aniqlash mumkin. Hamda strukturalarning nisbatan joylashishini aniqlashda mikroskop barobar
hisoblanadi, chunki uning tuzilishi sodda, bajariladigan
ish tez va oson bajariladi, ya'ni
natijalarga erishishda unumdorlik ortadi.
4)
Struktura ya'ni juda kichik struktura. Bunday strukturada atomlarning o`zaro
joylashishi, ular orasidagi masofa, atom kristall panjarasining formasi va o`lchamlari o`rnatiladi.
Bu usul qisqa to`lqinli rentgen nurlarini (10
-8
- 10
-10
sm) yoki elektron yoki neytron to`lqinlari
jism atomlari bilan to`qnashganda difraksiya hosil bo`lishiga asoslangan. Bu usul bilan atom
kristall panjaradagi nuqsonlarni ham aniqlashga imkon beradi va boshqa ko`pchilik atom tuzilish
masalalarini hal qilsa bo`ladi.
Kristall panjara to`qrisida tushuncha.
Kristall jismlarning ajoyib xususiyati shundan iboratki, undan elementar zarrachalar
(ionlar, atomlar, molekulalar) har xil joylashgan bo`lib, ammo ma'lum qonuniyatga ega bo`ladi.
Demoqchimanki parallel yo`nalishlarda atomlar joylashish tartibi bir xil bo`ladi.
Agar bir elementar kristallda bir
tekislikda yotmagan x,y o`qlarini joylashtirish mumkin
bo`lsa, u holda shu o`qlar bo`ylab o`lchanganda atomlar orasidagi masofa umumiy holda bir xil
bo`lmasligi mumkin. Ana shu fazoda yasalgan eng kichik parallelopiped elementar katakcha
(yacheyka) deb ataladi. Ana shu elementar katakchani fazoda tartib bilan joylashtirib ketaversak,
kristall panjara hosil bo`ladi. Demak fazoviy kristall panjara jism xossalarini ifodalaydi.
Elementar kristall katakchani (panjarani) ifodalash uchun 6 ta o`lchami qabul qilishgan uch
kesma, o`q bo`ylab o`lchami eng yaqin turgan atomlar orasi, ya'ni davr a, b, s va shu o`lchamlar
nisbatiga qarab elementar kristall yacheyka formasi haqida fikr yuritiladi. Ammo lekin ba'zi bir
paytda atomlar tugunchalardan tashqari yacheyka o`rtasida yoki yon
tomonlarida joylashishlari
mumkin. Bunday kristall yacheykalarning murakkabligini aniqlash uchun atomlar soni
tushunchasi kiritilgan, ya'ni har bir elementar yacheykaga to`g`ri keladigan atomlar soni bilan
xarakterlanadi. MASALAN:
a)
Oddiy yacheyka - har bir yacheykaga 1 ta atom to`g`ri keladi. Chunki har bir atom 8 ta
shunday yacheykaga umumiy tegishlidir.
b) Markazlashgan kub yacheyka K=(1+1).
Demak sistema (geometrik tartib), davr (yacheyka parametrlari) va har bir elementlar
zarrachaga to`g`ri keladigan atomlar soni kabi tushunchalar kristalldagi elementar zarrachani
yetarlicha to`liq xarakterlaydi. Ammo ba'zi paytda qo`shimchn ravishda kristalldagi elementar
zarrachani xarakterlash
uchun yana bir tushuncha, ya'ni elementar kristall panjaraning
koordinatsion soni tushunchasi kiritilgan. Bu tushuncha asosida sistemada har bir atomdan bir xil
masofada turgan atom soni turadi. Masalan oddiy kub yacheykasi koordinatsion son K6 ga teng.
Markazlashgan kub yacheykada esa koordinatsion son K8 ga teng va xokazo. Kristalldagi
elementar yacheykani xarakterlash uchun yana bir xarakteristikadan foydalaniladi, uni zichlik
(g`ijlik, to`dalik) koeffisienti (коэффициент компактности).
n - elementar zarracha soni bo`lsa,
V- shu elementar zarrachaning hajmi.
elementar zarrachalardan tashkil topgan kristall hajmini ham aniqlash mumkin. Massa
oddiy kub yacheyka uchun Kzich=0,52 teng bo`lsa, markazlashgan
kub yacheyka uchun
Kzich=0,68, oksonal markazlashgan yacheyka uchun esa K
zich
=0,74 ga teng. Demak
qolgan bo`shliklar ma'lum bir geometrik figurani tashkil etadi.