tarkibi 2,7 - 3,7% C, 
1,6-2,7% 81, 0,5-0,6%, 1^|?0.10%? R<0,1%. Yuqori mustahkamlikka ega bo`lgan cho`yanlar 
ВЧ harflari bilan belgilanib, undan keyingi son bilan cho`zilishdagi mustahkamligini
ko`rsatadi. Orada tere qo`yilib prosent hisobida nisbiy cho`zilishi ko`rsatiladi. ВЧ50-2, ВЧ60-2, 
ВЧ70-3, ВЧ80-3. Agar metall asos perlit bilan ferritdan iborat bo`lsa, nisbiy uzayish ancha 
ortadi. ВЧ45-5; ВЧ38-17; ВЧ42-12 (ferrit asosli). Ichki termik kuchlarni olish uchun termik 
ishlov beriladi. 
Yuqori mustahkamlikka ega bo`lgan cho`yanlar quyma holda sanoatda keng qo`llaniladi. 
Masalan avtomobil va dvigatellarni tirsakli vallari tayyorlanadi. Korpusli detallar, prokat
stanoklarining detallari va xokazo detallar tayyorlanadi. Kimyo va neft sanoatida korpusli
detallarni yasashda ko`p ishlatiladi. Yuqori mustahkamlikka ega bo`lgan cho`yanlardan tirsakli 
vallar yasalganda struktura donachali perlit qilib olinadi, chunki bunda mexanik xossalar yaxshi 
bo`ladi. Strukturada donachali perlit olish uchun cho`yanga maxsus termik ishlov beriladi, ya'ni 
600°C da qizdiriladi va bir ozdan so`ng temperatura 725°C gacha qizliriladi va shu
temperaturada uzoq vaqt ushlab turiladi. Ikkita markada yuqori mustahkamlikka ega bo`lgan 
cho`yanlar bor: 
ЛЧВ
-1 (2,8-3,5% C; 1,8-2,7% 5У; 0,5-1,2% Mn; Si<0,7) - perlit strukturasiga ega va 
ЛЧВ
-2 
esa ferrit bilan perlitdan iborat. 
ЛЧВ
-1 toblangan po`lat birgalikda 
ЛЧВ
-2 esa toblanmagan 
po`lat bilan birgalikda ishlaydi. Oq cho`yanni yuqori temperaturada uzoq vaqt ushlab turib
so`ngra sekin sovutilsa, ajralib chiqayotgan grafit formasi ponasimon bo`ladi. Aslida bunday 
cho`yanlarni bog`lab bo`lmaydi, grafitni formasi paxtasimon bo`lganligi uchun, kulrang 
cho`yanlarga nisbatan plastikligi katta, ana shu plastiklikni xarakterlash uchun bog`lanuvchan 
cho`yan deb ataladi. Bu cho`yanni metall asosi ferritli yoki perlitli bo`lishi mumkin. Ferritli 
bog`lanuvchan cho`yan yuqori plastiklikka ega va mashinasozlikda ko`p qo`llaniladi.
Bog`lanuvchav cho`yanni hosil qilish uchun oq cho`yan kimyoviy tarkibi quyidagicha 
tanlanadi: 2,5-30% C; 0,7-1,5% 
5У:
0,3-1,0% Mn; oltingugurt 5 0,12% va fosfor < S 1,8%. 
Cho`yanga uglerod va kremniy miqdori kamroq bo`lgani ma'qul, chunki uglerod kam bo`lsa, 
grafit kam bo`lib cho`yan plastikligi ortadi. Kremniy kamroq bo`lganda grafit plastinkasimon 
shakllanish bo`lgan. Quyma cho`yandan tayyorlangan detallarning devorlarini qalinligi 40-50 
mm dan oshmasligi kerak, aks holda detalning o`rtacha qismida plastinkasimon grafit hosil 
bo`ladi. Grafit kesib ishlash sharoitini ham yaxshilaydi. Metall qirqadigan stanoklarda 
cho`yanlarga ishlov berilayotganda qirindi maylalanib chiqadi. Bu esa ish protsessini 
sekinlashtiradi. Cho`yanlarning mustahkamligi asosan metall asosga bog`liq bo`ladi. Shuning 
uchun, metall asos perlit strukturadan iborat bo`lsa. eng katta mustahkamlikka ega bo`ladi. Agar 
metall asosda (1>ferrit ham bo`lsa, plastiklikka ko`p ta'sir bo`lmagan holda mustahkamligini 
kamaytiradi, ishqalanishdagi yemirilish darajasi ham katta bo`ladi. Shuning uchun ferrit asosga 
ega bo`lgan kulrang cho`yanlar eng kam mustahkamlikka ega. Kulrang cho`yanlar GOST-1412-
79 asosan markalanadi. Ulchr 
СЧ-15
harflari bilan belgilanadi, 15 raqami cho`zilishdagi 
o`rtacha mustahkamlikni bildiradi (kg/mm
2
).
O`z xossalari va qo`llash sohalari bo`yicha kulrang cho`yanlarning bir necha turlari mavjud. 
Cho`yan xossalari asosan metall asosga (matritsaga) bog`liq. 


Metall asosli ferrit va perlitdan iborat bo`lgan cho`yanlar javobgarligi kamroq 
bo`lgan va devor kalinligi 10-30 mm bo`lgan detallarni yasashda qo`llaniladi. Ular СЧ 
10, СЧ 15 deb markalanadi. Demak, bunday cho`yanlarni cho`zilishdagi o`rtacha 
mustahkamligi 10-15 kg/mm: yoki 100-150 MPa, siqilishdagn mustahkamlik esa 
chuzilishdagi mustahkamlikdan ikki barobardan ko`p bo`ladi.
Nazorat savollari. 
1. 
Temir sementit holat diagrammasida qanday fazalar mavjud va ularni 
ta'riflang? 
2. 
Evtektoidgacha bo`lgan po`lat strukturasi qanday? 
3. 
Perlit deb nimaga aytiladi? 
4. 
Sementit nima? 
5. 
Evtektika deb nimaga aytiladi? 
6. 
Sovish egri chizig`i qanday ko`riladi? 
7. 
Cho`yan deb qanday qotishmaga aytiladi? 
8. 
Cho`yan strukturasida uglerod qanday ko`rinishda mavjud? 
9. 
Kulrang cho`yan tamg`asini yozib, uning xossalarini tushuntiring. 
10. 
Puxtaligi cho`yan qanday olinadi va qayerda ishlatiladi? 
11. 
Bolg`anuvchi cho`yan qanday olinadi? 
12. 
Grafitning qanday shakllarini bilasiz? 
Adabiyotlar: [1| 90-106 bet, |2| M8-134bet, |3| 55-61 bet, (4| 118-129 bet.
Adabiyotlar: [1] 159-1b4 bet,[2] 144 156 bet, [3] 169-175 bet, [4] 140-145 bet. 



Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin