Real kristallarning tuzilishi va xossalari.
Real kristallarning tuzilishi ideal kristallarning tuzilishidan farq qiladi. Real kristall
yacheykalarida atomlarning tartibli joylashishida nuqson (nuqson)lar mavjud bo`ladi. Bunday
nuqsonlar odatda barqaror holatda bo`ladi, ya'ni ular doim harakatlanib turadilar.
Metallarda
bo`ladigan ko`pchilik protsesslar (masalan termik ishlashda) ana shu muqsonlar bilan bog`liq.
Nuqsonlar asosan uch xil bo`ladi: nuqtaviy nuqson, chiziqli defekt, yuza (sirt) nuqsonlari.
Nuqtaviy nuqsomlar.
Bunday nuqsonlarga elementar yacheykaning bir tugunida atom bo`lmay qolmasligi yoki
o`zga qo`shimchalar atomi elementar yacheyka atomlari orasiga joylashishga aytiladi.
Nuqtaviy
nuqsonlar ikkinchi xilida qo`shimcha atom bir yoki bir necha yacheyka oraligida o`rin
almashtirish yoki singdirish qattiq eritmasini hosil qilishi mumkin. hamma nuqtaviy nuqsonlar
kristall panjarani qiyshaytiradi, elektr qarshiligini oshiradi va ma'lum miqdorda mustahkamlikni
oshiradi. Demak nuqtaviy nuqsonlar o`lchami yo`nalishida ham o`lchamlari ham kichikdir.
Chiziqli nuqsosnlar.
O`lchamlari faqat ikki yo`nalishdagina kichik bo`lgan nuqsonlarga aytiladi. Bunday
nuqsonlarning eng muhimi dislokatsiyadir. Nuqtaviy nuqsonlar
zanjiri ham chiziqli
dislokatsiyaga kiradi.
Sirt (yuza) nuqsonlar.
O`lchamlari faqat bir yo`nalishda kichik bo`lgan nuqsonlarga aytiladi. Bunday
nuqsonlarning kristall donachalari orasidagi chegaralar, bloklar orasidagi
chegara yoki fazalar
orasidagi chegara yuzalari ham yuza (sirt) nuqsonga ko`radi.
Dislokatsiya deb deformatsiya natijasida chegaradagi yacheykani atomlarining o`z
o`rnidan ko`chmasligiga aytiladi. Demak, dislokatsiyaning eng muhim parametri siljish
vektoridir. Siljish vektori odatda Byurgers vektori ham deb ataladi. Dislokatsiya surila
oladigan
yoki tutilib qoladigan bo`lishi mumkin, boshqacha qilib aytganda,
mukammal yoki nomukammal
bo`lishi mumkin. Nomukammal diklokatsiya deformatsiyalangan paytda to`siqlik qilishi
mumkin. Shuning uchun ham deormasiyaga qarshiligi ortadi.
Dislokatsiyaning o`zi chiziqli yoki burama bo`lishi mumkin. Chiziqli dislokatsiya deb,
siljish vektoriga perpendikulyar bo`lgan dislokatsiyaga aytiladi.
Burama dislokatsiyada
atomlarning siljish yo`nalishi siljish vektoriga parallel bo`ladi.
Shuni ham, aytish kerakki, dislokatsiya surilish yo`li bilan yoki diffuziya yo`li bilan
ko`chishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: