Mashinalarni loyixalash asoslari



Yüklə 1,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/17
tarix18.04.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#99901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
163578 (1)

3-rasm. Chiziqli nuqson 
(dislokatsiya). 


Dislokatsiya kristallanish boshlanishi bilanoq paydo bo`ladi va metall xossalariga ta'sir 
qiladi. Agar dislokatsiya bo`lmasa, metall mustahkamligini eksperimental ravishda o`lchasak, 
uning nazariy miqdorga yaqinligi ko`payadi. Real metallar dislokatsiya ko`payib borgan sari 
uning mustahkamligi avval kamayib boradi, so`ngra yaxshi o`sadi. Dislokatsiya ko`payishi joyda 
qo`shimcha elementlar ham yoqiladi, natijada dislokatsiya qo`shishga xalaqit bermaydi. 
Dislokatsiya zichligi metall mustahkamligini orttiradi. 
Nazorat savollari: 
1. 
Material deb nimaga aytiladi? 
2. 
Materialshunoslik faniga asos solgan olimlar kimlar? 
3. 
Kristall va amorf jism o`rtasidagi farq nimada? 
4. 
Makro va mikrostrukturalarga tushuncha bering va ular orasndagi farq nimada? 
5. 
Kristall parametri deb nimaga aytiladi? 
6. 
Kristall panjaraning zichligi deb nimaga aytiladi? 
7. 
Metall bog`lanish qanday boqlanish? 
8. 
O`ta sovish deb nimaga aytiladi? 
9. 
Kristallanishning qanday turlarini bilasiz, o`z-o`zidan kristallanish qanday 
kristallanish? 
10. 
Modifikatsiyalash deb nimaga aytiladi? 
11. 
Kristallanish mexanizmi deganda nimaga aytiladi? 
12. 
Po`lat quymaning yuza qismi qanday kristall donalardan iborat? 
13. 
Cho`kish bo`shlig`i nima? 
Adabiyotlar: 
[1] 4-16 bet, [2] 3-16 bet, [3] 8-17 bet, [4] 8-20 bet. 
[1] 18-27 bet, 42-45, 48-54 betlar. 
[2] 17-47 bet, |3] 26-29, 37-45, 20-52 betlar.


2-ma'ruza: Deformatsiyalangan metall strukturasi va xossalariga 
kizdirishning ta'siri. 
Ma'ruzaning rejasi: 
1. 
Kuchlanishlarni turlari. 
2. 
Metallarning elastik va plastik deformatsiyalanishi. 
3. 
Metallardagi o`taplastiklik 
4. 
Metallarning yemirilishi. 
Tayanch so`zlar va iboralar: 
Plastik deformatsiya, kuchlanish turlari, siljish yuzalar, naklyop, dislokatsiya zichligi, yemirilish
turlari, deformatsiyalangan struktura, polikristallardagi plastik deformatsiya. 
Kuch ta'siri ostida metall jismlarining o`z formasini o`zgartirishga deformatsiyalanish 
deb ataladi. Metallarni deformatsiyalanishi faqat tashqi kuch ta'siridagina ro`y bermasdan balki, 
metallar faza o`zgarishida hajmini o`zgarishi yoki temperaturani beqaror o`zgarishi ta'sirida ham 
ro`y berishi mumkin. 
Kuchlanish (zo`riqish) bo`ylama kuch ta'sirida bo`lsa =P/Ғ MPa bo`ladi. 
Lekin, odatda ta'sir etayotgan kuch P yuziga (Ғ) perpendikulyar bo`lmaydi, balki biror bir 
burchak ostida ta'sir qiladi. Ana shuning uchun kuchlanish ikki turga bo`linadi, ya'ni normal (^) 
hamda urinma (t) kuchlanishga. Normal kuchlanish cho`zilishda ham, siqilishda ham hosil 
bo`ladi. 
Deformatsiya momentiga mos kelgan yuzaga nisbatan kuchlanish sof kuchlanish deb 
ataladi. Deformatsiyadan oldingi yuzaga nisbatan kuchlanish esa shartli deb ataladi. 
Kuchlanish metall deformatsiyalanayotganda bir xil hajm bo`yicha tarqalmaydi. 
Kuchlanishni notekis taqsimlanishiga ataylab teshilgan ariqchalar (nadrez) darzlar, materialning 
ichki nuqsonlari geometriyadagi beqaror o`zgarishlar, teshikchalar ta'sir ko`rsatadi. Ana shunday 
nuqsonlar (nuqsonlar) kuchlanishi ma`lum joyda kuchaytirishga (oshirishga) olib keladi. Lekin 
qancha nuqson kichik bo`lsa, kuchlanishini to`planishi shuncha katta bo`ladi. 
Kuchlanishni hosil bo`lishini har xil sabablari bo`lgani kabi, kuchlaiish ham vaqtinchalik, ya'ni 
faqat kuch ta'siri paytidan keyin yo`qoladigai, yoki kuch ta'siri olingandan keyin ichki 
kuchlanish sifatida metall ichida qoladigan bo`lishi mumkin.
Ichki qoldiq kuchlanishlar, faqat mexanik deformatsiya ta'siridagina paydo bo`lmasdan 
balki metalni tez sovitish (isitish) natijasida yoki butun hajm bo`yicha notekis qizdirish (sovitish) 
natijasida bo`lishi mumkin. Bunday qoldiq kuchlanishlar issiqlik yoki termik qoldiq 
kuchlanishlar deb ataladi. Umuman kuchlanishlar kristallanish jarayonida ham hosil bo`lishi 
mumkin yoki butun hajm bo`yicha struktura o`zgarishlari bir xil bo`lmaganda yoki metall
bir tekis deformatsiyalanmaganda ham ichki qoldiq kuchlanishlar mavjud bo`lishi mumkin. 
Bunday ichki kuchlanishlarga strukturaviy yoki fazoviy ichki kuchlanishlar deb ataladi. 

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin