kemasozlikda ko'proq ЛO90-1, ЛO70-1, ЛO62-1 latunlar ishlatiladi. Ular yaxshi
kesib ishlanishi bilan birgalikda yetarli darajada antifriksion
xususiyatlarga ham
ega. Bunday xususiyatlar qo'rg'oshinli latunlarda yaxshi namoyon bo'ladi. Ularga
ЛC63-3, ЛC74-3, ЛC60-1 larni misol qilib ko'rsatish mumkin
.
Bronza.
Deformatsiyalanadigan va quyma bronzalar, ularning
markalanishi, xossalari va qo‘llanilishi.
Bronzalar.
Asosiy ta'sir qiluvchi legirlovchi elementga
qarab bronzalar shartli
ravishda quyidagi turlarga bo'linadi: qalayli, alyuminiyli, berilliyli, qo'rg'oshinli va
hokazo bronzalar. Lekin ularni ikki asosiy sinfga, ya'ni
qalayli
va
maxsus
(qalaysiz)
bronzalarga bo'lish ancha qulaylikka ega.
Qalayli bronzalar juda yaxshi
antifriksion xususiyatga ega, ishqalanish natijasida
qizib
ketmaydi, sovuqqa ham yaxshi chidaydi. Quyma zagotovkalarning
kristallanishida g'ovaklar, mayda teshikchalarning hosil bo'lishi bronzalarning
muhim kamchiligi hisoblanadi. Ularning suyuq
holdagi oquvchanligi ham emas,
likvidus va solidus chiziqlarining harorat oraligi juda kichik bo'lgani uchun suyuq
massa tezda qotib qoladi.
Mis-qalay tizimi holat diagrammasida qalayning misdan qattiq eritmasi (
α
- faza)
va bir qator oraliq fazalar hosil bo'ladi. Real sharoitda bronza strukturasi (α - qattiq
eritma) bilan (Si
21
Sn
8
) oraliq fazadan iborat bo'ladi. Texnika amaliyotida
qo'llaniladigan bronzalarning tarkibidagi qalay miqdori 10...12% dan oshmaydi.
Chunki qalayning miqdori bundan oshsa, bronza juda mo'rt bo'lib qoladi. Bronzalar
tez sovitilganda
uning strukturasi yirik, qo'pol
Dostları ilə paylaş: