Mashinasozlik materiallari



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/16
tarix28.11.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#167501
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Engineering materials - lecture 8

Legirlovchi elementlar
mustahkamlikni oshiradi, lekin plastiklikni kamaytiradi(qo'rg'oshin bundan 
mustasno). 
Qo'rg'oshin jezlarni kesib ishlashni osonlashtiradi, ularning antifriksion xossalarini 
yaxshilaydi. Qo'rg'oshinni bir fazali yoki fazali jezlarga ham qo'shish mumkin. 
Lekin qo'rg'oshin 
α→β
polimorf o'zgarishga
ega. Jezlarda esa bunday o'zgarish 
ro'y bermaydi. Bunday limorf o'zgarish natijasida qo'rg'oshin alohida kristallanib, 
mis yoki jez donachalarining (chegaralarida emas) o'rtasiga joylashadi. Shuning 
uchun qo'rg'oshin qotishmaning kesib ishlash xususiyatlarini yaxshilaydi, lekin 
bosim ostida ishlashi yomonlashtiradi. Uning korroziyabardoshligini oshirish 
uchun qo'shimcha ravishda Al, Zn, Si, Ni elementlar qo'shiladi. 
Latun Cu bilan Zn ning qotishmasi bo‘lib, uning mexanik va texnologik xossalari 
yuqori bo‘ladi. Ularning keng foydalaniladiganlari tarkibida rux miqdori 40-42% 
gacha bo‘ladi. Latunlarning mexanik va texnologik xossalarini yanada yaxshilashi 
uchun ularga ma’lum miqdorda Al, Cu, Fe, Zn va boshqa elementlar qo‘shib 
maxsus latunlar olinadi. Latunlarga qo‘shiladigan elementlarning turi va miqdori 
qotishmadan kutilgan xossalarga qarab belgilanadi. Latunlarning texnologik 
ko‘rsatkichlariga ko‘ra bosim bilan ishlanadigan (deformatsiya beriladigan) va 
quymalar olinadigan xillariga ajratiladi. 
Latunlar
yuqori plastik xossaga ega bo‘lib, ulardan olingan quymalar bosim bilan 
ishlanib listlar, lentalar, trubalar tayyorlanadi. Quyma latunlarning oquvchanligi 
yuqori bo‘lib, likvatsiyaga kam beriluvchi antifriksion xossaga ega bo‘ladi. 
Bu qotishmalardan podshipniklar, vtulkalar, chervyakli vintlarning zagotovkalari 
qoliplarga quyish yoli bilan tayyorlanadi. 
Latunlarning markalanishi
.
GOST 2060-73 bo‘yicha oddiy latunlar L harfi va 
raqamlar bilan markalanadi. Masalan, L96 da L harfi latun ekanligini, 96 raqami 
esa qotishma tarkibida 96% mis borligini bildiradi, qolgani esa Zn bo‘ladi. Maxsus 
latunlarni markalardagi L harfidan keyin qotishma tarkibiga kiritilgan elementlar 
nomlarining bosh harfi, so‘ngra raqamlar yoziladi. Masalan, LAJ60-1-1 markada 
60% Cu, 1% Al, 1% Fe qolgan, ya’ni 38%i rux bo‘ladi. 


Tarkibida 20% dan ko'p rux bo'lgan jezlardan plastik deformasiya usuli bilan 
olingan mahsulotlar suv, kislorod yoki ammiak muhitida tez korroziyalanadi va 
darzlar hosil qiladi. Ana shu darzlarning kengayishini oldini olish uchun bunday 
mahsulotlar 250...300
0
C da qizdirilib, termik ishlov berish bilan yumshatiladi. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin